77
so‘ng yana qaytadan sotib olish orqali tiklanishi mumkin. Masalan, bir juft
poyabzal ishlab chiqarish uchun 60 ming so‘mlik charm sarflangan bo‘lsa,
charm qiymati poyabzal qiymatiga to‘liq qo‘shiladi.
Agar poyabzal xari
-
dorga 120 ming so‘mga sotilsa, demak bu narx tarkibida 60 ming so‘mlik
charm qiymati ham mavjud. Tadbirkor poyabzal sotishdan tushgan 120
ming so‘mning 60 ming so‘miga yangi charm xomashyosini sotib olish
orqali mazkur aylanma mablag‘ni qaytadan hosil qiladi.
Biroq asosiy mablag‘ni qaytadan hosil qilish u qadar oddiy emas.
Chunki asosiy mablag‘ tarkibidagi bino, inshoot,
asbob-uskuna, mehnat
qurollari uzoq muddat davomida xizmat qilib, ular yordamida ko‘plab mah
-
sulotlar ishlab chiqariladi. Shunga ko‘ra, asosiy mablag‘lar ko‘rinishidagi
resurslarning ishlab chiqarish jarayonidagi xizmat muddati hisobga olinib,
ularning eskirish qiymati bu muddat davomida ishlab chiqarilgan mahsu
-
lotlar qiymatiga kiritib boriladi.
Dostları ilə paylaş: