U. G‘afUrov, Q. SharIpov


KorXoNa MaBLaG‘LarINING aYLaNIShI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

KorXoNa MaBLaG‘LarINING aYLaNIShI
Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi uzluksiz takrorlanib, yangi
-
lanib turadi. Chunki tadbirkor o‘z mablag‘ini bir marta aylantirib, undan 
olgan foydasi bilan cheklanib qolmaydi. Ushbu uzluksiz jarayon 
korxona 
mablag‘larining aylanishi
deyiladi.
Korxona mablag‘larining aylanishi – 
korxona mablag‘lari doiraviy 
aylanishining uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi.
Korxona mablag‘lari tarkibidagi turli resurslarning aylanish tezligi farq
-
lanadi. Masalan, xomashyo va materiallar bir doiraviy aylanishdan keyin 
o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytsa, bino va asbob-uskunalar bir necha 
doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Shunga ko‘ra, korxona mablag‘lari ikki qismga: asosiy va aylanma 
mablag‘larga bo‘linadi.
asosiy mablag‘ 
– ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat ishti
-
rok etib, o‘z moddiy ko‘rinishini o‘zgartirmaydigan resurs shaklidagi 
mablag‘.
aylanma mablag‘ 

 
ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok 
etib, o‘z moddiy ko‘rinishini o‘zgartiradigan resurs shaklidagi mablag‘.
Asosiy va aylanma mablag‘larning o‘zaro farqini quyidagi jadval orqali 
ko‘rish mumkin.
Xususiyatli jihat
asosiy mablag‘
aylanma mablag‘
Ishlab chiqarish jarayoni
-
da ishtirok etishi
– uzoq davr ishtirok etadi 
(masalan, stanok 10 yil, bino 
50–100 yil);
– o‘zining moddiy ko‘ri ni-
shini saqlab qoladi.
– bir marta ishtirok etadi;
– o‘zining moddiy ko‘ri-
nishini yo‘qotib, yangi 
ko‘rinishga o‘tadi (masa
-
lan, charmdan poyabzal 
ishlab chiqarilishi).
O‘z qiymatini mahsulot 
qiymatiga o‘tkazishi
– mahsulot qiymatiga uzoq 
davr davomida qisman-qis
-
man o‘tib boradi.
– mahsulot qiymatiga bir 
ishlab chiqarish jarayo
-
nida to‘liq o‘tadi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, aylanma mablag‘lar bir ishlab chiqarish 
jarayonida o‘z qiymatini mahsulot qiymatiga to‘liq o‘tkazib, u sotilgandan 


77
so‘ng yana qaytadan sotib olish orqali tiklanishi mumkin. Masalan, bir juft 
poyabzal ishlab chiqarish uchun 60 ming so‘mlik charm sarflangan bo‘lsa, 
charm qiymati poyabzal qiymatiga to‘liq qo‘shiladi. Agar poyabzal xari
-
dorga 120 ming so‘mga sotilsa, demak bu narx tarkibida 60 ming so‘mlik 
charm qiymati ham mavjud. Tadbirkor poyabzal sotishdan tushgan 120 
ming so‘mning 60 ming so‘miga yangi charm xomashyosini sotib olish 
orqali mazkur aylanma mablag‘ni qaytadan hosil qiladi.
Biroq asosiy mablag‘ni qaytadan hosil qilish u qadar oddiy emas. 
Chunki asosiy mablag‘ tarkibidagi bino, inshoot, asbob-uskuna, mehnat 
qurollari uzoq muddat davomida xizmat qilib, ular yordamida ko‘plab mah
-
sulotlar ishlab chiqariladi. Shunga ko‘ra, asosiy mablag‘lar ko‘rinishidagi 
resurslarning ishlab chiqarish jarayonidagi xizmat muddati hisobga olinib, 
ularning eskirish qiymati bu muddat davomida ishlab chiqarilgan mahsu
-
lotlar qiymatiga kiritib boriladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə