U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

haLoL raQoBaTLaShUv
Boshqa tadbirkorlar bilan raqobatlashganda faqat uning ruxsat etilgan 
(halol raqobat) turlaridan foydalanilishi, ayni paytda, iste’molchilarning 
huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya eti
-
lishi lozim. O‘z raqiblarini qo‘rqitish, ularning tijorat yoki sanoat sirlarini 
o‘g‘irlashga harakat qilish, mol-mulkiga qasddan ziyon yetkazish, raqo
-
batchilarni sindirish uchun demping narx, ya’ni mahsulotni o‘z tannarxidan 
past bo‘lgan narxda sotish kabi usullar nohalol (g‘irrom) raqobat turla
-
ri hisoblanadi. Bunday raqobatlashuvning keng yoyilishi iqtisodiyotdagi 
barqarorlikning buzilishiga, jamiyatda esa jinoyatchilikning kengayishiga 
olib keladi.
To‘G‘rI hISoB YUrITISh va hISoBDorLIK
Tadbirkor buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq yuritishi, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hi
-
sobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlar
-


73
da taqdim etishi shart. To‘g‘ri hisob yuritmaslik oqibatida tadbirkorning 
moliyaviy natijalarini noto‘g‘ri ko‘rsatish, foydani yashirish orqali soliqni 
pasaytirish holatlari kelib chiqishi mumkin. 
TaDBIrKorNING JavoBGarLIGI
Tadbirkorning javobgarligi belgilangan huquq va majburiyatlarga rioya 
etmaslik, ularni bajarmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Tadbirkorning javob
-
garligi deganda tadbirkor tomonidan bajarilmagan shartnoma majburiyat
-
lari, xo‘jalik subyektlari, iste’molchilar, yollanma ishchilar va davlatning 
poymol etilgan huquqlarini tiklashga yo‘naltirilgan muayyan xatti-harakat
-
larni 
amalga oshirish majburiyati tushuniladi.
Tadbirkorning javobgarligi
– bu tadbirkor xatti-harakatining bel
-
gilangan qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi 
yuzasidan javob berish majburiyati.
Tadbirkorning javobgarligi mulkiy (moddiy), ma’muriy, jinoiy va ax
-
loqiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Huquqbuzarlik subyektiga ko‘ra javobgarlik yakka tartibdagi, guruhiy 
yoki jamoaviy ko‘rinishlarga ajralishi mumkin. Yakka tartibdagi javobgar
-
likka tadbirkorlik faoliyati sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi 
uchun alohida jismoniy shaxs, guruhiy javobgarlikka – jismoniy shaxslar 
guruhi, jamoaviy javobgarlikka – yuridik shaxslar ega bo‘ladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə