U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

oNLaYN TarZDaGI MUroJaaT
Agar siz tadbirkorlik faoliyatingizni Internet tizimi orqali ro‘yxatdan 
o‘tkazishga qaror qilsangiz, bu onlayn tarzdagi murojaat hisoblanadi. 
Buning uchun istalgan joydan turib, birdarcha.uz veb-saytida joylash
-
gan dastur orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Onlayn tarzdagi murojaatda 
ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji eng kam ish haqining yarim 
baravari miqdorida to‘lanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirish 
orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish 
yakunlangach, sizga tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazil-
gan ligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda beriladi.
INTErNET TIZIMI orQaLI ro‘YXaTDaN
o‘TKaZIShNING afZaLLIKLarI
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni Internet tizimi orqali ro‘yxatdan 
o‘tkazsangiz bir qator afzalliklarga ega bo‘lasiz. Jumladan:
– ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarning 
asl nusxalarini taqdim etish zarurati yo‘qoladi; 
– arizachilarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek, ro‘yxatdan 
o‘tkazishga davlat bojini to‘lash uchun bank kassasiga shaxsan tashrif 
buyurish zaruriyatidan xalos etadi
– hujjatlar Internet orqali onlayn topshirilganda biznesni ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun davlat bojlari stavkalari shaxsan tashrif buyurgan holatga 
nisbatan ikki barobar kam to‘lanadi;
– biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish 
va topshirishni arizachi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda boshlash
to‘xtatib turish yoki qaytadan boshlash mumkin bo‘ladi.


69
BILaSIZMI?
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga 
ko‘ra, 2018-yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar 
soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 300,2 mingtaga yetdi.
Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Tosh
-
kent shahrida (20,8%), Toshkent (10,2%), Farg‘ona va Andijon (8,7%) 
viloyatlari hissalariga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə