U. G‘afUrov, Q. SharIpov


KorXoNa Ta’SIS SharTNoMaSI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

KorXoNa Ta’SIS SharTNoMaSI
Korxonani tashkil etishda ikki va undan ortiq tomonlar ishtirok etgan
-
da ular o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni o‘zaro kelishib olish zarur 
bo‘ladi. Bunday kelishuv ta’sis shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi.


63
Ta’sis shartnomasi – 
muassislarning
 
korxonani tashkil etish chog‘ida 
o‘zaro kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat.
Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish 
majburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat 
ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulklarini berish hamda uning faoliyati
-
da ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni 
ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, 
muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgi
-
lab qo‘yiladi. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq 
boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 43-modda
LoGoTIp va fIrMa BELGISI
Siz o‘z korxonangizni keng omma orasida taniqli bo‘lishini istasangiz, 
u holda uning firma nomini turli grafik belgilar, emblema yoki tasvirlar 
orqali oson yodda qoladigan va taniladigan darajasini ta’minlashingiz zarur 
bo‘ladi. Bunda logotip va firma belgilaridan foydalaniladi. Ko‘p holatlarda 
logotip va firma belgisi bir xil ma’noda ham qo‘llaniladi.
Nomi 
Qisqacha mazmuni
Misol
Logotip Grekcha «
logos
» – so‘z, «
typos
» –
iz, tamg‘a ma’nosini anglatib
firma nomining maxsus uslubga 
solingan va qisqartirilgan shakli 
Firma 
belgisi
Odatda firma nomi bilan yonma-
yon joylashtiriluvchi yoki alo
-
hida tarzda ham qo‘llaniluvchi 
noyob tasviriy element 


64
Tovar BELGISI
Siz o‘zingiz ishlab chiqargan mahsulot yoki ko‘rsatgan xizmatni boshqa 
mahsulot va xizmatlardan ajralib turishi uchun tovar belgisi, savdo mar
-
kasi, xizmat ko‘rsatish belgisi kabi maxsus belgilardan foydalanishingiz 
mumkin. Agar mazkur belgilar iste’molchilarga keng tanilib, bozorning 
salmoqli qismini egallab olsa, u holda brend deb ataladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə