U. G‘afUrov, Q. SharIpov


STarTapLarNING rIvoJLaNISh BoSQIChLarI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

STarTapLarNING rIvoJLaNISh BoSQIChLarI
Startaplar bir necha rivojlanish bosqichlaridan o‘tadi.
«pre-startup» bosqichi
– g‘oyaning paydo bo‘lishidan boshlab tovar
-
ning bozorga chiqishigacha davom etuvchi davr.
«pre-seed» bosqichi
– g‘oya shakllanib bo‘lgan, iste’molchi uchun 
aynan nima zarurligi aniqlanib bo‘lgan bosqich. Biroq hali g‘oyani qanday 
qilib texnik jihatdan yaxshiroq amalga oshirish borasida aniq tasavvur 
mavjud bo‘lmaydi.
«Seed» bosqichi 
– bozorni o‘rganish, startap rejasini tuzish, texnik 
topshiriqni tuzish va amalga oshirish, tovar namunasini yaratish va sinov
-
dan o‘tkazish, dastlabki investorlarni izlash va loyihani ishga tushirishga 
tayyorgarlik bosqichi.
«Startup» bosqichi 
– loyihani ishga tushirish hamda uning ishlashining 
boshlang‘ich davri. U Ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
O‘sish bosqichi – startap bozorda barqaror holatni egallab, biznes-re
-
ja tuzish bosqichida belgilangan marraga yetish uchun ishonchli harakat 
amalga oshiriladi.
Kengayish bosqichi – startap dastlabki maqsadli bozordagi biznes-re
-
jani amalga oshirib, boshqa bozorlarni egallash hisobiga o‘z chegarasini 
kengaytira boshlaydi.
Chiqish bosqichi 
– startapni moliyalashtirishda ishtirok etgan biznes-
angel va venchur investorlarning to‘liq yoki qisman biznesdan chiqishi. 
Biznesdan chiqish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin:
– firmani strategik investorlarga sotish;
– kompaniya aksiyalarini birjada joylashtirish;
– kompaniya aksiyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya fondlariga so
-
tish;
– biznes faoliyatini to‘xtatish va korxonaning bankrotligi. 
BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!
1. Biznes loyiha nima?
2. Biznes loyihaning biznes-rejadan qanday farqi bor?
3. Biznes loyihaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Startap nima? Uning biznes loyihaga qanday aloqasi mavjud?


61

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə