U. G‘afUrov, Q. SharIpov


To‘LovLarNI o‘Z vaQTIDa To‘LaSh



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

To‘LovLarNI o‘Z vaQTIDa To‘LaSh
Tadbirkor o‘z faoliyati natijasida kelib chiqadigan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi zarur. Aks holda, davlat budjeti 
daromad qismining bajarilmasligi va budjet taqchilligining paydo bo‘lishiga 
olib keladi. Oqibatda, davlat budjetidan moliyalashtiriluvchi korxona va 
tashkilotlar moliyaviy ta’minotiga putur yetadi, ularning ishchi va xodim
-
lari o‘z vaqtida maosh olmaydi, pensiya va ijtimoiy to‘lovlar kechikadi. 
Tadbirkor agar o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan foydalansa, ishchi 
va xodimlarning ish haqi va boshqa ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga 
oshirishi lozim. O‘z vaqtida va mehnatiga munosib miqdorda ish haqi 
olmagan ishchining mehnat unumdorligi pasayadi. Oqibatda boshqa ishga 


72
o‘tish yoki qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini izlashga tushadi. Bular
-
ning barchasi tadbirkorning faoliyat natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
QoNUN hUJJaTLarI TaLaBLarIGa rIoYa ETISh
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda mehnatni muhofaza qilish hamda 
xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun 
hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etish kerak. Chunki yetarli 
darajada yoritilmagan, issiqlik bilan ta’minlanmagan, o‘z hayotini xavf os
-
tiga qo‘yish mumkin bo‘lgan sharoitda ishchilar yuqori unum bilan ishlay 
olmaydi. Qolaversa, buning oqibatida ro‘y bergan noxush holatlar, baxtsiz 
hodisalarga ish beruvchi – tadbirkor to‘liq javobgar bo‘ladi.
Ekologiya, ya’ni atrof-muhit muhofazasiga e’tibor qilmaslik, ishlab chi
-
qarish chiqindilarini aholi yashash punktlariga, suv havzalariga tashlash, 
zaharli modda yoki gazlar chiqishining oldini olmaslik, avvalo, shu kor
-
xonadagi ishchi va tadbirkorning, qolaversa, barcha jamiyat a’zolarining 
sog‘lig‘iga putur yetkazadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə