U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Korxona mablag‘lari
– bu korxona faoliyatini tashkil etish va 
amalga oshirishga xizmat qiluvchi pul, turli resurslar va ishlab chiqa
-
rilgan tovarlar majmuyidir. Mazkur mablag‘lar turli manbalarda kapital, 
fond, vosita kabi atamalar bilan ham nomlanadi.
KorXoNa MaBLaG‘LarI ShaKLLarI
Amalda korxona mablag‘lari uchta shaklda bo‘ladi: pul, resurs va tovar.
Pul shaklidagi mablag‘lar korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 
zarur resurslarni sotib olish yoki ulardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni 
amalga oshirish uchun ishlatiladi. Buning natijasida pul mablag‘lari resurs
-
lar yoki unumli mablag‘larga aylanadi.
resurslar 
– ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sotib 
olingan bino, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, mehnat resurs
-
lari, elektr energiyasi, suv va boshqa resurslar shaklidagi mablag‘lardir.
Ushbu resurslar ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, o‘zining qiy
-
matidan ko‘proq mahsulot yaratgani uchun unumli mablag‘lar deb ham 
yuritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotlar tovar, ya’ni sotish 
uchun mo‘ljallangan mahsulot shaklini oladi. 
Tovar 
– bu korxonada ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan 
mahsulot yoki xizmatlar.
Demak, tadbirkorning qo‘lida pul shaklida bo‘lgan mablag‘ o‘z ha
-
rakati davomida dastlab resurslarga, keyin esa tovarga aylanib, bozor
-
da sotilgach, yana pul shaklida tadbirkorga qaytib keladi. Buni kor
-
xona mablag‘ining (bu o‘rinda pulning) doiraviy aylanishi deyiladi. 
Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi 
– korxona mablag‘i
-
ning o‘z harakatini muayyan (pul, resurs, tovar) shakldan boshlab
navbatdagi bosqichlarni bosib o‘tib, yana o‘zining dastlabki shakliga 
qaytishi.


76

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə