U. G‘afUrov, Q. SharIpov


MIJoZNING KrEDIT oLISh LaYoQaTINI BahoLaSh



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

MIJoZNING KrEDIT oLISh LaYoQaTINI BahoLaSh
Siz kredit olish maqsadida tegishli hujjatlarni bankka taqdim etganin
-
gizdan so‘ng bank kredit olish layoqatingizni baholab ko‘radi. Chunki 
mijozga kredit berish mumkinligi va uning miqdorini to‘g‘ri aniqlash bank 
kreditining qaytarilishiga imkon yaratadi.
Mijozning kredit olish layoqatini baholash har bir bank tomonidan 
mustaqil ravishda ishlab chiqilgan mezonlar va usullar asosida amalga 
oshiriladi.
Eng avvalo, bank sizning muayyan davrda barcha to‘lovlarni amalga 
oshirgandan keyingi qoladigan pulingizni quyidagi formula orqali aniq
-
laydi:


84
SD = OD – DS
bu yerda:
SD
sof daromad;
OD
– olingan daromad;
DS
– doimiy sarflar.
Aytaylik, sizning daromad solig‘i va boshqa ushlanmalardan keyingi 
oylik daromadingiz 1 mln. so‘mni tashkil etadi. Doimiy sarflar (masalan, 
kommunal to‘lovlari, ijara haqi va boshqalar) miqdori 400 ming so‘m 
bo‘lsa, u holda sof daromadingiz 600 ming so‘mni tashkil etadi. Olinayot
-
gan kredit bo‘yicha ma’lumotlar asosida sizning kredit olish layoqatingiz 
koeffitsiyentini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
KLK
SD
OT

Bu yerda:
KLK
– kredit olish layoqati koeffitsiyenti;
SD
– sof daromad;
OT
– har oylik to‘lovlar.
Aytaylik, sizning kredit bo‘yicha har oylik to‘lovlaringiz 300 ming so‘m 
bo‘lsa, u holda kredit olish layoqatingiz koeffitsiyenti 2 ga teng bo‘ladi. 
Ya’ni, sizning sof daromadingiz kredit bo‘yicha har oylik to‘lovlaringizni 
2 baravar qoplaydi. Bank ushbu koeffitsiyentni bu borada o‘zi belgilagan 
me’yorga taqqoslab ko‘radi va natija ijobiy bo‘lsa, baholashning keyingi 
bosqichlariga o‘tadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə