U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Doimiy xarajatlar
(FC-fixed cost) – mahsulot ishlab chiqarish 
hajmining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar.
Masalan, bino uchun ijara haqi, reklama uchun to‘lov, qorovul yoki 
boshqa texnik xodimlarning ish haqi doimiy xarajatlar jumlasiga kiradi.
o‘zgaruvchan xarajatlar
(VC-variable cost) – mahsulot ishlab 
chiqarish hajmining o‘zgarishiga bog‘liq xarajatlar.
Masalan, xomashyo, materiallar, ishchilarning 
ish haqi o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy 
va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi 
umumiy 
yoki yalpi xarajatlar
(TC-total cost)ni tashkil 
qiladi.
Doimiy (FC), o‘zgaruvchan (VC) va yalpi 
(TC) xarajatlarni grafik orqali ifodalash mumkin.
UMUMIY, o‘rTaCha va ChEGaravIY XaraJaT
Tadbirkor mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-
xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha 
o‘zgaruvchan xarajatlarni bilishi lozim. 
o‘rtacha umumiy xarajatlar
– yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbatini ifodalaydi:
AC
TC
Q

bu yerda:
AC
(average cost) – o‘rtacha umumiy xarajatlar;
TC
– yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q
(quantity) – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
o‘rtacha doimiy xarajatlar
doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
AFC
FC
Q

Bu yerda: 
AFC
(average fixed cost) – o‘rtacha doimiy xarajatlar;
FC
– doimiy xarajatlar summasi.
C
TC
VC
FC
Q
0


88
o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar 
o‘zgaruvchan xarajatlarning ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
AVC
VC
Q

Bu yerda: 
AVC
(average variable cost) – o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar;
VC
– o‘zgaruvchan xarajatlar summasi.
Shuningdek, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha 
o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin:
AC = AFC + AVC
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chi
-
qarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda chegaraviy xarajatdan 
foydalaniladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə