U. G‘afUrov, Q. SharIpov


) xomashyo va materiallar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

1)
xomashyo va materiallar.
Bular ishlab chiqarish ko‘zda tutilayot
-
gan mahsulotning asosini tashkil etadi. Xomashyo hali inson ta’siri katta 
bo‘lmagan, material esa ma’lum darajada qayta ishlovdan o‘tgan moddalar 
hisoblanadi. Misol uchun, mebel ishlab chiqarishda yog‘och xomashyo 
hisoblansa, undan tayyorlangan taxtalar material sanaladi; 
2)
qaytarilgan chiqindilar.
Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan 
chiqindilar qiymati aniqlanib, xarajatlar qiymatidan chiqarib tashlanadi. 
Masalan, mebel ishlab chiqarishda kichik taxta bo‘laklari, yog‘och qipiqlari 
qiymati mahsulot tannarxidan ayirib tashlanadi;


91
3)
yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan buyumlar. 
Chetdan 
sotib olinadigan va mahsulotni tayyorlashda ishlatiluvchi buyumlar. Masa
-
lan, javon tutqichlari, ular eshigiga o‘rnatilgan qulflar shular jumlasidandir;
4) yonilg‘i va energiya.
Ishlab chiqarish jarayonida ko‘mir, neft, benzin 
kabi yonilg‘i, elektr, gaz, bug‘ kabi energiya manbalaridan foydalanish 
mumkin;
5) asosiy vositalar amortizatsiyasi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy 
vositalarning eskirgan qismi mahsulot tannarxiga qo‘shilib boradi;
6) ish haqi va sug‘urta ajratmalari. 
Ishchilarga to‘langan ish haqi 
va unga nisbatan hisoblangan sug‘urta ajratmalari mahsulot tannarxiga 
qo‘shiladi;
7) mahsulot sotish xarajatlari.
Mahsulotni qadoqlash, tashish va rek
-
lama qilish xarajatlari ham mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
MahSULoT TaNNarXINI paSaYTIrISh IMKoNIYaTLarI
Mahsulot tannarxini aniqlash va uning tarkibini tahlil qilish tannarxni 
pasaytirish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Umumiy holda tan
-
narxni pasaytirish imkoniyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– asosiy kapitaldan samarali foydalanish;
– aylanma kapitaldan samarali foydalanish;
– ishlab chiqarishni samarali tashkil etish;
– tashqi imkoniyatlar.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə