U. G‘afUrov, Q. SharIpov


BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!
1. Bank krediti nima?
2. Kredit berishning qanday tamoyillari mavjud?
3. Kreditning qanday turlarini bilasiz? Har bir turining mazmunini qisqacha 
izohlang. 
4. Kredit va lizingning o‘zaro farqi nimada?
5. Foiz stavkasi nima va u qanday ifodalanadi?
6. Hozirgi kunda bank amaliyotida kredit foizini hisoblash va to‘lash qanday 
amalga oshiriladi?
7. Kredit ta’minoti nima uchun zarur?
8. Mijozning kredit olish layoqatini baholash nima uchun zarur?


85
18-MavZU
KorXoNa XaraJaTLarI
IShLaB ChIQarISh XaraJaTLarI 
Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati xarajatlarni to‘g‘ri rejalashti
-
rish va amalga oshirishga bog‘liq. Masalan, siz biron-bir mahsulotni ishlab 
chiqarish uchun xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va 
energiya, amortizatsiya, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz 
to‘lovlari va boshqa xarajatlar bilan to‘qnash kelishingiz mumkin. Mah
-
sulotni ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazish bo‘yicha barcha 
sarflar umumiy xarajatlar deyiladi.
Umumiy xarajatlar ikkiga bo‘linadi: 
– ishlab chiqarish xarajatlari;
muomala xaraj
atlari. 
Ishlab chiqarish xarajatlari
– mahsulotni bevosita ishlab chiqarish 
uchun qilinadigan sarflar.
Ular tarkibiga yuqorida keltirib o‘tilgan ish haqi, xomashyo va material 
sarflari, amortizatsiya va boshqalarni kiritish mumkin. 
Muomala xarajatlari
– mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan olib, 
iste’molchiga yetkazish bilan bog‘liq sarflar.
Muomala xarajatlari ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xa
-
rajatlari va sof muomala xarajatlari. 
Qo‘shimcha muomala xarajatlari 
– mahsulotlarni o‘rash, qadoqlash, 
saralash, transportga ortish, tashish va saqlash bilan bog‘liq sarflar. Mu
-
omala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi 
hisoblanib, mahsulot qiymati tarkibiga kiradi va uni oshiradi. Xarajatlar 
tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə