U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Tadbirkorlik turi
– tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishi, kapital kiritish 
sohasi va faoliyat natijasiga ko‘ra farqlanuvchi belgilar tizimi. 
IShLaB ChIQarISh TaDBIrKorLIGI
Siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval uning 
o‘zingizga mos turini tanlashingiz lozim. Aytaylik, siz kichik qandolat-
chilik sexi ochmoqchisiz. Buning uchun sizda bino, zarur asbob-uskuna 
va jihozlar hamda yetarlicha moliyaviy mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. 
Sizning qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatingiz
 
ishlab 
chiqarish tadbirkorligi deyiladi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligi – 
iste’molchilarga sotish maqsadi
-
da mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan 
faoliyat.
Ishlab chiqarish tadbirkorligi o‘z ichiga xizmat ko‘rsatishni ham oladi. 
Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, kiyimlarni kimyoviy 
tozalash, turli masalalarda maslahat berish, ta’lim xizmati va boshqalar 
shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyat sohasini tanlash tadbirkorning 
moliyaviy resurslari va shaxsiy moyilligi orqali belgilanadi. Dastlab mar
-
keting tadqiqotlari o‘tkaziladi, bozor o‘rganiladi, taklif etiladigan tovar
-
ning qay darajada iste’molchiga zarurligi, talabning darajasi va o‘zgarishi, 
talab darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, taxminiy xarajatlar va sotish 
hajmlari aniqlanadi.
TIJoraT TaDBIrKorLIGI
Aytaylik, sizda ishlab chiqarish tadbirkorligi uchun yetarli resurs 
bo‘lmasligi mumkin. U holda siz ishlab chiqarish resurslari kabi katta 
ehtiyoj talab etmaydigan, ko‘proq aylanma mablag‘lar yetakchi o‘rin tu
-
tadigan tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanishingiz mumkin.


11
Tijorat tadbirkorligi – 
tovar-pul munosabatlari va savdo-ayirbosh
-
lash operatsiyalariga, ya’ni tovar va xizmatlarni qayta sotishga asos
-
langan faoliyat.
Chakana
va ulgurji savdo, turli mol-mulklar, shu jumladan ko‘chmas 
mulklar savdosida vositachilik qilish tijorat tadbirkorligiga misol bo‘la 
oladi.
Tijorat tadbirkorligida tovarni sotish narxi uning xarid narxidan yuqo
-
ri bo‘lishi asosiy qoida hisoblanadi. Shunga ko‘ra, tijorat tadbirkorligini 
amalga oshirishdan avval bozor holati puxta tahlil qilinadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə