U rga nch davlat u n IV er siteti kimyo kafedrasi Qo‘lyozma huquqida


O‘ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida ipak fibroin tolasida yoriq va



Yüklə 275,29 Kb.
səhifə24/39
tarix25.12.2023
ölçüsü275,29 Kb.
#161310
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Microsoft Word ОбРожка Ð�Ñ‹Ñ⁄анов Ð¥. ÐœÐflП. doc-fayllar.org

2.3.3. O‘ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida ipak fibroin tolasida yoriq va
g’ovakliklar hosil qilish
O ‘ta yuqori chastotali elektromagnit to ‘lqinlar eritmadagi qutbli moddalarni
kuchli tebranma harakatga keltirib, eritmani ichki qismidan bir daniqa qizitadi.
Natijada oddiy qizdirish bilan boradigan jarayonlarga nisbatan o‘ta yuqori
chastotali elektromagnit to ‘lqinlar ta’sirida boradigan jarayonlar bir necha barobar
tezroq yakunlanadi.
Kislotali muhitda (C%=3% HCl) o‘ta yuqori chastotali elektromagnit
to ‘lqinlar(O‘YCh) ta’sirida ipak fibroin tolasi yuzasida yoriq va g ‘ovakliklar hosil
bo ‘ladi. Tola kukunsimon holatga o ‘tmasligi uchun jarayon belgilangan vaqtdan
o ‘tkazib yuborilmaydi.
Tola kislotali eritmadan olinib, distillangan suv bilan neytrall muhitga
kelgunicha yuviladi. Fibroin tolasi suvga bo’ktirib, yana o‘ta yuqori chastotali
elektromagnit to ’lqinlar ta’sirida qizdiriladi. Fibroin tolaga bo ‘kish jarayonida
kirgan suv birdaniga tolalar kuchli qizishi natijasida tolani yuzasini yorib chiqib
56


ketadi. Oqibatda tola yuzasidagi yoriqlar yana oshadi. Ipak fibroin tolasida


g ’ovakliklar va yoriqlar sonini oshirish, tolani sorbsion xossasini yuqori bo‘lishini
taminlaydi. O‘ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida ipak fibroin tolasida yoriq va
g ’ovakliklar hosil qilish uchun quyidagi tajriba amalga oshiriladi.
Dastlab tarozida 10 gr quritilgan pilla tolasini o ’lchab olamiz. 250 ml li
stakanga 10 gr pilla tolasini va 0,03 M li 120 ml NaHCO3 eritmasidan ( yoki
Na2CO3) solamiz. Stakandagi eritmani 30 daqiqa davomida qaynatamiz.
Belgilangan vaqt tugagach idish ichidagi tolani olamiz va distillangan suv bilan
(Na2CO3 qolmaguncha) yuvib tashlaymiz. Tola quritilib tarozida tortib ko‘riladi.
Quritilgan tolani 500 ml li stakanga solib, ustiga 3% li 340 ml HCl
(w/v=1:50) eritmasi quyiladi. Stakan mikroto’lqinli pechga joylashtiriladi. O ’ta
yuqori chastotali nurlarning (2450 MGs) har xil quvvatli (340 Vt, 510 Vt, 850 Vt)
nurlanishlari ta ’sirida fibroin tolasi eritmada nurning quvvatiga muofiq ravishda
har xil vaqtlarda (8 min, 5 min, 2 min) ushlab turiladi. Hosil Tolani Byuxner
voronkasiga o ‘rnatilgan mato filtrda ushlab qolamiz. Mahsulot yaxshilab
distillangan suv bilan yuviladi va 70oC temperaturada 5-6 soat quritiladi.
Kislotali muhitda olingan tolani yuqoridagi tajribani takrorlagan holatda
suvli muhitda o ‘ta yuqori chastotali nurlar ta ’sirida tolani yuzasida yanada ko‘proq
yoriqlar hosil qilinadi. Suvli muhitda jarayon 5— 8 min. Davomida olib boriladi.
Tola quritgich shkafda 70— 80oC temperaturada 5-6 soat quritiladi.

Yüklə 275,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə