U rga nch davlat u n IV er siteti kimyo kafedrasi Qo‘lyozma huquqida



Yüklə 275,29 Kb.
səhifə33/39
tarix25.12.2023
ölçüsü275,29 Kb.
#161310
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Microsoft Word ОбРожка Ð�Ñ‹Ñ⁄анов Ð¥. ÐœÐflП. doc-fayllar.org

Ion
t-vaqt
C da(N)
G
Fe3+
1 soat— 1sutka
0,0422
22,54 mg/g
Fe3+
1 soat— 1sutka
0,136
39,3 mg/g
Gidrolizlangan fibroinning temir ionlarini kam miqdorda sorbsiyalshi, uni
tolasimon shakllarini gemosorbent sifatida foydalanish imkoniyati mavjudligini
ko ‘rsatadi. Gemosorbentlar qondagi zaxarli toksinlarni o ‘zida sorbsiyalab qoluvchi
sorbentlardir.
78




3.2.2. Kislotali muhitda O YCh nurlar va oddiy termik usulda ishlov berilgan
ipak fibroin tolalariga vitamin-B12 ning sorbsiyasini tahlili
Tashqi muhit ta ’sirida turli xil zaharlanishlar sodir bo‘lganda va inson
buyragi yoki jigari sust ishlaganda, boshqa ta’sirlar natijasida qonda turli xil
salomatlikka yomon ta ’sir ko‘rsatadigan moddalar yig‘ila boshlaydi. Ana shunda
qonni inson organizmidan tashqarida tozalab (gemosorbtsiya), yana o ‘ziga qaytarib
yuborish kerak bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda gemosorbent sifatida faollashtirilgan ko’mir ishlatiladi va
uning ancha kamchiliklari bor. Faollashtirilgan ko‘mirda faqat mikrog’ovakliklari
orkali toksinlarning sorbtsiya jarayoni ketadi. U qondan organizm uchun kerakli
bo ’lgan moddalar (komponentlar) ni ham ushlab qolib uning sifatini
yomonlashtirar edi. Tibbiyot uchun polikation hamda polianion xususiyatiga ega
bo ‘lgan gemosorbentlar juda ahamiyatli.
Ipak fibroini tarkibida polikation hamda polianion xossali karboksil, peptit,
amino guruhlari bor. Ipak fibroin tolasining o‘zida ham sorbtsionlik xossasi
mavjud. Ipak chiqindi tolasidan yuqori sorbtsion xossaga ega gemosorbent ajratib
olish imokiyati mavjud.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ipak chiqindi tolasidan polifunktsional
gemosorbent olindi.
Ipak chiqindi tolasidan olingan gemosorbentda faollashtirilgan ko ‘mirdagi
kabi makro, mikro va nanoyoriqlar va g ‘ovakliklar bo‘lib, bundan tashqari yoriqlar
va g ‘ovakliklarda aktiv polifunktsional guruhlar (polifunktsional guruhli aktiv
markazlar) hosil qilish sharoitlari o ‘rganildi. Bunday polifunktsional guruhli
gemosorbentlarda oddiy sorbtsiya jarayoni bilan birgalikda xemosorbtsiya jarayoni
boradi. Ipak fibroin tolasi asosida olingan polifunktsional sorbent polikation hamda
polianion xususiyatiga ega. Bu xususiyat ipakdan oligan gemosorbentga turli
xossali toksinlarni sorbtsiyalanishini oshiradi.
79


Ipak chiqindi tolasidan ajratib olingan fibroin tolasi asosida bir vaqtni o ‘zida


ham mikro, makroyoriqlar va reaktsion kation aktiv, anion aktiv guruhlar tutgan
sorbent olish uchun kislotali muhitda (3% li HCl) quvvati 510 Vt bo‘lgan o‘ta
yuqori chastotali (O‘YCh) elektromagnit to ‘lqinlar(1-usul) va oddiy qizdirish (2-
usul) usulidan foydalanildi.
Sorbentning tolasimon shaklda bo‘lishi gemosorbentlik xususiyatini berib,
bunday shaklda qon tarkibidagi shakl elementlariga zarar yetgazmaydi.
Ipak fibroin tolasidan 1-usulda gemosorbent olish uchun 3% li HCl
eritmasida ipak fibroin tolasi nur quvvati 510 Vt bo’lgan O‘YCh elektromagnit
to ’lqinlar 5 min. Ta’sir qildirildi. Keyin tola neytral muhitgacha distillangan suv
bilan yuvildi.
Ipak fibroin tolasidan 2-usulda gemosorbent olish uchun 3% li HCl
eritmasida ipak fibroin tolasi 80— 900C da 30 min. Qizdirildi. Keyin tola neytral
muhitgacha distillangan suv bilan yuvildi. Ikkala tajribada ham tola shakl saklab
qolinib, tola yuzasida makro, mikro va nanog‘ovakliklar hosil qilindi. Tola
yuzasida g ‘ovakliklar sonini oshishi va hosil bo‘lgan g ‘ovakliklarda aktiv
polifunktsional markazlarni hosil bo‘lishi sorbtsion xossani kuchayishiga olib
keladi.
Ipak tolasidan olingan tolasimon sorbentning gemosorbent xossasini
tekshirish uchun birlamchi tajribalar o ‘tkazildi. Buning uchun vitamin-B12 ning
sorbtsiyasi o ‘rganildi. Vitamin-B12 sorbtsiyasi 50, 100, 200 va 500 mkg/ml
eritmalarida tekshirildi.
Ipak tolasidan olingan 1,3 g tolasimon gemosorbent 20 sm
xajmli
kalonkalarga balandligi 4sm, diametri 2 sm qilib joylashtirildi va 0,9% li NaCl
eritmasiga bo‘ktirib qo‘yildi. Keyin kalonkalardan 360C haroratli vitamin-B12
eritmalari (v=25 ml) o ‘tkazildi. Kalonkalardan o ‘tgan eritma optik zichliklari
aniqlanib, kontsentratsiyalari kalibrovkali grafikdan topildi. Kontsentratsiyalar
farqidan tolasimon sorbentga sorbtsiyalangan vitamin-B12 miqdori aniqlandi.
Vitamin-B12 sorbtsiyasini aniqlash uchun quydagi tajribalar o ‘tkazildi.
80


26-jadval


1-usulda (O‘YCh ta ’sirida) olingan ipak fibroin tolasiga vitamin-B12 ning
sorbtsiyasi

Yüklə 275,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə