Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

Tilning jamiyatdagi ko‘rinshlari.
Kishilar til orqali aloqa-
munosabatga kirishadilar, til aloqa vositasi sifatida mavjuddir. Qaysiki 
tildan odamlar foydalanmasa, iste’moldan chiqadi. Til istemolda bo‘lishi 
uchun shu tildan foydalanadigan jamiyat bo‘lishi kerak. Til aloqa 
vositasi tarzidagi ahamiyatini yo‘qotdimi, uning avvalgi holatini sun’iy 
ravishda tiklab bo‘lmaydi.


37 
Jahon tilshunosligida til va uning ijtimoiyligi, paydo bo‘lishi va 
rivojlanish jaroyonlari haqida xilma-xil fikrlar bildirilgan. 
Tilning 
ijtimoiyligi, 
rivojlanishi 
va nutq bilan munosabati xususida Ferdinand 
de Sossyur va 
Vilgelm fon Gumboldtlarning fikrlari etakchi o‘rin 
egallaydi.
 
Nazariyotsi olim
 Ferdinand de Sossyur
ning fikricha, til kishilik 
jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa quroli, fikrni ifodalaydigan 
vositadir. Ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til ijtimoiy hodisadir. Ichki 
tuzilishiga ko‘ra til sof belgilar sistemasidir. 
Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda 
gaplashuvchi jamiyatga bog‘liq. Til jamiyat bilan paydo bo‘lganidek, 
jamiyat bilan birga o‘ladi [M.Irisqulov, 1992: 10]. 
Til qonunlarini, uning rivojlanishi jamiyat tarixi bilan va shu tilni 
yaratgan 
xalqning 
tarixi 
bilan 
chambarchas 
bog‘liq 
holda 
o‘rgangandagina bu masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. Hamma narsa 
sistemadan iborat bo‘lgani kabi til ham o‘zining tuzilishi bilan, ayrim 
unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir ideal tizimni tashkil 
etadi Bu masala F.de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldt qarashlarida 
aniq aks etadi. 
Tilning ishlash tizimi haqida N.Xomskiy quyidagi fikrlarni yozadi: 
“Inson ongida dastlab mazmunini tashkil etuvchi propozitiv tizim 
vujudga keladi. So‘ngra ushbu tizim grammatik transformatsiya deb 
nomlanuvchi formal operatsiya yordamida fizik signal qiyofasini oladi” 
[V.A.Zveginsev, 1973: 80-81]. 
V.A.Zveginsev to‘g‘ri qayd qilganidek, tilning yashash makoni 
inson ongidir. Til insonlar ongida taraqqiy qiladi, yashaydi va 
rivojlanadi. Til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tadigan irsiy hodisa 
emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi 
tilda so‘zlay boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bog‘liq. Misol 
uchun, o‘zbek bolasi go‘daklikdan tojiklar orasida tarbiyalansa, u faqat 
tojikcha so‘zlab, o‘z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning 
biologik belgilari (yuz tuzilishi, sochining rangi va hokazolar) 
o‘zgarmagan holda shakllanib boradi.
Til jamiyatga xizmat qiladi, jamiyatda yashaydi, taraqqiy qiladi. 
Shuning uchun ham tom ma’noda ijtimoiy hodisadir.


38 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə