Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

Tilning leksik tarkibi. 
Tilning leksik tarkibidagi barcha so‘zlar bir xil 
tarzda ishlatilavermaydi. Ba’zi so‘zlar juda ko‘p ishlatilsa, ba’zi so‘zlar 
ahyon-ahyondagina ishlatiladi. Shu sababdan ham so‘zlarni yana ishlatilish 
tarkibi jihatdan quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganamiz: 
1.Umumxalq ishlatadigan so‘zlar. Bunday so‘zlarni faol so‘zlar ham 
deymiz. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar hamma, har kuni ishlatadigan so‘zlar 
hammaga tushunarli bo‘lgan so‘zlar umumxalq ishlatadigan so‘zlardir. 
Masalan: ona, ota, bir, suv, havo kabi.
2.Shevalarga oid so‘zlar. Bunday so‘zlar ma’lum hududdagina 
ishlatilib, asosan shu erda yashovchi kishilarga tushunarli bo‘ladi. Masalan: 
adabiy tildagi tuxum so‘zi, shevada mayak. Adabiy tildagi sigir, Xorazmda 
inak. 
Kasb – hunarga oid so‘zlar. Bunday so‘zlar terminlar ham deyiladi. 
Sinus, 
minus, 
tenglama 
matematikada. 
Tarse, 
intoq, 
talmeh 
adabiyotshunoslikda va hakozo. Atama va terminlarni ayrim lug’atlarda bir 


80 
narsa deb ko‘rsatishadi. Bu noto‘g‘ri, atama keng manoda barcha nomlar 
bo‘lsa, termin esa har bir sohaga tegishli bo’lgan lug’aviy birliklardir. 
Terminlar xilma-xil bo‘lib, ular mavzu jihatidan ham o‘zaro bir nechta 
guruhni tashkil qiladi: 
1.
Ijtimoiy-siyosiy terminlar; 
2.
Fan va texnikaga doir terminlar; 
3.
Sanoat sohasiga oid terminlar;
4.
Qishloq xo‘jaligiga doir terminlar; 
5.
Madaniy – ma’rifiy, san’atga doir terminlar; 
6.
Savdo va moliyaga doir so‘z va terminlar; 
7.
Kiyim- kechakka doir terminlar; 
8.
Harbiy ish, fizkultura, hamda sportga oid terminlar; 
9.
Oziq-ovqatga doir terminlar va hakoza. 
1.Eskirgan so‘zlar. Bunday so‘zlar yana o‘z navbatida ikkiga: tarixiy 
va arxaizmlarga bo‘linadi. Tarixiy so‘zlarga o‘z nomi bilan so‘zning o‘zi 
ham nomi ham eskirib tarixda qolgan so‘zlar kiradi. Masalan: paranji, 
ellikboshi, kanizak va hakozo. Arxaizmlarda esa so‘zning o‘zi eskirgan 
bo‘lib, ma’nosi saqlangan bo‘ladi. Ya’ni, bugungi kunda sinonimi 
ishlatiladigan so‘zlardir. Masalan: yanoq, rayon, podsho va hakoza. 
2.Neologizmlar. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlar. Til ochiq tizim 
bo‘lgani sababli, tinimsiz yangi so‘zlar o‘zlashtiriladi. Masalan: layk, (layk 
qilmoq), parol, login, onlayn, blog, post, selfi, status, mobil versiya, 
domen, internet-provoyder, operator, moderator, spam, e-meyl, sayt-
vebsayt, chat va hakoza.
Bu sanab o‘tilgan shevalarga oid so‘zlar, kasb – hunarga oid so‘zlar, 
eskirgan so‘zlar, neologizmlar nofaol leksika qatlamiga tegishli bo‘ladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə