79
suvchi, gulli, bilimli, aqlli kabi so‘zlarda qo‘shimcha qo‘shilishi
orqali
mutloq yangi so‘z yasalmoqda.
2.Ikki va undan ortiq so‘zning qo‘shilishidan yangi qo‘shma so‘z
yasaladi. Bu usulga sintaktik yoki kompozitsiya usuli ham deyiladi.
Masalan: xontaxta, ko‘zoynak, gultojixo‘roz, oybolta kabi so‘zlar.
Shuningdek, ikki so‘zni juftlash orqali ham yangi so‘z yasalishi sintaktik
usulga misol bo‘ladi:
bordi-keldi, omon-eson, qovun-tarvuz kabi.
3.Qisqartirib yangi so‘z yasashga qisqartma so‘zlar yoki
abbreviatura ham deyiladi. Bunday so‘z yasash xususiyati faqat ot so‘z
turkumiga xos: AQSH- Amerika Qo‘shma
Shtatlari, XDP-Xalq
demokratik partiyasi, SamDCHTI- Samarqand davlat chet tillar instituti
kabi.
4.Bir so‘z turkumidan boshqa so‘z turkumiga ko‘chirish orqali
yangi so‘z yasalishi konversiya yoki semantik usulida so‘z
yasalishi
deyiladi. Sifat va fe’l ot so‘z turkumiga, son ravish so‘z
turkumiga
o‘tadi. Boshqa so‘z turkumiga ko‘chgan so‘z yangi ma’no anglatadi va
gapdagi vazifasi ham o‘zgaradi.
5.Takrorlash orqali yangi so‘z yasash. Bunday so‘z yasalish usulida
so‘zlar takrorlanish orqali yasaladi. Masalan: xola-xola (o‘yin nomi),
yo‘l-yo‘l (mato rangi), bip-bip (avtobus) kabi.
Dostları ilə paylaş: