Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

Tilning lug‘at tarkibi. 
Tillarning lug‘at boyligi so‘zlar va 
iboralardan iborat bo‘ladi. Uning bu boyligi hamma uchun umumiy 
bo‘lib, hamma tomonidan birday qo‘llanilishi mumkin. Bu boylik tilning 
tarixiy taraqqiyoti davomida to‘plangan. Bu esa o‘z navbatida, tilning 
tarixiy taraqqiyoti hisobiga ham, shu bilan birga boshqa turli xalqlar 
bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari davrida o‘zlashtirgan leksik 
birliklari hisobiga ham amalga oshgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtai 
nazaridan qaralganda, tillarning lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam – o‘z 
va o‘zlashgan qatlam borligi ma’lum bo‘ladi.


81 
Lug‘atshunoslik 
tilshunoslikning 
lug‘at 
tuzish 
ishi 
bilan 
shug‘ullanadigan maxsus bir sohasidir. Lug‘atchilikning nazariy va 
amaliy tomonlari bor. Lug‘at tuzishning ilmiy asoslari va tamoyillarini 
ishlab chiqish, lug‘at tiplarini belgilash, uni yaratish usullarini asoslab 
berish bu sohaning nazariy masalalari bo‘lib hisoblanadi. Tilning so‘z 
boyligini to‘plash, lug‘at tuzish uchun kartotekalar tuzish va ularni 
tartibga 
solish 
kabilar 
lug‘atshunoslikning 
amaliy 
tomonidir. 
Avvalambor lug‘atlarni ikki turga bo‘lamiz: Qomusiy lug‘atlar 2. 
Lingvistik lug‘atlar. 
1.Qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlarda ilmiy, siyosiy, adabiy hamda 
ishlab chiqarishga xos tushunchalar, mashhur kishilar haqida batafsil 
ma’lumot beriladi. “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”, “U kim, bu nima”, 
“Salomatlik” kabi lug‘atlar qomusiy lug‘atlarga misol bo‘la oladi. 
2.Lingvistik lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘lishi mumkin. Bir tilli 
lingvistik lug‘atlarga: 
Izohli lug‘at – tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar ma’nolariga izoh 
beriladi. 
Imlo lug‘ati-orfografik lug‘at ham deyiladi. Bunday lug‘atlar 
so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi hisobga olinib tuziladi. 
Orfoepik lug‘ati – so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. 
Sinonimlar lug‘ati – sinonim so‘zlarni topishga yordam beradi. 
Omonimlar lug‘ati - omonim so‘zlarni topishga yordam beradi. 
Antonimlar lug‘ati - antonim so‘zlarni topishga yordam beradi. 
Paronimlar lug‘ati - paronim so‘zlarni topishga yordam beradi. 
Frazeologik lug‘at - iboralarni o‘rganishga yordam beradi. 
Morfem lug‘at – so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajratishga yordam 
beradi. 
Terminologik lug‘at – ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh 
beriladi. 
Chappa (ters) lug‘at – bu lug‘atda so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha 
joylashtiriladi. 
O‘zlashma so‘zlar lug‘ati – boshqa tillardan olingan so‘zlar 
keltiriladi. 
Chastotali lug‘at – ma’lum bir asarda qaysi so‘z necha marta 
ishlatiligani haqida statistik ma’lumot beradi.


82 
Ko‘p tilli lingvistik lug‘atlarga tarjima lug‘atlari kiradi. Masalan: 
O‘zbekcha – inglizcha so‘zlar lug‘ati, nemischa –ruscha so‘zlar lug‘ati 
kabi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə