Umumiy o‘rta ta’lim maktabi da pedagog hodimlar bilan Referendum



Yüklə 4,98 Mb.
səhifə6/16
tarix03.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
10-maktab referendum bayonnoma

Davlat fuqarolik xizmati
Mamlakatimizda hech qachon fuqarolarni ajratgan holda ma’lum bir fuqarolik xizmatiga kirishida yoki kirmasligini belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Konstitutsiya loyihasida davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha teng imkoniyatga ega ekanligi mustahkamlanishi davlatni boshqaruvda ishtirok etishni bildirayotgan fuqarolarga keng yo’l ochilishini bildiradi.
Mazkur qoida asosida davlat xizmatchilari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning bevosita tartibga solinishiga erishiladi.
O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasining asosiy yutuqlaridan biri 2022 yilda “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishidir.

Davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog’onalarida o’stirish, rag’batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham berilmoqda.
Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatchilarining soni 100 mingdan ortiq bo’lib, ularga berilayotgan e’tibor Konstitutsiyaga kiritilayotganligi ularning haq huquqlari oliy qonun darajasida himoya etilayotganligi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi Qonuning ijrosi ta’minlanishiga olib keladi.
SHuningdek, milliy qonunchilikda (“Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonunning 28-moddasi) sud tomonidan korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning davlat xizmatiga qabul qilinishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha qoidalar mavjud.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining
21-moddasida har kim o’z mamlakatida davlat xizmatidan teng foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan.
Konstitutsiyada davlat fuqarolik xizmatchilari to’g’risidagi qoidalarning kiritilishi mamlakatimizda professional xodimlarning faoliyatiga e’tibor yuqori darajada ekanligini bildiradi. Qolaversa xalqimiz bunday tartibni anchadan beri kutgan edi. Bu qonun har birimizning hayotimizga bevosita ijobiy ta’sir qiladi, keyingi islohotlar uchun zamin yaratadi.
Ushbu norma fuqarolar davlat xizmatiga kirishda duch kelishi mumkin bo’lgan turli to’siqlarni, shu jumladan, byurokratiya va tanish-bilishchilikni bartaraf etib, kadrlarni salohiyati va ishchanlik qobiliyatiga qarab ishga qabul qilishga qaratilgan. Kelgusida xuddi o’tmishda bo’lganidek, kelib chiqishi, doimiy yashash manzili kabi masalalar qayta yuzaga kelmasligi uchun ham mazkur normaning Konstitutsiyaga kiritilishi juda muhim.
Sud tomonidan korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning davlat xizmatiga qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.



Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə