Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik


O‘zingizni tekshirib ko‘ring!



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/68
tarix13.10.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#127341
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
Algebra. 7-sinf (2017, Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov)

O‘zingizni tekshirib ko‘ring!
1.
Futbol chempionatida 18 ta jamoa qatnashyapti.
Agar har bir jamoa boshqa jamoa bilan o‘z may-
donida va raqib maydonida o‘ynaydigan bo‘lsa,
chempionatda jami qancha o‘yin o‘ynaladi?
2.
7- sinfda 12 ta fandan dars o‘tiladi. Dushanba kuni
jadval bo‘yicha 5 soat dars bo‘lib, har bir soatda
har xil dars o‘tiladi. Dushanba kungi jadvalni necha
xil usulda tuzish mumkin?
3.
5 ta stulga 3 nafar o‘quvchini necha xil usulda o‘t-
qazish mumkin?
4.
Matematikaga oid 5 ta turli kitobni javondagi 5 ta
o‘ringa necha xil usulda qo‘ysa bo‘ladi?
VI bobga doir mashqlar
581.
Agar: 1) raqamlar takrorlanmasa; 2) raqamlar takror-
lanishi mumkin bo‘lsa 0, 1, 2, 3, 4, 5 raqamlaridan jami
nechta 4 xonali son tuzsa bo‘ladi?
582. 
0, 3, 4, 5, 6, 7 raqamlaridan jami nechta 4 xonali toq
son tuzish mumkin?
583. 
Stolda ona tili, algebra, geometriya, ingliz tili darsliklari
yotibdi. Malohat ularni kitob javoniga qo‘ymoqchi. Bu
darsliklar javonda jami necha xil usulda turishi mumkin?
584.
Odatda, uchburchakning uchlari lotin alifbosining kat-
ta harflari bilan belgilanadi. Lotin alifbosida 26 ta harf bor.
Uchburchakning uchlarini necha xil usulda belgilash
mumkin?


168
585.
8 ta stulga 3 nafar o‘quvchini necha xil usulda o‘tqazsa
bo‘ladi?
586.
Mijozning uy telefoni 7 raqamli bo‘lib, 218 dan bosh-
lanadi. Mijoz a’zo bo‘lgan bu telefon stansiyasi nechta
mijozga xizmat ko‘rsata oladi?
587. 
Necha xil usulda 5 nafar qilichbozdan 2 tasini muso-
baqada qatnashish uchun tanlab olish mumkin?
Alining yechimi:
5 nafar qilichbozdan bittasini tanlash im-
koniyati 5 ta. 4 nafar qilichboz qoladi. Ulardan bittasini 4
usulda tanlasa bo‘ladi. Demak, 5 · 4 = 20.
Javob: 
5·4=20 xil usul bor.
Nozimaning yechimi:
5 nafar qilichbozni „nomerlab“ chi-
qamiz va ulardan 2 kishilik guruhlar tuzamiz: 12; 13; 14;
15; 23; 24; 25; 34; 35; 45.
Javob:
10 xil usulda tanlash mumkin.
Mubinabonuning yechimi:
4 ta juftlik: 12; 13; 14; 15;
3 ta juftlik: 23; 24; 25;
2 ta juftlik: 34; 35;
1 ta juftlik: 45.
Jami
4+3+2=10. 
Javob:
10 xil usulda.
Kimning yechimi to‘g‘ri? Kimning yechimi sizga yoqdi?
Nimasi bilan yoqdi?
588. 
Sizning tengdoshingiz bo‘lgan bir bola: „Hozircha men
bir havaskor bolaman, katta bo‘lsam katta shoir bo‘la-
man“, deb yaxshi niyat qilib she’r yozib yurarkan. She’r-
larining biriga „Lola“ deb sarlavha qo‘yibdi. Bu she’rning
1- qatori „Navbahorda qirda ochildi lola“ ekan. Qolgan
qatorlar 1-qatordagi so‘zlarning o‘rnini almashtirish
natijasida hosil bo‘lgan. Bu „she’r“ da eng ko‘pi bilan
nechta qator bor?
1 2 3 4 5
1 2 3 4 5
1 2 3 4 5
1 2 3 4 5



Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə