Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   317
fayl 2055 20211105

4.1.2. To‘p uzatish 

 

Bu  texnik  usul  orqali  hujumni  tashkil  qilish  va  amalga  oshirish  uchun  qulay 

sharoit  yuzaga keltiriladi. To‘pni:  tayanch  holatdan  ikki qo‘llab, sakrab  ikki qo‘llab, 

sakrab  bir  qo‘llab,  orqaga  yiqilib  turib  ikki  qo‘llab  uzatish  mumkin.  Oxirgi  usuldan 

voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi. 

Yo‘nalishi  bo‘yicha  to‘p  uzatishlar  (to‘p  uzatuvchiga  nisbatan)  quyidagicha 

bo‘ladi: oldinga, o‘z ustiga, orqaga. 

Uzunligi bo‘yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; qisqartirilgan – 

zona doirasida. 

Balandligi bo‘yicha: baland – 2 m dan yuqori, o‘rtacha – 2 m gacha, past – 1 m 

gacha. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda to‘pga sekin, tez va katta tezlanish 

beriladi. To‘pni to‘rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq masofada berish 

mumkin. 

To‘pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo‘lning to‘pga qarama-qarshi harakati, 

amortizatsiya va to‘pni yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. Dastlabki holatdan to‘p tomon 

harakatlangandan  so‘ng  voleybolchi  vertikal  holatda,  oyoqlarining  bukilish  darajasi 

to‘p  yo‘nalishining  balandligiga  va  uchish  tezligiga  bog‘liq  holda,  oyoq  kaftlari 



 

87 


 

parallel  yoki bir oyoq (asosiy qo‘lga  nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda bo‘ladi. 

Qo‘llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bo‘ladi (5-rasm). 

 

13-rasm. 



Qo‘llar  to‘p  bilan  yuz  tepasida  to‘qnashadi.  Bunda  bosh  barmoq  asosiy 

nagruzkani  qabul  qiladi,  ko‘rsatkich  barmoqlar  esa  zarba  berishda  asosiy  bo‘ladi. 

O‘rta  barmoq  kamroq  ravishda,  nomsiz  va  jimjiloq  asosan  to‘pni  yon  tomondan 

ushlab  turishga  xizmat  qiladi.  To‘pga  yo‘nalish  berishda  qo‘l,  oyoq  va  gavda 

mushaklarini  kuchlanishi  o‘zaro  birgalikdagi  yaxlitlik  bilan  izohlanadi.  Bunda 

gavdaning  UOM  birmuncha  yuqoriga–oldinga  ko‘chadi  va  gavdaning  og‘irligi  ikki 

oyoqning  uchiga  tushadi.  Qo‘llar  to‘pni  uzatish  oxirida  to‘liq  to‘g‘rilangan  holatda 

bo‘ladi. 

Murakkab  hujum  kombinatsiyalarini  tashkil  qilishda,  to‘p  baland  berilganda 

yoki  to‘pning  uchish  vaqtini  kamaytirish  maqsadida  sakrab  to‘p  uzatish  usulidan 

foydalaniladi.  Bu  holatda  qo‘llar  bosh  ustidan  birmuncha  baland  ko‘tariladi  va 

qo‘llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to‘p uzatiladi. Xuddi 

shu  holatda  qisqa  to‘p  uzatishda  asosiy  harakat  qo‘l  barmoqlarining  faol  ishlashi 

hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm). 




 

88 


 

 

14-rasm. 



To‘pni orqa tomonga (mo‘ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o‘yinchi 

to‘pning  tagiga  kirib  boradi.  Bunda  qo‘lning  orqa  kaft  qismi  bosh  orqasigacha 

ko‘tariladi.  To‘p  uzatish  qo‘llarni  tirsak  qismida  bukib-yozish  hisobiga  bajariladi, 

gavda orqaga-yuqoriga  harakatlanadi, bunda harakat  umurtqa pog‘onasining ko‘krak 

va  bel  qismlarining  bukilishi  hisobiga  bo‘ladi  (7-rasm).  Sakrab  orqaga  to‘p  uzatish 

xuddi  tayanch  holatda  orqaga  to‘p  uzatish  kabi  bajariladi.  To‘p  uzatishning  eng 

murakkab usuli bu sakrab bir qo‘l bilan to‘p uzatishdir. Bu usul to‘p to‘r ustiga kelib 

qolgandagi  murakkab sharoitda bajariladi. Bu  holda qo‘l tirsaklarda bukilib, oldinga 

chiqariladi  (8-rasm).  Kaftlar  oldinga  qaratiladi,  barmoqlar  bukilib,  tarang  holga 

keltiriladi. To‘p uzatish tirsak bo‘g‘inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi. 




 

89 


 

 

15-rasm. 



 

16-rasm. 




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə