Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


IV BOB. O‘YIN TEXNIKASI ASOSLARI



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   317
fayl 2055 20211105

IV BOB. O‘YIN TEXNIKASI ASOSLARI 

 

Voleybol o‘z  mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan boshqa sport o‘yinlaridan 



farq  qiladi.  Voleybol  o‘yini  nisbatan  kichik  bo‘lgan,  ya’ni  o‘rtasidan  teng  ikkiga 

bo‘lingan 18x9 metrli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklidagi maydonchada amalga 




 

81 


 

43 


oshiriladi.  Zamonaviy  voleybol  turli  o‘yin  malakalari  va  taktik  kombinatsiyalarga 

nihoyatda  boy  bo‘lib,  o‘ta  katta  shiddat  va  tezlikda  o‘tadi.  Binobarin,  voleybolning 

yuqorida  zikr  etilgan  o‘ziga  xos  xususiyatlari  o‘yinchilardan  mukammal 

takomillashgan  texnik  mahorat  talab  qiladi.  Musobaqa  o‘yinlarida  texnik  mahorat 

qanchalik  keng  va  tashqi  ta’sirlarga  nisbatan  mukammal  shakllangan  bo‘lsa, 

shunchalik g‘alabani qo‘lga kiritish imkoni ko‘p bo‘ladi. 

O‘yin  texnikasi  –  bu  bir  vaqtning  o‘zida  ketma-ket  va  muayyan  maqsadli 

tartibda  ijro  etiladigan  ixtisoslashgan  harakat  yoki  harakatlar  majmuasidir.  O‘yin 

texnikasi  –  harakatni  aniq,  tez,  engil,  vaziyatga  muvofiq,  kam  kuch  sarf  etib  yuqori 

samarada bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. 

«Texnika»  atamasi  yunoncha  (tehnus)  so‘z  bo‘lib,  juda  keng  ma’noda 

foydalaniladi  va  o‘zbek  tilida  «san’at»  tushunchasini  anglatadi.  Miloddan  avvalgi 

776-yildan boshlab har 4 yilda Yunonistondagi Olimp tog‘larining etagida joylashgan 

Olimp  qishlog‘ida  Xudo  Zevs  sharafiga  o‘tkaziladigan  umumyunon  bayram 

musobaqalari ishtirokchilari 2 g‘ildirakli aravachada poyga, mushtlashish, beshkurash 

sporti bo‘yicha o‘z san’atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig‘i shundaki, har 

bir  ishtirokchi  musobaqadan  oldin  o‘z  qaddi-qomatini,  mushaklarini  shakllanganligi 

va  boshqa  shu  sportga  oid  xislatlarni  namoyish  qilishi  mazkur  musobaqaning 

shartlaridan  biri  bo‘lgan.  Demak,  muayyan  sport  turi  bilan  shug‘ullanish  natijasida 

odamning  qaddi-qomati,  mushaklari  va  organizmning  jamiyki  barcha  organlari 

shakllanadi,  binobarin  sportchining  texnik  mahorati,  san’atini  takomillashishi 

ta’minlanadi. 

Texnikaga  oid  barcha  vositalar  borki  (samolyot,  avtomobil,  raketa,  televizor, 

sovutgich,  soat  va  hokazo),  ularning  texnik  pasporti  mavjud  bo‘lib,  unda  mazkur 

vositaning  texnik  ko‘rsatkichlari  va  o‘lchamlari  berilgan  bo‘ladi.  Sportda  ham 

muayyan  harakat  malakasining  o‘ziga  xos  texnik  ko‘rsatkichlari,  o‘lchamlari  va  uni 

ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir. 

Voleybol  o‘yini  texnikasi  o‘yinni  olib  borish  uchun  zarur  bo‘lgan  harakat 

usullari  majmuasidan  iboratdir.  Harakatlar  texnikasi  turli  vaziyatlarda  maqsadga 

muvofiq,  samarali  harakat  qilish  bilan  baholanadi.  O‘yindagi  har  bir  texnik  usulni 




 

82 


 

bajarish bir-biri bilan uzviy bog‘langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat 

texnikasi  harakat  vazifalarini  muayyan  usul  bilan  hal  qilish  uchun  zarur  va  yetarli 

bo‘lgan  harakatning  dinamik  va  kinematik  xususiyatlaridir  (kuchlarning  muayyan 

izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o‘rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar). 

Texnikaning  asosiy  qismi  –  ma’lum  bir  harakatdagi  asosiy  mexanizmning  eng 

muhim  va  hal  qiluvchi  qismidir.  Texnikaning  asosiy  qismini  bajarish  nisbatan  qisqa 

vaqt oralig‘ida katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi. 

Texnikaning  detallari  –  harakatning  asosiy  mexanizmini  buzmaydigan  ikkinchi 

darajali  xususiyatdir.  Texnika detallari  turli  sportchilarda turlicha  bo‘lib, bu  ularning 

morfologik va funksional imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 

Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir fazalari 

farqlanadi.  Odatda,  harakatlarning  uch  fazasi:  tayyorgarlik,  asosiy  va  yakunlovchi 

fazalarini belgilab qo‘yish mumkin. 

Tayyorgarlik  fazasining  ahamiyati  harakatni  bosh  fazada  bajarish  uchun  qulay 

sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma harakatlarni 

(to‘siq  qo‘yganda,  koptokni  o‘yinga  kiritganda,  hujum  zarbasini  berishda)  bajarish 

bilan  yaratiladi.  Asosiy  fazadagi  harakatlar  bevosita  asosiy  harakat  vazifalarini  hal 

qilishga  qaratiladi.  Biodinamik  nuqtayi  nazardan  bu  fazadagi  eng  muhim  narsa 

harakatlantiruvchi  kuchlardan  tegishli  vaziyatda,  tegishli  yo‘nalishda  samarali 

foydalanishdan iboratdir. 

Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda  muvozanatini saqlash maqsadida so‘nib 

boradi  yoki  keskin  tormozlanadi.  Voleybol  juda  dinamik  o‘yin  bo‘lganligi  sababli 

voleybolchi  turli  texnik  usullarni  egallashi,  o‘yin  vaziyatidan  kelib  chiqqan  holda 

ularni  tanlay  olishi  va  uni  tez,  aniq  bajarishi  lozim.  Bu  esa  o‘yinchining  texnik 

mahoratini belgilaydi. 

Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi: 

- harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi; 

-  xalal  beruvchi  omillar  (charchash,  tashqi  sharoitning  salbiy  ta’sirlari) 

mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi; 




 

83 


 

-  raqib  harakatlariga  qarab  javob  harakatlarini  tanlash,  ularni  qayta  qurish  va 

bunda harakat qismlarini boshqara olish; 

- usullarning bajarilish ishonchliligi. 

Voleybol taraqqiyotining  har  xil  davrlarida texnik  harakatlarni bajarish  usullari, 

talablari,  shakli,  mazmuni  o‘zgaradi  va  takomillashib  boradi.  Texnik  usullarning 

o‘zgarishiga  o‘yin  qoidalarining  o‘zgarishi,  taktik  harakatlarning  takomillashuvi, 

o‘yinchilar  jismoniy  tayyorgarligi  darajasining  o‘sib  borishi  asosiy  sabab  bo‘ladi. 

Hujum  va  himoyadagi  o‘yin  dinamikasining  o‘sishi,  harakatlar  potensialining  oshib 

borishi,  hujum  va  himoyadagi  kombinatsiyalar  arsenalining  kengayishi  ham  texnik 

usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo‘ladi. 

Shunday  bo‘lsa-da,  o‘yin  texnikasida  foydalaniladigan  usullarning  bundan-da 

samaraliroq imkoniyatlari yo‘q deb bo‘lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va 

jismoniy  imkoniyatlari  o‘yin  texnikasiga  yangi,  ilg‘or  usullarni  kiritish  va  uni 

ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratadi. 

O‘yin texnikasini tasniflash – ularni shakli, mazmuni, qo‘llaniladigan usullarning 

nimaga  mo‘ljallanganligi,  harakatlarning  bir-biriga  bog‘liqligi,  harakatlarning 

kinematik va dinamik tuzilishiga qarab ma’lum guruhlar va bo‘limlarga ajratishdir. 

Voleybol texnikasi ikkita katta bo‘lim: hujum va himoya texnikalariga bo‘linadi. 

O‘z  navbatida,  yuqoridagi  bo‘limlar  ham  texnik  usullarning  shakli  va  mazmuniga 

ko‘ra  bir  qancha  guruhlarga  bo‘linadi.  Har  bir  guruhda  texnik  harakatlarning  o‘ziga 

xos bajarish usullari mavjud bo‘ladi (3-rasm). 




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə