Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   317
fayl 2055 20211105

Sakrab to‘p kiritish

. Hozirda sakrab to‘p kiritish usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu 

usulning asosi orqa (himoya) zonadan  hujum  zarbasini berishga o‘xshashligi sababli 

uning mohiyati quyiroqda yoritiladi. 



 

4.1.4. Hujum zarbalari 

 

Hujum  zarbasi  –  jamoaning  hujum  harakatini  yakunlovchi  samarali  usul 

hisoblanadi.  Bu  harakatlar  to‘rning  yuqori  qismidan  balandda  amalga  oshiriladi. 

Chunki  undan  pastroqda  amalga  oshirilgan  hujum  harakatlarining  samarasi  juda 

pastdir. 

Hujum  zarbalari  yo‘nalishiga  ko‘ra  quyidagicha  farqlanadi:  to‘g‘ri  yo‘nalish 

bo‘yicha  (bunda  zarba  berilgan  to‘p  yo‘nalishi  hujumchining  yugurib  kelish 



 

94 


 

yo‘nalishiga  mos  tushadi)  va  yo‘nalishni  o‘zgartirib  (bunda  zarba  berilgan  to‘p 

yo‘nalishi hujumning yugurib kelish yo‘nalishiga mos tushmaydi). 

To‘pning  uchish  tezligiga  qarab  hujum  zarbalari  quyidagicha  farqlanadi:  zarba 

beruvchi  qo‘lni  orqaga  nisbatan  qisqa  harakatlantirish  bilan  kuchli  (tezkor),  kaftli 

(tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to‘g‘ri (to‘rga to‘g‘ri turgan holda) 

va yon tomon bilan (to‘rga nisbatan) bajarish mumkin.  

To‘g‘ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; sakrash; to‘pga 

zarba berish; qo‘nish (13-rasm). 

 

21-rasm. 



 

O‘z  navbatida,  bu  fazalar  ham  bir  qancha  mikrofazalarga  bo‘linadi.  Yugurib 

kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga erishish 

va to‘pning uchish tezligi, yo‘nalishini to‘g‘ri aniqlash. Bunda hujumchi birinchidan, 

bir-ikki  «qidiruvchi»  qadamlar  qiladi  (to‘pni  tezligi  va  yo‘nalishini  aniqlash 

maqsadida)  va  ikkinchidan,  sakrash  uchun  yugurish  tezligini  oshiradi.  Sakrash 

fazasida  hujumchi  tovondan  oyoq  uchiga  tomon  katta  qadam  tashlab  harakat  qiladi, 

oxirgi  qadamda  oyoqlar  juftlanadi,  qo‘llar  orqa  tomonga  harakatlantiriladi.  Oyoqlar 

tizza  qismida,  gavda  esa  tos-son  bo‘g‘imida  bukiladi.  Keyin  esa  qo‘llar  oldinga-



 

95 


 

yuqoriga  silkitiladi,  oyoqlar  tayanchdan  uziladi,  gavda  oldinga  bir  oz  egilib,  vertikal 

holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo‘lning kafti bosh orqasiga o‘tib ketmasligiga va 

tirsak yelkadan bir oz yuqorida bo‘lishiga e’tibor berish lozim. 

Zarba  berish  fazasida  –  o‘ng  (yoki  chap)  qo‘l  tirsak  bo‘g‘imida  to‘g‘rilanib, 

yuqoriga-oldinga cho‘ziladi.  Zarba qorin, ko‘krak, qo‘l  mushaklarining ketma-ket  va 

keskin  qisqarishi  bilan  bajariladi.  Bunda  zarba  beruvchi  qo‘l  kafti  to‘pning  orqa-

yuqorisiga  uriladi.  Zarba  kuchi  taktik  vazifani  hal  qilish  bilan  belgilanadi. 

Boshlang‘ich  o‘rgatish  bosqichida  hujum  zarbasining  kuchiga  emas,  balki  uning  o‘z 

vaqtida berilganligiga va yo‘nalishiga e’tibor qaratish zarur. 

Qo‘nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-

harakat  apparati  shikastlanishining  oldi  olinadi  va  keyingi  o‘yin  harakatlarini 

bajarishga qulay sharoit yaratiladi. 

Jamoa  hujumini  faqatgina  to‘g‘ri  hujum  zarbalari  bilan  yakunlash  kifoya 

qilmaydi. 

Shuning  uchun  hozirgi  zamon  voleybolida  to‘p  yo‘nalishini  o‘zgartirib 

bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir (14-rasm). 

 

22-rasm. 




 

96 


 

To‘p  yo‘nalishini  o‘zgartirib  bajariladigan  hujum  zarbalarining  tuzilishi  to‘g‘ri 

zarba  berish  texnikasiga  o‘xshashdir.  To‘p  o‘ng  tomonga  yo‘naltirilganda, 

depsinishdan  so‘ng  gavda  o‘ng  tomonga  burilib,  bir  oz  chapga  engashtiriladi,  chap 

qo‘l yelkasi to‘rdan olib qochiladi. 

Biomexanika  nuqtayi  nazaridan,  yo‘nalishi  o‘zgartirilgan  hujum  zarbalarini 

berishda asosiy o‘rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi. 

 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə