Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   317
fayl 2055 20211105

O‘yin taktikasi 

Hujum taktikasi 

Himoya taktikasi 

To‘p 


uzatish 

va birinchi 

to‘pdan 

hujum


 qilish 

tizimi 


Orqa 

zonalarda 

chiqib to‘p 

uzatish va 

undan ko‘p 

hujumchi 

o‘yini 

To‘p 


uzatish va 

ikki 


hujumchi

 

o‘yini 



Raqibni 

to‘p 


kiritishda 

o‘yinchilar

joylashuvi

 

Raqib 



hujumida 

o‘yinchilar 

joylashuvi

 

O‘z 



hujumchisini 

qo‘riqlashda 

o‘yinchilar 

joylashuvi 

Taktik  

kombinatsiyalar 

O‘yin vaziyatiga qarab o‘yinchilar 

joylashish variantlari 




 

117 


 

Dastlabki  o‘rgatish  jarayonini  rejalashtirish  va  tashkil  qilishda  bolaning 

ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e’tiborga olinishi zarur. Boshqacha 

qilib  aytganda,  dastlabki  o‘rgatish  jarayonida  o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlar 

yuklamalari  shug‘ullanuvchi  bolalarning  jismoniy  va  funksional  imkoniyatlariga 

qarab me’yorlanishi va qo‘llanilishi lozim.  

Ma’lumki,  harakat  (yuklama)  hajmi  va  shiddati  inson  salomatligi,  uning 

jismoniy  va  funksional  shakllanishida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Lekin  barcha 

harakat  turlari,  jumladan  sport  to‘garaklarida  ijro  etiladigan  jismoniy  va  texnik-

taktik 


mashqlar 

hajmi 


hamda 

shiddati  shug‘ullanuvchining  funksional 

imkoniyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bo‘lishi lozim. Chunki biologiya 

fanida  azaldan  o‘z  isbotini  topgan  qonuniyatlarga  ko‘ra,  ontogenetik 

taraqqiyotning 

muayyan 


bosqichlarida 

bajariladigan 

kundalik 

jismoniy 

yuklamaning  (nagruzka)  yalpi  ta’sir  «kuchi»  organizmning  funksional 

imkoniyatlaridan  doimo  yuqori  bo‘lsa,  shu  organizmda  (organlar,  mushaklar, 

tomirlar, hujayralar, to‘qimalar, yurak, o‘pka, taloq, jigar va h.k.) zo‘riqish yoki tez 

toliqish alomatlari paydo bo‘ladi.  

Bunday  salbiy  «izlar»  odamning,  ayniqsa  bolaning  odatiy  funksional 

faoliyatini  izdan  chiqaradi,  kayfiyatni  tushiradi,  uyquni  buzadi,  pirovardida  ish 

qobiliyatini  susaytiradi  va  uni  to‘liq  tiklanishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Agar  shunday 

yuklamalar  ustunligi  bola  faoliyatida  surunkali  qaytarilib  tursa,  organizmning 

nafaqat  normal  o‘sishiga  ta’sir  etishi  mumkin,  balki  ushbu  yuklamalar  ustunligi 

turli  funksional  «obyekt»larda  lokal  yoki  global  patologik  asoratlar  paydo 

bo‘lishiga  olib  kelishi  ehtimoldan  holi  emas.  Aksincha,  kundalik  yoki  yalpi 

mashg‘ulot  yuklamalari  hajmi  va  shiddati  funksional  imkoniyatdan  past  bo‘lsa, 

jismoniy sifatlarning shakllanishi susayadi, ish qobiliyati kuchaymaydi. Binobarin, 

kundalik  yoki  yalpi  yuklamalar,  shu  jumladan  jismoniy  tarbiya  darslari  va 

trenirovka mashg‘ulotlariga oid yuklamalarni bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va 

funksional  imkoniyatlariga  qarab  «to‘lqinsimon»  prinsipda  oshira  borish  darkor. 

Demak,  bolalar  sportiga  oid  mashg‘ulotlarni  tashkil  qilishda  pedagogik  va  tibbiy 



 

118 


 

nazoratga asoslanish sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas 

qismidir.  

Shunday  ekan,  jismoniy  tarbiya  va  sport  bo‘yicha  o‘tkaziladigan 

mashg‘ulotlar (jismoniy tarbiya darsi, trenirovka mashg‘uloti, sport musobaqalari) 

mazmunini  maqsadli  rejalashtirish  va  boshqarish  har  bir  mutaxassis  (o‘qituvchi, 

murabbiy,  tashkilotchi,  uslubchi,  yo‘riqchi)  va  rahbar  shaxsga  katta  mas’uliyat 

yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy 

tayyorgarlik va sport  masalalariga oid bilimlarni o‘zlashtirishlari, muvofiq kasbiy-

pedagogik  malaka  va  ko‘nikmalarni  puxta  egallashlari  zarurligi  isbot  talab 

qilmaydi. 

Alohida e’tibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish, ko‘p 

yillik  sport  trenirovkasi  jarayonida  shug‘ullanuvchilar  sog‘ligi  va  ularning  sport 

mahoratini 

shakllantira 

borish 


ustuvor 

jihatdan 

jismoniy 

tayyorgarlik 

ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. 

Jismoniy  tayyorgarlik  va  uning  salohiyatini  ifoda  etuvchi  kuch,  tezkorlik, 

chaqqonlik,  chidamkorlik  va  egiluvchanlik  kabi  sifatlar  ilmiy  obyekt  sifatida 

azaldan  ko‘pdan-ko‘p  tadqiqotchi  olimlar  diqqatini  jalb  qilib  kelgan.  Ularning 

tadqiqotlarida jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni jismoniy tarbiya va 

sport  hamda  boshqa  jarayonlardagi  ahamiyati  va  rivojlantirish  muammolari 

atroflicha yoritilgan. 

Ushbu  muammolarni  turli  yoshdagi  o‘quvchi  yoshlar  va  bolalar  sporti 

misolida  o‘rganishga  qaratilgan  tadqiqotlar  natijalari  ham  talaygina  ilmiy 

nashrlarda o‘z ifodasini topgan. 

Ta’kidlash  joizki,  jismoniy  tarbiya  va  sport  turlari  nazariyasi  va  uslubiyati 

bo‘yicha  nashr  etilgan  darslik  hamda  qo‘llanmalarda  jismoniy  tayyorgarlik 

tushunchasi  –  bu  muayyan  kasbiy  faoliyat  yoki  sport  turida  ma’lum  jarayon 

samaradorligini belgilab berish darajasida shakllangan tayyorgarlik – ish qobiliyati, 

harakat sifatlari, malakalari va ko‘nikmalarining integral ifodasini anglatadi. 



 

119 


 

Sport  amaliyotida  (kasbiy  amaliyotda  ham)  jismoniy  tayyorgarlik,  odatda, 

ikki  bir-biriga  chambarchas  bog‘liq  bo‘lgan  –  umumiy  va  maxsus  jismoniy 

tayyorgarlik turlariga bo‘linadi. 

Hayot  davomida  inson  sog‘ligi,  uning  aqliy  va  jismoniy  faolligi,  ko‘p  yillik 

sport trenirovkasi davomida sport  mahoratining shakllana borishi  ustuvor jihatdan 

shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan belgilanadi. 

Jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg‘ulotlarida  qo‘yiladigan  asosiy  maqsad  – 

sog‘liqni  mustahkamlash  hamda  yuqori  sport  natijalariga  erishish  avvalambor 

yoshlikdan  boshlab  umumiy  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish  muhimligiga  e’tibor 

qaratadi.  Aksariyat  olimlarning  ta’kidlashicha,  muayyan  sport  turi  bo‘yicha 

muntazam  o‘tkazib  boriladigan  hamda  hajm,  shiddat  va  mazmun  jihatdan  to‘g‘ri 

tashkil  qilingan  mashg‘ulotlar  bolalar  va  o‘smirlar  organizmiga  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatar ekan.  Lekin,  umumiy jismoniy  tayyorgarlikka asoslangan  va tor doirada 

ixtisoslashtirilgan  mashg‘ulotlar  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  kuzatilgan. 

Binobarin,  dastlabki  o‘rgatish  bosqichida  jismoniy  va  texnik-taktik  mashqlar 

nisbatini  to‘g‘ri  rejalashtirish  bolalar  sport  mahoratini  samarali  shakllantirish 

imkoniyatini yaratadi. 

 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə