Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   317
fayl 2055 20211105

5.1. Hujum taktikasi 

 

Hujum  taktikasi  deganda  jamoaning  taktik  harakati,  guruhli  taktik  harakat  va 

individual  taktik  harakatlar  tushuniladi.  Hujumdagi  keng  qamrovli  taktik  faoliyat 

ma’lum  bir  taktik  kombinatsiya  asosida  boshlanadi  va  kombinatsiya  so‘nggida 

individual  harakat  usuli  bilan  yakunlanadi.  Hujum  taktikasining  mantiqiy  ketma-

ketligini va mazmunini quyidagi tartibda ko‘rib chiqamiz. 

Hujumdagi jamoaviy taktik harakatlar quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga 

oshiriladi:  ikkinchi  to‘p  uzatishdan  so‘ng  oldingi  qator  (hujum  zonasi)  dagi 

o‘yinchilar tomonidan; ikkinchi to‘p uzatishdan so‘ng ikkinchi qator (himoya zonasi) 

dagi o‘yinchilar tomonidan; birinchi to‘p uzatishdan so‘ng. 

Bog‘lovchi o‘yinchi oldingi zonada joylashganda hujumni uyushtirish variantlari 

19-rasmda berilgan. Bunday hujumni uyushtirishning sezilarli kamchiliklaridan biri – 

bu hujumda oldingi qator o‘yinchilaridan ikki kishining ishtirok etishi mumkinligidir. 

Lekin  zamonaviy  voleybolda  himoya  zonasidan  tashkil  qilinadigan  hujum  zarbalari 

ushbu kamchilikni deyarli bartaraf etgan desa bo‘ladi. 

 

28-rasm. 




 

105 


 

Hujumni  uyushtirishda  bog‘lovchi  o‘yinchi  orqa  qatordan  to‘r  oldiga  chiqib 

ikkinchi  to‘pni  uzatganda,  hujum  qilish  va  uning  samarasini  oshirish  imkoniyati 

kengayadi.  Bog‘lovchi  o‘yinchi  orqada  joylashgan  1,5,6-zonalardan  to‘r  oldiga 

chiqib,  turli  hujum  kombinatsiyalarini  tashkil  qilish  chizmasi  20-rasmda 

keltirilmoqda. 

Birinchi to‘pni uzatishdan so‘ng hujum qilish yoki aldab to‘p tashlash (otkidka) 

hujum  harakatlarini  (21-rasm)  samarali  hal  qilishga  imkon  bersa-da,  ammo  bu 

usullarni  bajarish  uchun  zarur  sharoit  (uzatilgan  to‘pning  juda  qulay  bo‘lishi)  va 

hujumchidan  katta  malaka  talab  etiladi.  Aldab  to‘p  tashlaganda,  hujumchi  yoki 

bog‘lovchi  o‘yinchi  (oldingi  zonada  joylashgan  vaqtdagina)  sakrab  hujum  zarbasini 

bajarayotganday (imitatsiya) bo‘lib, aldamchi harakatni amalga oshiradi. 

  

 a  


 

 

 



b  

 

 



 

 

 v 



29-rasm. 

 

Guruhli  taktik  harakat  deganda  ikki  yoki  undan  ortiq  o‘yinchilarning  hujum 



vazifasini  hal  qilishi  tushuniladi.  Guruhli  taktik  harakatlar  quyidagicha  amalga 

oshiriladi: 

1.  Bog‘lovchi  o‘yinchi  oldingi  qatorda  bo‘lganda,  uning  ishtirokida  hujum 

uyushtirish; 

2. Xuddi shunday, faqat bog‘lovchi o‘yinchi orqa qatorda joylashganda; 

3. To‘pni qabul qilish va hujumchi tomonidan ikkinchi to‘pning zarba beruvchi 

hujumchiga yetkazib berilishi; 



 

106 


 

4.  Hujumchining  hujum  zarbasiga  taqlid  qilish  bilan  aldamchi  to‘p  tashlashni 

amalga oshirishi. 

Har  bir  guruhli  harakat  oldindan  kelishilgan  va  o‘rgatilgan  taktik 

kombinatsiyalar orqali bajariladi. Hujumchilar hujum harakatlarini amalga oshirishda 

quyidagi tartibda harakatlanadilar: harakat yo‘nalishini o‘zgartirmasdan (har kim o‘z 

zonasida);  harakat  yo‘nalishini  o‘zgartirib;  chalkash  harakat  yo‘nalishida.  Yuqorida 

ko‘rsatilgan  yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil qilinadigan taktik kombinatsiyalarni  ko‘rib 

chiqamiz. 

1. To‘pni qabul qiluvchi uni 3-zonada joylashgan bog‘lovchiga yetkazib beradi, 

o‘z  navbatida,  bog‘lovchi  to‘pni  4  yoki  2-zonaga  (bosh  orqasidan)  uzatadi.  Agarda 

bog‘lovchi 2-zonada joylashgan bo‘lsa, u to‘pni 4 yoki 3-zonalarning biriga uzatadi. 

Ushbu kombinatsiyani bog‘lovchi orqa zonadan oldingi zonaga chiqib to‘p uzatishda 

ham  qo‘llashi  mumkin.  Bu  kombinatsiyada  asosiy  vazifani  3-zonadagi  o‘yinchi 

bajaradi.  U  raqibda  past,  qisqa  yoki  tezlashib  uchib  boruvchi  to‘pni  hujum  qilinishi 

mumkin degan tasavvurni hosil qilishi kerak. 

2. To‘pni qabul qiluvchi uni 3-zonadagi bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib beradi. 

Bog‘lovchi  o‘yinchi  esa  to‘pni  quyidagicha  uzatib  berishi  mumkin:  4–3-zonalar 

oralig‘iga  qisqa  zarba  uchun;  past  trayektoriya  bo‘yicha  o‘z  zonasiga;  past 

trayektoriya  bo‘yicha  bosh  orqasiga;  3–2-zonalar  oralig‘iga  qisqartirilgan  masofa 

bo‘yicha. Hujumchilar zarba berish uchun ma’lum burchak asosida harakatlanadilar. 

Hujumchilarning  shu  tartibdagi  bir  qator  harakatlari  ma’lum  ma’nodagi 

kombinatsiyalarning  nomlanishiga  sabab  bo‘ladi.  Bularga  «eshelon»  va  «to‘lqin» 

kombinatsiyalarini misol keltirish mumkin. 

«To‘lqin»  kombinatsiyasida  uchta  o‘yinchi  –  bog‘lovchi  va  3–4-zonalardagi 

hujumchi  ishtirok  etadi  (22-rasm).  3-zonadagi  o‘yinchi  past  to‘p  uzatish  (qisqa, 

uchishda)  bilan  bo‘ladigan  hujumni  boshlab  berish  uchun  yugurib  keladi.  To‘p  4-

zonadagi  o‘yinchiga,  4  va  3-zonalar  oralig‘iga  uzatib  beriladi.  3-zonadagi  o‘yinchi 

hujum zarbasiga taqlid qilib, raqibning to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarini chalg‘itadi. Bu 

esa  4-zona  o‘yinchisining  hujumni  samarali  yakunlashiga  (to‘siqsiz  yoki  to‘siq 

qo‘yish  kechikkanligi bilan bog‘liq)  imkon  yaratadi.  Kelishuvga asosan  to‘p  uzatish 



 

107 


 

uzunligi  o‘zgartirib  boriladi.  Agarda  to‘pni  qabul  qilish  4-zonaga  yaqin  joyda  sodir 

bo‘lgan  bo‘lsa,  «eshelon»  (23-rasm)  kombinatsiyasini  amalga  oshirish  uchun  qulay 

sharoit yaratiladi. Bu holda 3-zonadagi o‘yinchining harakati yuqoridagi kabi bo‘ladi, 

4-zonadagi  o‘yinchi  yugurish  yo‘nalishini  o‘zgartirib,  3-zonadagi  o‘yinchining 

orqasiga  o‘tmoqchi  bo‘ladi,  ammo  bu  harakatni  bir  temp  keyinroq  bajaradi.  Ushbu 

kombinatsiyani to‘p 2-zona yaqiniga uzatilgan bo‘lsa, 3 va 2-zonalarda ham bajarish 

mumkin. 


 

  

 30-rasm.  



 

 

 31-rasm.  



 

 

32-rasm. 



 

3.  Chalkashma  kesim  harakatlanishlar  bilan  amalga  oshiriladigan  taktik 

kombinatsiyalarni bajarish yuqori tayyorgarlik va malaka talab etadi. Bularga «Krest» 

(asosiy), «Oldinga krest»,  «Orqaga krest» kombinatsiyalari kiradi.  «Krest»  hujumida 

3  va  4-zonalardagi  hujumchilar  ishtirok  etadi.  4-zonadagi  hujumchi  tezkor  harakat 

bilan bog‘lovchi o‘yinchi yoniga past (qisqa, uchib) uzatilgan to‘pga hujum zarbasini 

berish yoki taqlid qilish uchun boradi (24-rasm). 3-zonadagi o‘yinchi bir oz keyinroq 

4-zona  o‘yinchisining  orqasiga  o‘tadi  va  hujumni  yakunlaydi.  To‘p  uzatish 

trayektoriyasi  oldindan  kelishib  olinadi,  ammo  to‘p  uzatish  o‘rtachadan  baland 

bo‘lmasligi zarur, aks holda kombinatsiya o‘z mohiyatini yo‘qotadi. 

«Oldinga  krest»  kombinatsiyasini  3-zona  o‘yinchisi  boshlaydi  (25  a-rasm),  2-

zonadagi  sherigi  uning  orqasiga  o‘tib,  bir  oz  kechikib  sakraydi  va  hujumni 

yakunlaydi. 

 



 

108 


 

 

33-rasm. 



 

  



 

 

 



 b 

34-rasm. 

 

«Orqaga  krest»  kombinatsiyasida  esa  harakatlanishni  birinchi  bo‘lib  2-zona 



o‘yinchisi  boshlab  beradi,  3-zona  o‘yinchisi  esa  uning  orqasidan  2-zonada  hujum 

qilish  uchun  harakatlanadi.  Bu  variantdagi  kombinatsiya  birmuncha  murakkabroq 

hisoblanadi. 

Guruhli  hujum  harakatlari  birinchi  to‘p  uzatishdan  keyin  ham  amalga 

oshirilishi yuqorida bayon etilgan edi. Bunday hujum harakatlarini faqatgina birinchi 

to‘p  sifatli  qabul  qilinganda  (raqib  jamoasi  o‘z  harakatlarini  hujum  bilan  yakunlay 

olmasa,  o‘yinga  kiritilgan  to‘p  qiyinchilik  tug‘dirmasa)  amalga  oshirish  mumkin. 

Bunda  hujum  ikki  xil  variantda  yakunlanishi  mumkin.  Birinchi  variantda  hujum 

zarbasi  beriladi  (26  a-rasm),  ikkinchi  variantda  aldamchi  to‘p  tashlash  (26  b-rasm) 

amalga oshiriladi. 

 



 

109 


 

 



 

 

 



 

 

 b 



35-rasm. 

 

Afsuski, yosh voleybolchilar bilan ishlaganda, taktik kombinatsiyalarni o‘rgatish 



va  ularni  o‘yin  jarayonida  qo‘llanilishiga  kam  e’tibor  beriladi.  Taktik 

kombinatsiyalarni qo‘llashda quyidagi ikki holatdan kelib chiqish zarur: 

1.

 

Taktik  kombinatsiyalarni  qo‘llash  aniq  o‘yin  sharoitidan  kelib  chiqishi 



kerak; 

2.

 



Kombinatsiyalar  jamoaning  texnik-taktik  tayyorgarlik  imkoniyatlariga 

asoslanishi kerak. 

Yakka  taktik  harakatlar  jamoa  va  guruhli  o‘yin  harakatlarining  asosiy  tarkibi 

bo‘lib  hisoblanadi.  Ular  to‘psiz  va  to‘p  bilan  bo‘ladigan  harakatlarga  bo‘linadi. 

To‘psiz  harakatlarga  to‘pni  o‘yinga  kiritish,  to‘p  uzatish,  hujum  qilish  uchun  joy 

tanlash va jamoa, guruhli harakatlarga ko‘ra mos harakatlanishlar kiradi. 

Hujum  zarbasi  uchun  to‘p  uzatishda  o‘yinchining  harakatlariga  quyidagilar 

kiradi: 


1) bog‘lovchi o‘yinchi oldida turgan hujumchiga to‘p uzatish; 

2) bog‘lovchi o‘yinchi orqasida turgan hujumchiga to‘p uzatish; 

3) hujumchilarga bir me’yorda to‘p uzatishni taqsimlash; 

4) raqib jamoasining kuchsiz to‘siq qo‘yuvchisiga nisbatan to‘p uzatish; 

5)  to‘pni  qabul  qilish  va  o‘yinning  taktik  rejasidan  kelib  chiqib  to‘p  uzatish 

trayektoriyasini belgilash; 

6)  to‘pni  aldamchi  harakatlar  bilan  taqlid  tarzida  uzatishlar:  oldinga  to‘p 

uzatayotganday  bo‘lib,  uni  raqib  maydonchasiga  tashlash;  oldinga  to‘p  uzatgandek 




 

110 


 

ko‘rsatib,  bosh  orqasiga  to‘p  uzatish;  bosh  orqasiga  to‘p  uzatishni  ko‘rsatib  oldinga 

to‘p uzatish. 

To‘pni o‘yinga kiritishda quyidagilar asosiy taktik harakatlar hisoblanadi: 

1) to‘pni kuch jihatiga ko‘ra navbatlashtirish; 

2)  to‘pni  raqib  jamoasining  samarasiz  qabul  qiluvchi  o‘yinchisi  tomon 

yo‘naltirish; 

3) to‘pni raqibning asosiy hujumchisiga yo‘llash; 

4) to‘pni yangi tushgan o‘yinchiga yo‘llash; 

5) to‘pni orqa zonadan chiqayotgan bog‘lovchi o‘yinchiga yo‘llash; 

6) to‘pni o‘yinchilar orasiga yo‘llash; 

7) to‘pni maydonning bo‘sh va qiyin qabul qilinadigan joylariga yo‘llash. 

Hujumdagi  va  hujum  zarbalarini  berishdagi  asosiy  taktik  harakatlarga 

quyidagilar kiradi: 

1) hujum qilish usulini tanlash; 

2) hujum zarbasini va aldamchi harakatlarni imitatsiya qilish; 

3)  o‘yin  vaziyatidan  kelib  chiqib,  hujum  zarbalarini  berish  usullarini 

navbatlashtirish; 

4)  to‘siq  ustidan  zarba  berish,  to‘siq  uchun  ko‘tarilgan  qo‘llar  orasidan,  to‘pni 

to‘siqdan maydon chekkasiga chiqarib yuborishni mo‘ljallab zarba berish; 

5) hujum zarbasini imitatsiya qilib, sakrab to‘p uzatish; 

6)  sakrab  to‘p  uzatishni  imitatsiya  qilib  aldamchi  harakat  bilan  to‘pni  raqib 

maydoniga tashlash. 

 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə