Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   317
fayl 2055 20211105

5.2. Himoya taktikasi 

 

Himoyadagi  taktik  harakatlarning  asosiy  maqsadi  –  raqibning  hujum 

harakatlarini bartaraf etish va unga qarshi turishdan iborat.  

Himoyadagi  taktik  harakatlarga  jamoa,  guruh  va  yakka  tartibdagi  harakatlar 

kiradi.  Jamoali  taktik  harakatlar  o‘yinda  jamoaning  himoyadagi  harakatlari  uchta 

asosiy  vaziyat  bilan  ifodalanadi:  o‘yinga  kiritilgan  to‘pni  qabul  qilish;  hujum 




 

111 


 

zarbasini (harakatini) yoki to‘siqdan qaytgan to‘pni qabul qilish; hujum qilayotgan 

o‘yinchini  himoyalash.  Jamoa  harakatlarining  mazmuni  quyidagi  asosiy  omillar: 

raqib  jamoasi  hujum  harakatlarining  xususiyatlari;  o‘yinchilarning  o‘yin 

mahoratlari;  o‘yin  xususiyatidan  kelib  chiqib  navbatdagi  harakatlarni  amalga 

oshirish bilan belgilanadi. 

Zamonaviy voleybolda jamoa o‘z himoya taktikasini burchagi oldinga (27 a-

rasm) va burchagi orqaga (27 b-rasm) tizimi asosida tashkil qiladi.  

 

 

   



 

 a 


 

 

  



 

 

 



 b 

   


 

 

 



 

 36-rasm. 

 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  omillar  va  o‘yin  vaziyatidan  kelib  chiqib,  maqbul 



bo‘lgan  himoya  taktikalaridan  birini  qo‘llashi  kerak  bo‘ladi.  Quyida  ushbu  taktik 

usullarni va uning variantlarini ko‘rib chiqamiz. 

O‘yinga  kiritilgan  to‘pni  qabul  qilishda  o‘yinchilarning  maydon  bo‘yicha 

joylashuvi  asosan  ikki  variantda  bo‘ladi:  chiziqli  va  pog‘onalar  bo‘yicha.  Chiziqli 

variantdan  (28  a-rasm)  barcha  o‘yinchilar  to‘pni  qabul  qilish  malakasiga  ega 

bo‘lganda  va  hujumda  murakkab  bo‘lmagan  kombinatsiyalarni  uyushtirish 

rejalashtiril-ganda foydalaniladi. 



 

112 


 

 

 



   

 

 a 



 

 

 



  

 

 



   


 

 

 



 

37-rasm. 

Bu  variantda  o‘yinchilar  maydon  bo‘ylab  bir  tekisda  joylashadilar.  Bunda 

raqibning to‘p uzatishidagi quyidagi taktik xususiyatlarni hisobga olish zarur: 

a) maydonda joy tanlash (to‘rdan qancha masofada joylashish); 

b)  raqib  tomonidan  o‘yinga  kiritilgan  to‘pning  turli  kuchlanishdagi 

navbatlashuv ehtimoliga; 

v) o‘yinchilar orasiga berish ehtimoliga; 

g) to‘r yoniga chiqayotgan bog‘lovchiga to‘p yo‘llash ehtimoli. 

Zamonaviy  voleybolda  ko‘p  hollarda  o‘yinchilarning  pog‘ona  bo‘ylab 

joylashuvi  kuzatiladi.  Bunda  o‘yinga  kiritilgan  to‘pning  malakali  voleybolchilar 

tomonidan  qabul  qilinishiga  va  hujum  harakatlarining  samarali  tashkil  etilishiga 

imkon yaratiladi. 

Agarda  3-zonadagi  o‘yinchi  to‘pni  yaxshi  qabul  qilish,  4-zonadagi  o‘yinchi 

esa  yaxshi  hujum  qilish  mahoratiga  ega  bo‘lmasa,  28b-rasmda  keltirilgan 

joylashuvdan  foydalanishi  mumkin.  3-zonadagi  o‘yinchi  to‘pni  yaxshi  qabul  qila 

oladigan  bo‘lsa,  u  maydonchaning  orqarog‘iga  surilib  turadi  (6-zonadagi 

o‘yinchidan o‘tib ketishi mumkin emas).  

Bog‘lovchi o‘yinchining 5-zonadan chiqish vaqtidagi jamoa joylashuvi 18 v-

rasmda  keltirilgan.  Bu  joylashuv  birmuncha  qiyin  bo‘lishiga  qaramasdan,  tez-tez 

uchrab turadi. Bunda jamoaning 5+1 tizimidan foydalanishi ayniqsa qo‘l keladi. 

Hujum  zarbalarini  qabul  qilishda  himoyani  uyushtirishning  asosan  uchta 

varianti  mavjud:  chiziq  bo‘ylab  –  bunda  oldingi  qator  o‘yinchilaridan  biri  to‘siq 



 

113 


 

qo‘yuvchi o‘yinchilarni himoya qiladi (26-rasm); oldingi pog‘onali – bunda to‘siq 

qo‘yuvchilarni  6-zonadagi  o‘yinchi  himoya  qiladi;  orqa  pog‘onali  –  bunda  to‘siq 

qo‘yuvchilarni  1  yoki  5-zonadagi  o‘yinchilar  himoya  qiladi.  Bu  tizimlar  to‘siq 

qo‘yish  va  hujum  zarbalarining  xususiyatlariga  qarab  tanlanadi.  Himoya 

harakatlarini  tashkil  qilishda  raqibning  hujumdagi  harakatlari  asos  qilib  olinadi. 

Birinchi variantdan o‘yinchilarning birgalikdagi harakatini o‘zgartirishda, ikkinchi 

variantdan  raqib  jamoasi  to‘siq  ustidan  aldamchi  harakatlarni  tez-tez  qo‘llaganda, 

uchinchi  variantdan  raqib  tomonidan  kuchli  hujum  zarbalari  berilganda 

foydalaniladi.  Hujum  qiluvchi  o‘yinchining  himoyasini  tashkil  qilish  eng 

murakkab  o‘yin  vaziyatlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  to‘pning  uchish  tezligi, 

yo‘nalishi  va  to‘siqdan  qaytgan  to‘p  yo‘nalishini  aniqlashning  qiyinligi  bilan 

izohlanadi. 

Har  bir  o‘yinchining  harakat  qilishi  tanlangan  himoya  tizimiga  bog‘liq. 

Hujumchi  yoki  to‘siq  qo‘yuvchini  himoyalash  quyidagicha  bo‘lishi  mumkin: 

bog‘lovchi  o‘yinchi  (agarda  u  hujum  qilayotgan  o‘yinchiga  yaqin  bo‘lsa) 

tomonidan,  himoyachilar  (6-  yoki  5-,  1-zonadagilar)  tomonidan  va  hujum 

harakatlarida  ishtirok  etmayotgan  eng  yaqin  turgan  hujumchi  tomonidan  (27  a-

rasm). Himoya qilishda eng samarali joylashuvlardan biri 27 b-rasmda keltirilgan. 

Guruhli  taktik  harakatlarga  bir  necha  o‘yinchilarning  ayrim  o‘yin 

vaziyatlarida  birgalikda  qilgan  harakatlari  kiradi.  Bu  vaziyatlarga  to‘pni  qabul 

qilish, hujum zarbalarini qabul qilish, to‘siq qo‘yish, hujum zarbasini beruvchi  va 

to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarni himoyalash kiradi. 

Guruhli  taktik  harakatlarga  asosan  guruhli  to‘siq  qo‘yish  (ko‘p  hollarda 

ikkitalik)  kiradi.  Uch  kishilik  to‘siqdan  nisbatan  kam  foydalaniladi.  To‘siq 

qo‘yuvchilar  o‘rta  va  chekka  to‘siq  qo‘yuvchilarga  ajratiladi.  Ikki  kishilik  to‘siq 

qo‘yilganda, asosiy rolni hujum yo‘nalishini to‘suvchi o‘yinchi egallaydi. Masalan, 

raqibning  hujumi  diagonal  bo‘yicha  bo‘lsa,  unda  to‘rning  o‘rtasida  kuchli  to‘siq 

qo‘yuvchi  o‘yinchi  bo‘lishi  kerak.  Uchtalik  to‘siqda  (ko‘p  hollarda  to‘r  o‘rtasida 

qo‘yiladi) o‘rtada turgan o‘yinchiga chekka o‘yinchilar  yondashib keladi. Guruhli 

to‘siqdagi  natija  to‘siqda  ishtirok  etgan  o‘yinchilarning  o‘zaro  kelishib  qilgan 



 

114 


 

harakatlariga  bog‘liq.  Ikki  kishilik  to‘siq  qo‘yishda  eng  muhim  omillar 

quyidagilar: 

a)  yuqori  to‘p  uzatishdan  so‘ng  to‘g‘ri  yo‘nalish  bo‘yicha  hujum 

uyushtirilganda, to‘siq qo‘yuvchilarning qo‘llari bir-biriga tegib turishi kerak; 

b)  4-zonadan  chapga  tomon  hujum  qilinganda,  o‘rta  o‘yinchi  to‘pdan 

chaproqqa  joylashib,  qo‘llarini  to‘rga  nisbatan  burchak  qilib turadi,  chekka  to‘siq 

qo‘yuvchi  to‘p  qarshisiga  turadi  va  qo‘llarini  o‘rtada  turgan  o‘yinchining  qo‘liga 

yaqinlashtiradi. 

O‘yinga  kiritilgan  to‘pni  qabul  qilishda  ham  guruhli  harakatlarga  e’tibor 

qaratish lozim. Bunda asosan to‘rtta vazifa hal etiladi: 

a) to‘pni qabul qiluvchi o‘yinchini himoyalash; 

b) to‘pni qabul qilish malakasi sustroq bo‘lgan o‘yinchini himoyalash; 

v) ayrim o‘yinchilarni to‘pni qabul qilishdan chetlashtirilgandan so‘ng o‘zaro 

harakat qilish; 

g) to‘pga chiquvchi o‘yinchi bilan o‘zaro kelishib harakat qilish. 

Yakka  taktik  harakatlar  himoyada  yakka  tartibdagi  taktik  harakatlarga: 

o‘yinga  kiritilgan  to‘pni,  hujum  zarbasini,  to‘siqdan  qaytgan  to‘pni  qabul  qilish, 

to‘siq  qo‘yish,  to‘siq  qo‘yishdan  so‘ng  o‘z-o‘zini  himoyalash  kiradi.  O‘yinga 

kiritilgan  to‘pni  qabul  qilishda  o‘yinchi  o‘z  zonasini  (radius  bo‘yicha)  va  to‘p 

kiritish xususiyatini anglagan holda joy tanlaydi. Raqibning o‘yinga qanday usulda 

to‘p  kiritishini  uning  to‘p  urishdagi  harakati  (amplitudasi)  bo‘yicha  aniqlash 

mumkin.  Har  qanday  holatda  ham  o‘yinchi  o‘z  zonasidan  orqaroqda  joylashgani 

ma’qulroq  bo‘ladi,  chunki  to‘p  qabul  qilish  uchun  oldinga  harakat  qilish  orqaga 

harakat qilishdan ancha yengildir. 

Hujum  zarbalarini  qabul  qilishda  joy  zarba  yo‘nalishi,  uzatilgan  to‘pning 

trayektoriyasi  va  yo‘nalishi,  uning  to‘rdan  uzoq-yaqinligi,  hujum  qilayotgan 

o‘yinchining  individual  xususiyatlari  va  jamoa  qabul  qilgan  o‘yin  tizimiga  ko‘ra 

tanlanadi. 

Himoyada  o‘ynaganda,  quyida  keltirilgan  ma’lumotlarga  tayanish  ayniqsa 

qo‘l keladi: 



 

115 


 

a)  to‘p  to‘rdan  uzoqroq  uzatilgan  bo‘lsa,  demak  hujum  zarbasining  orqaroq 

zonalarga berilishi kutiladi; 

b)  to‘p  pastlatib  berilgan  bo‘lsa  va  hujumchi  tezligini  oshirib  yugurib  kelsa, 

zarba egri yoki aldab tashlash bilan bajariladi; 

v) hujum past bo‘yli to‘siq qo‘yuvchi tomon uyushtirilgan bo‘lsa, zarba orqa 

zonalarga beriladi yoki to‘p to‘siqqa tegib qaytadi. 

Hujumchini  himoyalashda  unga  nisbatan  bo‘lgan  masofani,  raqib  tomonidan 

qo‘yilgan to‘siq xususiyatini, zarba uchun  uzatilgan to‘pning  holatini bilish zarur. 

Agar  to‘p  to‘rga  yaqin  berilib,  zarbaga  to‘siq  qo‘yilgan  bo‘lsa,  to‘p  ko‘pchilik 

hollarda vertikal ravishda qaytadi. 

Shuning uchun hujum qilayotgan o‘yinchiga yaqin turgan himoyalovchi unga 

nisbatan 1  m atrofida past turish holatini egallaydi va to‘pni pastdan qabul qiladi. 

Pastlab  berilgan  va  to‘rdan  uzoqlashgan  to‘pga  zarba  berilganda,  uning  to‘siqdan 

(yoki to‘rdan) sapchib orqa zonalarga tushish ehtimoli yuqori bo‘ladi. 

To‘siq qo‘yishda joyning to‘g‘ri tanlanishi va to‘siqning o‘z vaqtida qo‘yilishi 

juda  ahamiyatlidir.  Zonali  (harakatsiz)  to‘siq  qo‘yishda  o‘yinchi  faqatgina 

yo‘nalish  yo‘lini  berkitadi.  Harakatli  to‘siq  qo‘yilganda,  zarba  yo‘nalishini 

berkitadi. To‘siq qo‘yuvchining sakrash vaqti ko‘p hollarda zarba uchun uzatilgan 

to‘p  holati  bilan  aniqlanadi.  Yuqori  va  o‘rtacha  balandlikda  uzatilgan  to‘plarga 

to‘siq  qo‘yuvchi  hujumchidan  so‘ng  sakraydi.  Past  va  tezkor  uzatilgan  to‘plarga 

hujumchi  bilan  barobar  sakraydi.  Hujumchi  havoda  uchib  zarba  beradigan 

to‘plarga  hujumchidan  oldinroq  sakraydi.  To‘siq  qo‘yganda,  qo‘llar  to‘r  ustidan 

oxirgi  vaziyatda  o‘tkaziladi.  Qo‘llar  va,  ayniqsa,  kaftlarning  qanday  qo‘yilishi 

zarba yo‘nalishiga bog‘liqdir. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə