Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   317
fayl 2055 20211105

Musobaqa  mashqlari

  voleybolga  xos  bo‘lgan  xususiy  mashqlardir.  Bunda 

texnik  usullar  va  taktik  harakatlar  musobaqa  sharoitidagi  o‘yin  holatlariga  mos 

holda bajariladi. 



Trenirovka  mashqlari 

asosiy  malakalarni  egallashni  yengillashtirish, 

tezlashtirish  va  ularni  qo‘llash  samaradorligi,  ishonchliligini  ta’minlashga 

qaratilgan-dir. Ular maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlardan tashkil topadi. 



Maxsus  mashqlar

  ikki  guruhga  bo‘linadi:  tayyorgarlik  mashqlari; 

yaqinlashtiruvchi  mashqlar.  Tayyorgarlik  mashqlaridan  asosan  maxsus  jismoniy 

sifatlarni  tarbiyalashda  foydalaniladi.  Yaqinlashtiruvchi  mashqlardan  aniq  texnik 

harakatlarni egallashga qaratilgan jarayonda foydalaniladi. 

Umumrivojlantiruvchi  mashqlardan

  asosiy  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash 

hamda  zarur  jismoniy  harakat  ko‘nikma  va  malakalarini  takomillashtirishda 

foydalaniladi. 

Barcha  mashqlar  o‘zining  yo‘nalishiga  qarab  trenirovkalarning  tarkibiy 

qismiga  kiritiladi.  Bu  tayyorgarliklar  quyidagilardir:  umumiy  jismoniy;  maxsus 

jismoniy; texnik; taktik; integral (yaxlit o‘yin). Har bir tayyorgarlik turining o‘ziga 

xos  yetakchi  vositalari  mavjud  bo‘lib,  ular  yordamida  maxsus  vazifalar  yechiladi. 

Shu  bilan  birga  bir  tayyorgarlik  turiga  oid  bo‘lgan  mashqlar  boshqa  tayyorgarlik 

turidagi  mashqlar bilan  yaqindan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, shug‘ullanuvchida 

tezkorlik-kuch  sifati  zarur  darajada  rivojlanmagan  bo‘lsa,  u  hujum  zarbasi  berish 

texnikasini  bajara  olmaydi.  Bu  holda  tezkorlik-kuch  sifatini  rivojlantirishga  oid 

mashqlarni  berish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Chunki  hujum  zarbasini  takrorlash 

hajmini oshirish bu holda samara bermaydi. 




 

126 


 

Voleybol harakatlariga o‘rgatishda vositalarning samarasi ko‘p hollarda ularni 

qo‘llash  uslublariga  bevosita  bog‘liq  bo‘ladi.  Uslublar  qo‘yilgan  vazifa, 

shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi, aniq shart-sharoitlarga bog‘liq  holda 

tanlanadi va qo‘llanadi. 

Qo‘yilgan  vazifaga  bog‘liq  ravishda  aynan  bir  vositani  turli  uslublarda 

qo‘llab, undan turlicha foydalanish mumkin. Bundan tashqari, har bir tayyorgarlik 

turida  vazifalar  va  turlarning  ketma-ketligi  ham  ma’lum  mantiqiy  bog‘liqlikka 

egadir. 

Bir  tayyorgarlik  turidagi  vazifalar  sifat  jihatidan  o‘zgarib,  keyingi 

tayyorgarlik 

turiga 


zamin 

yaratadi. 

Masalan, 

tayyorgarlik 

mashqlari 

o‘rganilayotgan  texnik  usulning  umumiy  tuzilishini  ifoda  etadi.  Yqinlashtiruvchi 

mashqlar  maxsus  jismoniy  tayyorgarlikdan  texnik  tayyorgarlikka  o‘tishda  ko‘prik 

vazifasini  o‘taydi.  Ma’lum  darajadagi  murakkablik  asosida  qurilgan  texnik 

mashqlar  taktik  ko‘nikmalarni  shakllantirishga  yordam  beradi.  Shu  asosda 

keyinchalik yakka tartibdagi taktik harakatlar o‘rganiladi. 

Voleyboldagi  asosiy  harakatlanish  –  bu  yurish,  yugurish,  yonga  qadam 

tashlab  yugurish,  orqa  bilan,  qadam  tashlab  to‘xtash,  sakrashdan  iboratdir.  Ko‘p 

hollarda  harakatlanishlar  qiyin  emas  deb  izohlanib,  ularga  yetarli  e’tibor 

berilmaydi.  Bu  esa  noto‘g‘ri  fikrdir.  Chunki  o‘yinchining  turli  harakatlarni 

bajarishi  uchun  holat  va  joy  tanlashi  bajariladigan  harakatning  samarasiga 

to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ta’sir  qiladi.  Shuning  uchun  harakatlanishlarni  o‘rgatishga  katta 

e’tibor qaratish zarur. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə