Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   317
fayl 2055 20211105

 

 

 

O‘yin texnikasi 

Hujumda 


Himoyada 

To‘p 


uzatish 

Hujum 


zarbasi 

To‘pni 


o‘yinga 

kiritish 

To‘pni 

qabul 


qilish 

To‘siq 


qo‘yish 

T

aya



nc

holatda



yuqor


iga

 

S



akr

ab 


yuqor

idan


 

T

o‘



g‘

ridan


 

Yo‘


na

li

shni 



o‘

zga


rti

rib


 

Alda


mchi 

 

Yuqor



idan 

to‘


g‘

ridan


 

 

Yuqor



idan 

yonda


n

 

S



akr

ab 


yuqor

idan


 

 

T



aya

nc



holatda

n

 



pa

stdan


 

T

aya



nc

holatda



n

 

Yiqil



ib 

pa

stdan



 

ya

kka



 tar

ti

bda



 

Gur


uhli

  



 

102 


 

V BOB. O‘YIN TAKTIKASI ASOSLARI 

 

Voleybolda o‘yin taktikasi  deb  muayyan  jamoaning  ikkinchi bir jamoa  ustidan 



yakka, guruh va jamoa harakatlari yordamida g‘alabaga erishish san’atiga aytiladi. 

Taktikaning asosiy  vazifasi  muayyan raqib jamoaga  nisbatan  mavjud  vaziyatga 

qarab  g‘alaba  sari  qo‘llaniladigan  o‘yin  vositalari,  usullari  va  shakllarini  aniqlab, 

qo‘llay olishdan iborat. 

Taktik  kombinatsiya  –  bu  bir  o‘yinchiga  hujum  qilishi  uchun  qulay  sharoit 

yaratib berishga qaratilgan bir necha o‘yinchining harakat faoliyatidir. 

O‘yin  intizomi  –  har  bir  o‘yinchi  faoliyatining  jamoa  faoliyatiga  bo‘ysunishi, 

bo‘lajak o‘yinda rejalashtirilgan taktik ko‘rsatmalarni amalga oshirish, o‘yin qoidalari 

va umuminsoniy xislatlarga amal qilish va hokazo. 

O‘yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: 

Birinchi  temp  atamasi  hujum  kombinatsiyasini  birinchi  bo‘lib  boshlaydigan 

o‘yinchiga  tegishli  bo‘lib,  u  deyarli  «past»  va  tez  uzatiladigan  to‘p  bilan  hujum 

uyushtiradi. 

Hujumchilarni  «temp  bo‘yicha»  ajratish  shartli  asosda  qabul  qilingan,  shuning 

uchun  hujumchilardan  barcha  hujum  usullarini  va  taktik  kombinatsiyalarni  amalga 

oshirish talab etiladi. 

Bog‘lovchi o‘yinchi o‘yinning borishini to‘g‘ri baholay olishi va turlicha bo‘lgan 

o‘yin  vaziyatlaridan  hujumni  samarali  tashkil  eta  olishi  lozim.  Shu  sababli  bu 

funksiyani  bajarishga  o‘yinni  nozik  jihatlarigacha  tushunadigan,  jamoaning  fikrini 

tezda  anglab,  o‘yin  mohiyatiga  mos  kombinatsiyalarni  tashkil  eta  oladigan,  keng 

fikrli, vazmin o‘yinchilar tanlanadi. 

O‘yinni  samarali  tashkil  etishda  jamoa  imkoniyatlaridan  kelib  chiqib,  uni 

quyidagi tamoyilda tashkil etish mumkin: 4+2 (to‘rtta hujumchi va ikkita bog‘lovchi 

o‘yinchilar)  va  5+1  (beshta  hujumchi  va  bitta  bog‘lovchi  o‘yinchi).  Oxirgi  variant 

hozirgi zamon voleybolida juda keng qo‘llaniladi. 



 

103 


 

Taktikaning yakka guruh va jamoa shakllari mavjud. Taktikaning usullari o‘yin 

tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning vositalariga esa o‘yin malaka 

(priyom)lari va ularni barcha turlari kiradi. 

Muayyan  musobaqalarga  mo‘ljallangan  taktik  yo‘nalish,  taktik  shakl,  usul  va 

vositalar  oldindan  rejalashtirilgan  strategik  dasturga  bo‘ysinishi  lozim.  Barcha  taktik 

harakatlar  taktik  bilimlar,  fikrlash,  vaziyatni  to‘g‘ri  baholash,  maqsadga  muvofiq 

qaror  qabul  qilish,  jismoniy  qobiliyat,  texnik  mahorat  va  iroda  imkoniyatlariga 

asoslanishi kerak. 

Taktik  harakat  kibernetika  nuqtayi  nazaridan  murakkab  vaziyatda  eng  samarali 

qarorni topish va unga munosib harakat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z-o‘zini sozlab 

boshqaruvchi faoliyatni anglatadi. 

Taktik harakat MNSning afferent – efferent nerv retseptorlari, tolalari ishtirokida 

tashqi  muhit  ta’sirotlarini  qabul  qilish,  xotirada  saqlash,  tahlil  qilish,  vaziyatga 

munosib  ravishda  qayta  ishlab,  motivizatsiyani  qoniqtiruvchi  qarorga  kelish  kabi 

faoliyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik jarayondan iboratdir. 

Taktik  harakatning  samarali  bo‘lishida  bosh  miya  yarim  sharlarit  vaziyatini 

oldindan  bilish  (aks  ettirish)  qobiliyati  alohida  o‘rin  egallaydi.  Mazkur  qobiliyat 

musobaqa  vaziyatlariga  nisbatan  to‘g‘ri  qarorga  kelish  va  maqsadga  muvofiq  taktik 

harakat  qilish  samarasini  oshirishga  imkon  yaratadi.  Albatta,  bunday  qobiliyatni 

takomillashuvi  sportchini  o‘yin  tajribasiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Shuning  uchun  o‘quv-

mashg‘ulotlar  jarayonida  hali  ro‘y  bermagan  vaziyatni  oldindan  fahmlash,  unga  xos 

qarorni  tayyorlash  va  taxminiy  harakat  rejasini  xotirada  aks  ettirish  qobiliyatlarini 

rivojlantirishga  oid  mashqlarni  tanlash  va  ulardan  unumli  foydalanish  juda  katta 

ahamiyatga ega. Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyat taktik va strategik 

rejani amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lib hisoblanadi. 

Oldindan  fahmlash  va  vaziyatga  munosib  harakat  qilish  qobiliyatini 

rivojlantirishga  oid  mashqlar  qo‘llashda  3  ta  jarayondan  iborat  faoliyatni  bajarish 

zarur bo‘ladi. 



 

104 


 

O‘yin  taktikasi  ikki  qismdan:  hujum  va  himoya  taktikasidan  iborat  bo‘lib, 

individual,  guruhli  va  jamoa  taktik  harakatlari  asosida  amalga  oshiriladi.  O‘yin 

taktikasining tasnifi 4-rasmda aks ettirilgan. 

 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə