Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Zamonaviy voleybolning dolzarb masalalari



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   317
fayl 2055 20211105

 

3.5. Zamonaviy voleybolning dolzarb masalalari 

 

Voleybol  o‘zining  hammabopligi,  go‘zal  o‘yin  mazmuni,  kattayu-kichik 

yoshdagi insonlar diqqtini o‘ziga rom qiluvchi, hujum va himoya kombi-natsiyalari 

bilan nafaqat shahar va tumanlar markazlarida, balki uzoq qishloqlarda, mahallayu-

maskanlarda,  to‘y  va  bayramlarda  bahs-raqobat,  sihat-salomatlik,  jismoniy  va 

ruhiy  barkamollik  vositasi  sifatida  turli  yosh  va  qatlamga  mansub  aholi  hayotiga 

kirib  bormoqda.  Voleybol  o‘quv  fani  va  salomatlik  manbai  sifatida  barcha  ta’lim 

muassasalarida  o‘quv  rejasiga  kiitilgan.  Ayniqsa,  so‘nggi  yillarda  voleybolni 

“Umid  nihollari”, “Barkamol  avlod”,  “Universiada”,  “Xotin-qizlar  spartakiadasi”, 

“Faxriylar musobaqalari” kabi ko‘p bosqichli va muntazam o‘tkazilib kelinayotgan 

nufuzli  sport  tadbirlari  dasturidan  joy  olishi  uni  geografik  chegarasi  hamda 

shug‘ullanuvchilar soni keskin orta borishiga zamin yaratdi. 

Zamonaviy  klassik  voleybol XX asr oxirlari  va XXI asrdan boshlab o‘zining 

tabiiy taraqqiyoti tufayli hamda  musobaqa qoidalarining keskin o‘zgarishi evaziga 

yangicha  mazmunga  ega  bo‘ldi.  O‘yin  qoidalarining  tubdan  o‘zgarishi  nafaqat 

g‘oiblikka  da’vogar  jamoalar  raqobati  bilan  belgilanadi,  balki  ma’lum  darajada 

bozor munosabatlariga ham bog‘liqdir. 

Ma’lumki,  yirik  nufuzli  musobaqalarni  (jahon,  Osiyo  chempionatlari, 

Olimpiada  va  Osiyo  o‘yinlari  hamda  boshqa  yuqori  reytingli  xalqaro  turnirlar, 

Kubok  musobaqalari)  o‘tkazishda  ko‘plab  teleradiokompaniyalar,  jurnalistlar 

ushbu  musobaqalarni teletranslyatsiya qilish, reportajlar olib borish uchun  maxsus 

akkreditsion talablarni qondirishlari lozim. 

Agar qayd etilgan musobaqalarda o‘yin shiddati sust bo‘lsa, “kuchli” zarbalar 



 

76 


 

tufayli ochkolar tez-tez olinsa-yu, uzluksiz jarayon tez-tez uzilib, to‘xtash holatlari 

ko‘p  bo‘lsa,  musobaqaga  bo‘lgan  qiziqish  so‘na  boshlaydi,  akkreditsiya  bozori 

chegaralanadi,  tomoshabinlar  doirasi  toraya  boshlaydi.  Aynan  shunday  holatlar 

1996-98-yillargacha  davom  etgan.  Chunki,  eski  qoida-larga  muvofiq  himoya 

zonalarida joylashgan “kuchli” hujumchilar hujum va yon chiziqlarini bosmasdan, 

shiddat  bilan  sakrab,  4-  yoki  2-zonalardan  zarba  berish  natijasida  “ochko 

ishlaganlar”.  Tananing  oyoq  va  bel  qismlarigacha  to‘p  tegsa,  o‘yin  to‘xtatilgan. 

To‘p  maydondan  uzoqqa  tushsa,  vaqt  ketgan,  boshqa  to‘p  bilan  o‘ynash 

taqiqlangan;  to‘p  kiritish  “yo‘qotilsa”,  raqib  jamoga  ochko  beril-magan,  kiritilgan 

to‘p  to‘rga  tegib  o‘tsa,  o‘yin  to‘xtatilar  edi  va  hokazo.  Bunday  vaziyatlar  o‘yinni 

tez-tez to‘xtab qolishiga sabab bo‘lib kelgan. 

Bugungi  voleybol  qoidalaridagi  ko‘plab  prinsipial  o‘zgarishlar  evaziga 

bunday  “to‘xtash”  holatlariga  barham  berildi.  Jumladan,  o‘yin  3  ta  to‘p  (bir  to‘p 

o‘yinda,  2  ta  to‘p  zahirada)  “ishtirokida”  o‘tkaziladigan  bo‘ldi.  Yon  chiziq  bilan 

hujum  chizig‘ining  kesishgan  joyidan  maydon  tashqarisi  tomon  1,75 



m

  kesim 


chiziqlar bilan chegaralandi. Tananing istalgan qismi bilan to‘pni o‘ynashga ruxsat 

etildi.  O‘yin  “tay-breyk”  tarzida  amalga  oshirilishi  yo‘lga  qo‘yildi,  ya’ni  to‘p 

kiritish “yo‘qotilganda”  ham raqib jamoaga ochko berilishi joriy etildi. “Birinchi” 

to‘pni  qabul  qilish  yoki  uzatishga  doir  qoidaning  “kuchi”  keskin  yumshatildi, 

kiritilgan to‘p to‘rga tegib o‘tsa, “to‘g‘ri” deb baholanadigan bo‘ldi. 

Musobaqa  qoidalarining  bunday  o‘zgarishi  o‘yin  shiddatini  keskin  jadal-

lashtirdi, o‘yinchilar faolligini oshirdi, tomoshabinlar qiziqishini kuchaytirdi. 

Alohida  shuni  ta’kidlash  joizki,  musobaqa  qoidalarining  tubdan  o‘zgarishi 

o‘yin  mazmunini  yanada  boyitdi,  o‘yin  usullarining  tamomila  yangi  avlodlarini 

vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Jumladan, himoya zonalaridan zarba berish diagonal 

sakrash sifatini o‘zlashtirish zarurligiga e’tibor qaratdi, “libero” o‘yin-chisini ta’sis 

etilishi  himoyani  yanada  kuchaytirdi,  yugurib  kelib  sakrab  to‘p  kiritish 

hujumkorlik  sur’atini  oshirdi  va  hokazo.  Ushbu  o‘zgarishlar  natijasida  vujudga 

kelgan  yangi  o‘yin  elementlari,  maxsus  sifatlar,  harakat  usullari  o‘quv-trenirovka 

mashg‘ulotlari  mazmuniga  yangicha  yondashish,  tarkibiga  yangi  mashqlarni 



 

77 


 

kiritish  va  mashg‘ulot-musobaqa  birligini  ta’minlash  muhimligini  belgilaydi. 

Bunday  zaruriyat  so‘nggi  yillarda  olingan  rasmiy  ma’lumotlarga  asoslanadi. 

Chunonchi,  jahon  voleyboli  nazariyasi  va  amaliyotida  o‘zlarining  qator 

fundamental  ilmiy  tadqiqotlari  bilan  tanilgan  Yu.D.  Jeleznyak,  T.Ya.  Shinulin  va 

O.E.  Serdyukovlarning  ilmiy  kuzatuvlari  natijalariga  ko‘ra,  zamonaviy  voleybol 

borgan  sari  o‘yin  mazmuni  jihatidan  yangicha  texnik  usullar,  taktik  xususiyat  va 

“eskicha”  voleyboldan  tubdan  farq  qiluvchi  texnik-taktik  yo‘nalishlar  hisobiga 

o‘zgarib  bormoqda.  Yugurib  kelib  sakrab  katta  “portlovchi-inersion  kuch”  bilan 

to‘p  kiritish  usulining  keng  joriy  etilishi  to‘pni  samarali  qabul  qilish  imkoniyatini 

keskin  chegaralab  qo‘ydi.  Bu  esa  raqib  jamoani  maqsadli  hujum  uyushtirish 

unumdorligini tushirib yubordi. 

Birinchi  “to‘pni”  qabul  qilish  va  uzatish  usullariga  qoidani  deyarli  qo‘lla-

nilmasligi  o‘rtacha  shiddatda  kiritilgan  yoki  zarba  berilgan  to‘pni  yuqoridan  ikki 

qo‘llab qabul qilish hamda uzatish usullarini ommalashtirib bormoqda. 

Himoya  zonalaridan  hujum  zarbalarini  keng  joriy  etilishi  3-zonadan 

kombinatsion hujum uyushtirish sonini sezilarli qisqartirdi. Agar 1998-yillar-gacha 

3-zonadan  tashkil  etiladigan  hujum  miqdori  30  foizdan  oshmagan  bo‘lsa,  so‘nggi 

yillarda bunday hujumlar soni 23 foizga tushib ketdi.  

Aksincha,  80-yillarda  himoya  zonalaridan  uyushtirilgan  hujum  zarbalari  9,6-

10%  dan  ortmagan.  Zamonaviy  voleybolda  esa  orqa  zonalardan  tashkil  etilgan 

hujum  zarbalari  20-21%  gacha  ko‘paygan.  Himoya  zonalaridan  ijro  etilgan 

zarbalarni  “to‘siq”  bilan  bartaraf  etish  murakkabligi  o‘z-o‘zidan  ma’lum.  Demak, 

bugungm  voleybolda  hujum  samaradorligi  himoya  salohiyatidan  ustun  bo‘lib 

borayotganligi kuzatilmoqda. 

Shu  bilan  bir  qatorda  zamonaviy  voleybolning  muhim  yo‘nalishlaridan  biri 

yakka,  guruh  va  jamoa  tarkibida  ijro  etiladigan  himoya  harakatlarining  o‘ta 

faollashuvi bilan

 

belgilanadi. Birinchi navbatda ushbu



 

vaziyat birinchi

 

“to‘pni”  



 

qabul qilish bilan bog‘liq himoya harakatlari qoida ta’siridan deyarli ozod qilinishi 

bilan isbotlanadi. 



 

78 


 

To‘siq  qo‘yish  taktikasi  ham  talaygina  o‘zgardi.  4-zonadan  ijro  etiladigan 

zarbalarga qarshi juftlikda to‘siq qo‘yish yakka yoki uch kishilab to‘siq qo‘yishdan 

ustun bo‘lib borayotganligi ko‘zga tashlanmoqda.  

Lekin,  3-zonadan  ijro  etilgan  zarbaga  qarshi  qo‘yilgan  to‘siq  samaradorligi 

tamoman  boshqasa  ko‘rinishga  ega  bo‘ldi.  Chunonchi,  80-yillarda  ushba  zonada 

qo‘llanilgan  yakka  va  juftlik  to‘siq  qo‘yish  deyarli  bir  xil  darajada  bo‘lgan  –  38-

42%,  uchlikda  to‘siq  qo‘yish  esa  ancha  kam  miqdorni  tashkil  etgan  (20-22%). 

Ushbu  ko‘rsatkichlardan  shu  narsa  ko‘zga  tashlanadiki,  zamonaviy  voleybolda 

juftlikda to‘siq qo‘yish miqdori ortganligi, yakka to‘siq qo‘yish kamayganligi qayd 

etildi. 

Birinchi  temp  o‘yinchisi  zarbasiga  qarshi  markaziy  o‘yinchiga  (3-zona 

o‘yinchisi)  aksariyat  2  va  4-zona  o‘yinchilari  ko‘mak  berishi  kuzatiladi.  Bunday 

texnik-taktik chora avvallari kamdan-kam qayd etilgan. 

2-zonadan berilgan zarbalarga  ham  qarshi  to‘siq qo‘yish juftlik  ustuvorligida 

amalga oshiriladi. 

Ayni vaqtda 2-zonada uchlikda to‘siq qo‘yish ulushi ortib bormoqda. Buning 

asosiy  sabablaridan  biri,  zamonaviy  voleybolda  to‘p  kiritish  murak-kabligi  va 

zarbdorligining kuchayganligi to‘pni sifatli qabul qilish va 2-zonadagi “uzatuvchi” 

o‘yinchiga  aniq  yetkazish  qiyinlashganligidadir.  Aniq  yetkazilma-gan  to‘pni 

“uzatuvchi” aksariyat hollarda 4-zonaga uzatishga  majbur bo‘ladi. Shuning uchun 

4-zonadan  berilgan  zarbaga  qarshi  2-zonada  uchlikda  qo‘yi-ladigan  to‘siq  borgan 

sari omalashib bormoqda. 

Bugungi voleybolda o‘yin samaradorligi turli o‘yin ixtisosligi (amplua)ga ega 

o‘yinchilarning  ijrochilik  mahoratiga  bog‘liqdir.  Jumladan,  ikkinchi  temp  bilan 

harakatlanuvchi hujumchi birinchi temp bilan harakatlanuvchi hujumchi, uzatuvchi 

(bog‘lovchi), libero (himoyachi). 

Jahonning  eng  kuchli  terma  jamoalari  o‘yinlarini  tahlil  qilish  o‘yin  shiddati 

jihatidan texnik-taktik harakatlarini (TTH) ikki asosiy guruhlarga bo‘lish imkonini 

beradi. Yuqori o‘yin shiddati bilan ifodalanuvchi birinchi guruhga – yugurib kelib 

sakrab to‘p kiritish, hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish va himoyada o‘ynash malakalari 



 

79 


 

kiritilgan. 

O‘rtacha  o‘yin  shiddati  bilan  ifodalanuvchi  ikkinchi  guruhga  –  kiritilgan 

to‘pni qabul qilish, qo‘riqlash va turli harakatlanishlar kiritildi. 

Qolgan barcha texnik-taktik harakatlar sekin shiddatli deb belgilandi. 

Tadqiqot  asosida  aniqlandiki,  bir  partiya  davomida  o‘yin  vaziyatini  davom 

ettiruvchi  va  diagonal  harakatlanuvchi  hujumchilar  hamda  “uzatuvchi”  o‘yin-

chilarning  umumiy  TTH  miqdori  43-50  martani  tashkil  etdi.  Lekin,  yuqori  va 

o‘rtacha shiddatli TTH o‘rtasida keskin  farq qayd etildi. Masalan, “uzatuvchi”  va 

o‘yin  vaziyatini  davom  ettiruvchi  hujumchilarda  TTH  o‘rtacha  shiddat  bilan 

ifodalanar ekan. 

Diagonal  harakatlanuvchi  o‘yinchilarda  yuqori  shiddatli  TTH  ancha  ko‘proq 

bo‘lib, bir partiyada 20-22 martani tashkil etadi. 

Birinchi  temp  bilan  harakatlanuvchi  o‘yinchilarda  TTH  nisbati  boshqacha 

ko‘rinish ifodalandi. Jumladan, ushbu ixtisoslikdagi o‘yinchilarda yuqori shid-datli 

TTH  2  barobardan  ortiq  bo‘ldi.  Buning  asosiy  sababi,  birinchi  temp  bilan 

harakatlanuvchi hujumchilar o‘yin vaqtini ko‘proq hujum zonalarida o‘tkazar ekan, 

himoya  zonalarida  ularni  aksariyat  hollarda  “libero”  o‘yinchilari  almashtirishi 

kuzatildi.  Yuqorida  qayd  etilgan  nazariy  va  ilmiy  ma’lumotlar  hamda  ularning 

qiyosiy  tahlili  zamonaviy  voleybolning  dolzarb  yo‘nalishlari  va  amaliy  jihatdan 

muhim  masalalarini  ochib  berdi.  Binobarin,  o‘quv-trenirovka  mashg‘ulotlarini 

tashkil  etish,  mashg‘ulot-musobaqa  birligini  ta’minlash  hamda  mashqlarni  tanlash 

va  qo‘llashda  zamonaviy  voleybol  xususiyatiga  mos  texno-logiyalardan 

foydalanish zarurligiga e’tibor qaratadi. 

Zamonaviy  voeybolda  kuzatilayotgan  yana  bir  o‘ta  muhim  muammolardan 

biri shuki – bu o‘naqay o‘yinchilar tomonidan ijro etiladigan hujum zarbalari faqat 

o‘ng  qo‘lda,  chapaqaylarda  esa  faqat  chap  qo‘lda  amalga  oshirishi  yaqqol  ko‘zga 

tashlandi.  Bunday  holat,  shubha  yo‘qki,  nafaqat  texnik-taktik  mahorat  ko‘lamini 

toraytiradi,  balki  yetakchi  qo‘l  mushaklari  va  bo‘g‘imlariga  katta  yuklama 

tushishiga  sabab  bo‘ladi,  mushaklarning  zo‘riqishi,  hatto  bo‘g‘imlarda  jiddiy 

shikastlanishlarni  yuzaga  kelishiga  olib  keladi.  Ta’kidlash  zarurki,  hujum 



 

80 


 

zarbalarini aynan shunday yondashuv asosida surunkasiga ijro etaverish natija-sida 

6-10  yil  voleybol  bilan  shug‘ullangan  sportchilar  mashg‘ulotga  yoki  musobaqa 

o‘yinlariga  chiqishdan  avval  o‘z  yyelkalarini  og‘riq  qoldirishga  mo‘ljallangan 

qizdiruvchi “surtmalar” (kapsikam, viprosal, viprotoks va h.k.) bilan ishqalaydilar. 

Gap  shundaki,  voleybolga  (boshqa  sport  o‘yinlarida  ham)  ixtisoslangan  sport 

maktablarining  o‘quv-mashg‘ulot  dasturlaridan  ham,  darslik  yoki  o‘quv 

qo‘llanmalarida  ham  hujum  zarbalarini  o‘ng  va  chap  qo‘l  bilan  ijro  etishga 

(texnikasi  va  taktikasini)  alohida  simmetrik  tartibda  o‘rgatish,  bunday  ikki 

yoqlama  zarba  berish  usullarini  muntazam  shakllantirib  borish  choralari  joriy 

etilmagan.  Ana  shu  muammoar  barcha  ta’lim  muassasalari,  sport  maktab-lari  va 

sport  internatlari,  hatto  klub  va  terma  jamolarda  olib  borilayotgan  voleybol 

mashg‘ulotlarida o‘z yechimini topmog‘i lozim.  

 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə