Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Mashhur o‘zbek voleybolchilari va ulardan targ‘ibot ishlarida



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   317
fayl 2055 20211105

3.3. Mashhur o‘zbek voleybolchilari va ulardan targ‘ibot ishlarida 

foydalanish 

 

Qaysi  soha  bo‘lmasin,  ya’ni  qaysi  sport  turi  bo‘lmasin,  unga  mashhurlik 

darajasiga  ko‘tarilish  o’ta  mashaqqatli  yo‘l  bo‘lib,  uni  bosib  o‘tish  insondan  katta 

kuch, iroda, matonat va qatiyatlikni talab qiladi. Buning zaminida nafaqat mehnat, 

ijod  va  fidokorlik  yotadi,  balki  iste’dod,  o‘zi  sevgan,  ardoqlagan  kasb-koriga 

sadoqatli  bo‘lish,  barcha  to‘siq  va  qiyinchiliklarni  temir  intizom  hamda  yuksak 

iroda  yordamida  yengib  o‘tish  xislatlari  mujassam  bo‘lishi  talab  qilinadi.  To‘g‘ri, 

yurtimizning  birinchi  prezideni  I.A.  Karimov  aytganidek  “Hech  bir  narsa 

mamlakatni dunyoga sportchalik tez tanita olmaydi!”. Ammo, bu konsep-tual shior 

ostida  mashaqqatli  va  tinimsiz  mashg‘ulotlar,  musobaqalar,  keskin  raqobatlar  va 

albatta  katta  jasorat  yotadi.  Shuning  uchun  ham  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prizidenti  sportchilar  va  ularning  ustozlariga  katta  g‘amxo‘rlik,  barcha  shart 

sharoitlarni yaratmoqda, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 

Ma’lumki, sportchilarning “sport umri” juda ham qisqadir, yuksak natija-larni 

ko‘rsatishi  bilan  bog‘liq  “umri”  esa  undanda  qisqa.  U  xalqaro  arenalarda  o‘ta 

keskin  raqobat  ostida  g‘oliblik  va  sovrindorlikka  loyiq  cho‘qqilarga  erishadi, 

munosib  ravishda  e’zozlanadi,  ma’naviy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  resusrslar-ga  ega 

bo‘ladi.  Biroq,  vaqt  o‘tishi  bilan  u  “oddiy  odam”  qiyofasiga  o‘tadi.  Ularning 

ayrimlari  o‘z  kasbiy-pedagogik,  tashkilotchilik,  ijodkorlik  va  intellek-tual 

imkoniyatlarini  ishga  solgan  holda  trenerlik,  o‘qituvchilik  yoki  rahbarlik  ishlarini 

davom  ettiradilar.  Lekin,  ularning  ayrimlari  o‘z  tengqurlari,  kasbdosh-lari,  hatta 

ba’zi  mutasaddi  rahbarlar  e’tiboridan  chetda  qoladi.  Bunday  achinarli  holatni 

yuzaga  kelishiga  avvalo  shu  sohaning  vakillari,  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari, 

BO‘SMlar,  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  muassasalari,  institut  va  universitetlarda 

sportni  boshqaruvchi  dars-mashg‘ulot  olib  boruvchi  trenerlar  qaysidir  ma’noda 

“aybdordir”.  Ko‘p  yillik  kuzatuvlar,  tajribalarni  o‘rganish  va  xolisona  suhbat 

natijalari  shundan  darak  beradiki,  bog‘cha,  maktab  va  boshqa  ta’lim  muassasalari 

yoki  sport  tashkilotlarida  mashhur  sportchilarning  rasm-portretlari  faxrli 




 

67 


 

qahramonlar sifatida osib qo‘yilmaydi. O‘quv darsi yoki mash-g‘ulotlarda ularning 

natijalari,  mahorati,  mashhurligi  targ‘ibot  qilinmaydi.  Joylarda  ularga  atalgan 

musobaqalar,  tadbirlar,  bayram  kechalari  o‘tkazilmaydi.  Bunday  sortchilarning 

mashhurlik  sirlari,  ularning  boy  tajribasidan  yosh  sport-chilarni  tayyorlashda 

foydalanilmaydi.  Ustoz-shogird  va  mashhur  sportrchi  uning  davomchisi 

an’analariga  rioya  qilinmaydi.  Oilada  mashhur  sportchining  farzandlari,  ukalari 

yoki singillari bo‘lsa, ko‘pincha aka mashhur akaga yoki otaga ular ergashadi, ular 

ham shu sport turiga ixlos qo‘yadi, shug‘ullanadi va katta natijalarga erishadi. Oila 

va kasbiy an’ana davom etadi. Nima  uchun ana shunday an’ana o‘quvchilar,  yosh 

sportchilar,  uyushmagan  bolalar  o‘rtasida  joriy  etilmaydi.  Ana  shu  muhim 

muammo,  motivatsion  an’ana  o‘z  yechimini  topmog‘i  lozim.  Bir  vaqtlar  voleybol 

bilan  shug‘ullanuvchi  sportchilar  oilasida  shunday  ijobiy  an’analar  o‘z  ifodasini 

topib  kelgan.  Hozir  ham  bunday  an’analar  yo‘q  emas.  Ammo  ularni 

ommalashtirish,  kuchaytirish,  sport  an’analariga  ega  oilalar  o‘rtasida  yoshini 

e’tiborga olmagan holda musobaqalar tashkillashtirish foydali natija berishi shubha 

uyg‘otmaydi.  Bunga  misol  qilib  Qoraqalpo-g‘istonlik  aka-ukalar,  ota-o‘g‘illar, 

nevaralar  Kazakovlar  oilasi,  Farg‘onalik  aka-ukalar  Ahror  va  Islom  Sobirovlar, 

E.Shaffenovlar  oilasini  aytish  mumkin.  O‘g‘il  yoki  qiz  farzand  ota  yoki  ona 

ketidan,  ularni  tanlagan,  mehr  qo‘ygan  va  katta  natijalarga  erishgan  sport  turida 

an’anani davom ettirishi milliy qadriyatimizga loyiqdir.  


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə