Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Mustaqillik davrida voleybolning rivojlanishi



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   317
fayl 2055 20211105

 

3.4. Mustaqillik davrida voleybolning rivojlanishi 

 

Vatanimizning  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritishi  o‘zbek  voleybolining 

xalqaro miqyosdagi o‘rniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1993-yil 24-31-

iyulida  Shanxay  (XXR)  shahrida  o‘tkazilgan  Osiyo  chempionatida  mustaqil 

O‘zbekistonning  ayollar  milliy  terma  jamoasi  voleybol  tarixida  birinchi  bor 

ishtirok  etib,  faxrli  6-o‘rinni  qo‘lga  kiritdi.  Mazkur  chempionatga  qadar  ushbu 

musobaqalarga  tayyorgarlik  maqsadida  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarining  bir  necha 



 

68 


 

shaharlarida  bo‘lib,  turli  universitetlar  voleybol  jamoalari  bilan  o‘rtoqlik 

uchrashuvlarini o‘tkazishdi va o‘yinlarda muvafaqqiyat qozonishgan edi. 

1994-yilda  Taylandda  o‘tkazilgan  “Prinsessa  Kubogi”  musobaqalarida 

L.Ayrapetyans  rahbarligida  tashkil  etilgan  “SKIF-Interkross”  klubi  qoshida  tarkib 

topgan  ayollar  voleybol  jamoasi  ishtirok  etib,  maqtovga  loyiq  o‘yin  namoyish 

etishdi. 

1997-yil  21-28-sentabrda  Manila  shahrida  o‘tkazilgan  Osiyo  chempio-natida 

ayollar  terma  jamoasi  6-o‘rin,  1998-yilda  o‘tkazilgan  Qozog‘iston  Respublikasi 

Prezidenti  Kubogi  xalqaro  turnirida  3-o‘rin,  shu  yili  Taylandda  o‘tkazilgan  IX 

“Prinsessa  Kubogi”da  6-o‘rin,  1998-yil  24-28-mayda  Vyetnamda  o‘tkazilgan  X 

Osiyo Klublararo chempionatida 3-o‘rin, 1999-yil Vyetnamda o‘tkazilgan Janubiy-

Sharqiy Osiyo chempionatida 2-o‘rin  va shu  yili  Toshkent-da o‘tkazilgan “Kubok 

Mikasa” xalqaro turnirida 1-o‘rinlarni olishga sazovor bo‘lgan. 

E’tiborga  loyiq  joyi  shundaki,  istiqloldan  so‘ng  o‘zbek  voleybolining 

taraqqiyoti  respublikamizda  yangicha  yo‘nalishda  davom  etishi  ko‘zga  tashla-

nayotir.  Jumladan,  1992-yildan  boshlab  muntazam  o‘tkazilayotgan  O‘zbe-kiston 

milliy  chempionati  voleybolning  yanada  rivojlanishiga  va  ravnaq  topishiga  katta 

ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Ayniqsa,  so‘nggi  yillarda  tadbiq  etilgan  o‘quv  muassasalari  o‘rtasida 

o‘tkazilayotgan  3  bosqichli  musobaqalar  “Umid  nihollari”,  “Barkamol  avlod”  va 

“Universiada”  voleybolni  o‘quvchi-talaba  yoshlar  o‘rtasida  keng  rivoj  topishiga 

muhim turtki bo‘ldi. 

Shuni  ta’kidlash  o‘rinliki,  so‘nggi  yillarda  respublika  miqyosida  o‘tka-

zilayotgan musobaqalarda professional jamoalar doirasi kengayib bormoqda. Bular 

qatoriga  “Kinap”  (Samarqand  sh.),  “Viktoriya”  (Navoiy  sh.),  MHSK  (Chirchiq 

sh.), “SKIF” (Toshkent sh., O‘zDJTI) va hokazo jamoalar kiradi. Mazkur voleybol 

jamoalarining a’zolari bo‘lmish o‘yinchilar, sport ustalari A.Sovich, Sh.Muslimov, 

I.Vlasov, A.Popovkin, S.Juravlev, I.Tambiyev (hammasi “Viktoriya” jamoasidan), 

S.Banov,  A.Ribalkin,  A.Serebryannikov,  S.Myachin  (Toshkent-Samarqand 

jamoasidan),  A.Kolesnikov,  K.Pak,  A.Jirnov,  V.Petrov,  M.Mamatyuk,  F.Bavatov, 



 

69 


 

D.Sultanov, S.Siddiqov, (“SKIF”), A.Qosi-mov, R.Knyazev, I.Ermish (“MHSK”), 

V.Domnidi  (Qo‘qon)  barcha  musoba-qalarda  o‘zlarining  yuqori  saviyadagi 

mahoratlarini  namoyish  etganlar.  Ayollar  jamoalaridan  “SKIF”  (Toshkent) 

o‘yinchilari  Ye.Lebedyanskaya,  P.Kibardina,  S.Ashurkova,  Ye.Shpachuk,  M 

Martinenko  (xalqaro  toifadagi  sport  ustalari),  S.Grigoryeva,  N.Xomenko, 

N.Xodjayeva  va  boshqalar  O‘zbekiston  sport  ustasi  degan  nomga  sazovor 

bo‘lishdi. 

Bu  borada  trener-mutaxassis  va  tashkilotchilarning  ham  xizmati  hurmatga 

sazovordir.  Jumladan,  A.Kim  (Samarqand),  T.Abramova  (Toshkent),  G.Pono-

marev  (Toshkent),  A.Asqarov  (Qo‘qon),  L.Ayrapetyans  (Toshkent)  va  bosh-

qalarni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. 

Musobaqa  o‘yinlarining  mazmunli,  qiziqarli  va  shu  bilan  bir  qatorda  talab 

doirasida o‘tkazishda O‘zbekiston voleybol  Federatsiyasining bosh kotibi,  xalqaro 

toifadagi  hakam  L.Ayrapetyans,  milliy  va  respublika  toifalaridagi  hakamlar 

V.Shnurov, 

V.Bardin, 

N.Yaparov, 

V.Bausov, 

A.Po‘latov, 

I.Zoxidov, 

N.Mamajonov va shu kabi ko‘pgina mutaxassislarning xizmati katta. 

Istiqloldan  so‘ng  o‘tkazilgan  O‘zbekiston  milliy  chempionatlari  natijalari  6-

jadvalda keltirilgan. 

Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  lozimki,  O‘zbekiston  voleyboliga  oid  tarixiy 

lavhalar  mazkur  o‘yinni  qanday  yo‘nalishlarda  shakllantirishga,  uning  omma-

viyligini yanada oshirishga hamda istiqbolini ta’minlashga katta yordam beradi (6, 

7-jadvallar). 

Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  lozimki,  O‘zbekiston  voleyboliga  oid  tarixiy 

lavhalar 

mazkur 

o‘yinni  qanday  yo‘nalishlarda  shakllantirishga,  uning 

ommaviyligini  yanada  oshirishga  hamda  istiqbolini  ta’minlaishga  katta  yordam 

beradi.


 

6-jadval


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə