Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Qishloq  xo‘jaligida  mavjud  tadbirkorlik  shakllari va  ularning paydo



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

2.3.  Qishloq  xo‘jaligida  mavjud  tadbirkorlik  shakllari va  ularning paydo
 
boiishi.
Respublikamiz  qishloq  xo‘jaligida  1991-yildan  boshlab  siyosiy, 
iqtisodiy,  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  boigan  tub  agrar-iqtisodiy  islohotlar 
bosqichma-bosqich  amalga  oshirilmoqda.  Davlat  bosh  islohotchi  boigan  bu 
jarayonda  tarmoqdagi  davlat  mulkini  uning  tasarrufidan  chiqarishga,  negizida 
xususiy  mulkchilikni  va  shunga  asoslangan  tadbirkorlik  shakllarini  tashkil 
etishga asosiy  e’tibor qaratilmoqda.  Bunda yerga umummilliy boylik sifatidagi 
davlat  umumxalq  mulkchiligi  saqlab  qolinmoqda.  Boshqa  mulklar  esa  daviat 
tasarrufidan  bosqichma-bosqich  chiqarilib,  xususiylashtiriimoqda.  1990-yilda 
davlat  mulkchiligiga  asoslangan  xo'jaliklar,  ya’ni  davlat xo‘jaliklari  1038  ta 
edi.  Ular  0 ‘zbekistonda  XX  asming  30-yillarida  tashkil  etila  boshlangan. 
Respublikaning  Qarshi  va  Mirzacho‘l,  Surxon-Sherobod,  Markaziy  Farg‘ona 
hududlarida  yangi  yerlami  o‘zlashtirish  natijasida  keng  miqyosda  davlat 
xo‘jaliklari  tashkil  etildi.  Davlat  xo'jaliklarining  tashkil  etilishida  davlat 
byudjetidan  ajratilgan  mablag1  evaziga  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  hamda 
yuritish  uchun  zamr  bo‘lgan  barcha  ishlab  chiqarish  vositalarini  davlat 
tomonidan  o‘rnatilgan  baholarda  sotib  olinar  edi.  Ulardan  foydalangan  holda 
faoliyat  yuritib,  ishlab  chiqarilgan  tayyor  mahsulotlarini  davlat  tomonidan 
belgilangan  xarid  narxlarida  davlatga  qarashli  tayyorlov  tashkilotlariga  sotar 
edilar  va  olingan  daromad  davlat  moliya  organlari  tomonidan  o‘matilgan 
tartibda  taqsimlanar  edi.  Bunda  asosiy  e'tibor  davlat  manfaatlarini 
rivojlantirishga  qaratilgan  bo‘lib,  davlat  xo'jaliklariga  iqtisodiy  erkinlik 
berilmagan  edi.  Shuning uchun  ular yuqori  tashkilotlar tomonidan belgilangan
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


qonun-qoidalarga  bo'ysungan  holda  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  yetishtirish 
bilan  shug‘ullanar  edilar.  Ular  asosan  paxtachilik,  g‘allachilik,  bog‘dorchilik, 
chorvachilikka 
ixtisoslashgan 
bo‘lib, 
respublikada 
yetishtirilayotgan 
mahsulotlaming  sezilarli  qismini  ishlab  chiqarardilar.  Bu  xo'jaliklaming 
respublikada  yetishtirilgan  yalpi  qishloq  xo'jalik  mahsulotidagi  ulushi  1990- 
yilda  37,5  foizni  tashkil  etgan.  Lekin  ular  iqtisodiy  negizi,  faoliyat  yuritish 
mazmuni  bo'yicha  erkin  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  javob  bermas  edi. 
Shuning  uchun  ham  davlat  mulkchiligiga  asoslangan  xo'jaliklar  negizida 
tashkiliy,  iqtisodiy  islohotlar  amalga  oshirilishi  zarar  bo‘ldi.  Islohotlar 
jarayonida  ulaming  negizida  dastavval  jamoa  xo'jaliklari,  keyinchalik 
shirkatlar hamda hozirgi vaqtda mustaqil fermer xo'jaliklari tashkil etildi.
Respublika  hukumati  qishloq  xo‘jaligi  oldidagi  muhim  vazifalarni 
e'tiborga  olgan  holda  bir  qancha  muammolami  o‘z  zimmasiga  olgan.  Bunda 
davlat  bosh  islohotchi  vazifasini  bajarmoqda.  Hozirgi  davrda  respublikamiz 
hukumati  agrar  siyosatning  strategik  yo‘nalishlarini  belgilab,  uni  ta'minlash 
bilan  bog'liq  tadbirlami  amalga  oshirish  choralarini  ko'rmoqda.  Hukumatning 
asosiy  e'tibori  qishloq  xo‘jaligining  barcha  sohalari  yagona  fan-texnika 
siyosatiga  asoslangan  holda  rivojlanishini  ta’minlashga  qaratilgan.  Bu 
nihoyatda  muhim  masala  hisoblanadi.  Chunki  faqat  ilm-fan,  yangi,  samarali 
texnika  hamda  ilg‘or  texnologiya  barcha  yutuqlaming  asosiy  negizidir.  Bu 
masalani  hal  etish  maqsadida  qishloq  xo‘jaligida  davlat  xo‘jaliklari  qisman 
saqlab  qolingan.  Ular  asosan  qishloq  xo‘jaligida  davlat  ilmiy-ishlab  chiqarish 
birlashmasining  tajriba  xo‘jaliklari,  urug‘chilik  va  naslchilik  xo‘jaliklari 
ko‘rinishida  saqlanib  qolgan.  Hozirgi  vaqtda  markaz  tarkibida  100  taga  yaqin 
tajriba  xo‘jaliklari  faoliyatini  davom  ettirib  kelmoqda.  Ular  asosan  davlat 
byudjetidan 
ajratilayotgan 
mablag‘lar 
evaziga 
qishloq 
xo'jaligining 
rivojlanishini ta’minlaydigan  ilmiy g‘oyalami yaratish,  sinash asosida  qishloq 
xo'jalik  mahsulotlari  yetishtirish  bilan  shug‘ullanmoqdalar.  Ular  faoliyatining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
■  urag‘chilik,  naslchilik  va  ko‘chatchilikni  rivojlantirish,  yangi,  serhosil, 
tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlami yaratish;
■  qishloq xo'jaligiga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish;
■  iqtisodiyotda  erkin  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlarini  yaratish  va  ulami 
chuqurlashtirish;
■  yangi  texnika,  ilg‘or  texnologiyalami  yaratish,  agrotexnika  tadbirlarini 
takomillashtirish va boshqalar.
Markaz  tarkibidagi 
ilmiy-tadqiqot 
institutlarida  yaratilayotgan 
yangiliklar  eng  aw alo  tajriba xo‘jaliklarida  sinalib,  so‘ngra  amaliyotga  tatbiq 
etish  uchun  tavsiya  qilinadi.  Hozirgi  vaqtda  qishloq  xo‘jaligida  ishlab 
chiqarilayotgan  yalpi  mahsulotning  1  foizini  mazkur  tajriba  xo‘jaliklari 
bermoqda.  Fan yutuqlarini  ishlab  chiqarishga joriy etishdagi  o‘mini  e'tiborga
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


olgan  holda  ulami  saqlab  qolish 
va  faoliyatini  rivojlantirish  maqsadga 
muvofiqdir.
Mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligida  o‘tgan  asming  80-yillari  oxiri  va 
90-yillari  boshida 
887  ta  jamoa  xo‘jaligi  faoliyat  ko'rsatib,  respublikada 
yetishtirilayotgan  yalpi  qishloq  xo‘jalik  mahsulotining  35  foizini  berar  edi. 
Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin mulkchilikning bu 
shakli  uning  haqiqiy mazmuni,  mohiyatiga  mos  emas  edi,  chunki  amalda  ular 
davlat  tasarrufida  edi.  Bunday  hol  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  to‘g‘ri 
kelmaydi.  Shu  bois  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  munosabati  bilan  tarmoqdagi 
davlat  xo'jaliklari  negizida  jamoa  xo‘jaliklari  bosqichma-bosqich  yangicha 
ko‘rinishda tashkil etila boshlandi.
Bu  o‘rinda  eslatib  o'tish  kerakki, jamoa  xo‘jaliklari  1990-yillargacha 
qishloq xo'jaligini rivojlantirishga ma’lum darajada o‘z hissalarini qo'shganlar. 
Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan paxtaning 41  foizini, g'allaning 
37  foizini,  sutning  36  foizini  berar  edi.  Lekin  ularning  faoliyatlari  ham  davlat 
xo‘jaliklari kabi to'liq davlat tomonidan boshqarilardi, ya'ni ularda mahsulotlar 
yetishtirish 
jarayoni 
davlat 
mablag'lari 
hisobidan 
moliyalashtirilib,
yetishtirilgan  mahsulotlarni  davlat  o‘z  tashkilotlari  yordamida  hukumat 
tomonidan  belgilangan  xarid  baholarida  sotib  olar  edi.  Olingan  daromad  esa 
hukumat  tomonidan  belgilangan  tartibda  taqsimlanar  edi.  Bunda  jamoaning 
erki,  huquqi  to‘liq  e'tiborga  olinmas  edi.  Demak,  u  xo‘jaliklarda  amalga 
oshirilgan  iqtisodiy  munosabatlar  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  talablariga 
mos  emas  edi.  Bunday  hollami  bartaraf  etish  maqsadida  avvalo 
jamoa 
mulkchiligiga  asoslangan  jamoa  xo‘jaliklarida  haqiqiy  bozor  iqtisodiyoti 
munosabatlarini  barpo  etishga  alohida  e’tibor  berildi.  Bunda  respublikada 
amalga  oshirilayotgan  yer  islohotiga 
asoslangan  holda  mavjud  jamoa 
xo‘jaliklariga  davlat  mulki  hisoblangan  yer  foydalanish  uchun  ijaraga  berildi. 
Ular yerdan foydalanganlik uchun belgilangan muddatda ijara haqi to‘laydigan 
bo‘lishdi.  Ijara  haqi  1999-yildan  boshlab  yagona  yer  solig'i  shaklida 
to'lanadigan  bo‘ldi.  Shu  bilan  birga  «Mulk  to‘g‘risida»gi  qonun  talabiga 
muvofiq  u  xo‘jaliklarda  haqiqiy  jamoa  mulkchiligi  tashkil  etishga  e'tibor 
berildi. Mulkchilikning bu shakli jamoa xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklari 
tashkil etish orqali shakllantirildi.  Uning huquqiy asoslari yaratildi.  Oliy Majlis 
tomonidan  1998-yil  30-aprelda qabul qilingan «Qishloq xo‘jalik kooperativlari 
(shirkatlar)  to‘g‘risida»gi  Qonun,  uning  hayotga  tatbiq  etilishini  ta’minlash 
maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining  1998-yil  15-iyuldagi 229-sonli 
qarori qabul qilingan edi.
Shirkat xo‘jaligi  -  qishloq xo'jalik tovar mahsulotlari  ishlab  chiqarish 
va xizmatlami bajarish maqsadida fuqarolaming paychilikka asoslangan oilaviy 
pudrat  asosida  uyushib,  erkin,  mustaqil  faoliyat  ko‘rsatadigan,  yuridik  shaxs 
maqomiga ega bo‘lgan xo'jalik yuritish subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


xo‘jaligida  tadbirkorlikning  yirik  tovar  ishlab  chiqaruvchi  shaldi  sifatida 
uamoyon  bo‘ldi.  Ulaming  ixtiyoriga  qishloq  xo‘jalik  yerlarining  asosiy  qismi 
uzoq muddatga ijaraga  foydalanishga berildi.  Shirkat xo'jaliklarining  iqtisodiy 
negizini,  ya’ni  mulkini  pay  (ulush)  asosida  tashkil  etilgan  paychilarning 
jamoaviy  mulki  tashkil  etar  edi.  Shirkat  xo‘jaliklarining  barcha  mulki 
(yerlaming  qiymatini  ham  qo'shib)  a'zolariga  pay  shaklida  bo‘lib  berildi. 
Shuning  natijasida  shirkat  a’zolari  mulk  egasi  bo‘ldilar.  Bu  hol  ularga  barcha 
inulkka birgalikda egalik qilish, foydalanish imkoniyatini berdi.
Shirkat  xo‘jaliklarini  faoliyat  ko'rsatib  turgan  jamoa  xo‘jaliklari 
/aminida  qayta  tashkil  etish  nazarda  tutilgan  edi.  Faoliyat  ko‘rsatib  turgan 
jamoa  xo‘jaligini  shirkat  xo‘jaligiga  aylantirish  xo‘jalik  a’zolarining  umumiy 
majlisi  qaroriga  asosan  amalga  oshirilgan.  Ushbu  qaror  o'zgartirilayotgan 
xo'jalikning  kreditorlariga  ham  yozma  ravishda  yetkazilishi  nazarda  tutilgan. 
Shu  qarorga  asosan  shirkat  xo‘jaligiga  aylantirilayotgan  xo'jalik  rahbarlari, 
mutaxassislari  va  a'zolaridan  iborat  komissiya  tuziladi.  Tuman  hokimining 
qarori  bilan  komissiya  ishida  tuman  hokimligi,  moliya  va  soliq  idoralari, 
banklar,  kasaba  uyushmasi  vakillari  ishtirok  etadilar.  Komissiya  zimmasiga 
nihoyatda  muhim  masalalar  yuklatilgan  edi.  Shu jumladan  mazkur  komissiya 
yangi  tashkil  etilayotgan  shirkat  xo‘jaligining 
Nizomi  loyihasini  ham 
tayyorlagan.
Mamlakatimizda  tashkil  etilgan  shirkat  xo‘jaliklari  dehqonlaming 
inoddiy  manfaatdorligini  oshirgan  bo‘lsada,  bozor  munosabatlari  talablariga 
loTiq  javob  bera  olmadi.  Ayrim  holatlarda  esa  shirkat  xo‘jaliklarini  tashkil 
ctishda tashkiliy-iqtisodiy tomondan ma’lum  kamchiliklarga yo‘1  qo‘yildi.  Shu 
sababli  mamlakatimiz  hukumati  tomonidan  qishloq  xo‘jaligiga  samarali, 
dehqonlarda  haqiqiy  mulkdorlik  hissini  uyg'otadigan,  ulaming  iqtisodiy 
ctkinligini  ta’minlaydigan  xo'jalik  yuritish  shakllarini  joriy  etishga  e'tibor 
qaratildi.  A w alo,  dehqonning  ishlab  chiqarishga  va  mulkka  egalik  hissining 
ortishi, eikin iqtisodiy faoliyat yuritishi, daromad olishi, uni o‘z xohishiga k c‘ra 
inustaqil taqsimlash hamda tasarraf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar 
sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari boshqa subyektlarga  nisbatan 
amaliyotda  o‘zining  bir  qancha  ijobiy  ustunliklarini  ko'rsatdi  va  shu  sababli 
l'ermer xo‘jaliklariga  istiqbolli xo'jalik yuritish shakli sifatida juda katta  e’tibor 
qaratildi.  1998-yil  30-aprelda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Fermer xo'jaligi 
to‘g‘risida»gi  Qonuni  qabul  qilingan  boTib,  u  36  moddadan  iborat.  Ushbu 
qonunning yangi  tahriri  2004-yil  26-avgustda  qabul  qilindi.  «Fermer xo'jaligi 
to‘g‘risida»gi  Qonunning  3-moddasida  fermer  xo'jaligiga  quyidagicha  ta’rif 
berilgan:  fermer  xo‘jaligi  -  ijaraga  berilgan  yer  uchastkalaridan  foydalangan 
holda  qishloq xo‘jaligi  tovar  ishlab  chiqarishi  bilan  shug‘ullanuvchi,  mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  natijasida  fermer  xo'jaliklari 
faoliyatining  rivojlanishi  hamda  samaradorligining  oshishi  ta'minlanmoqda. 
Chunonchi,  respublikamizda  2008-yiI  1-yanvar  holatiga  217,1  mingta  fermer 
xo'jaliklari  faoliyat yuritgan boiib,  ularda  1621,4 ming kishi band edi.  Fermer 
xo'jaliklariga  5787,8  ming  gektar  yer  uzoq  muddatga  ijaraga  berilgan  boiib, 
bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 26,7 gektar yer to'g'ri kelar edi.
Mamlakatimizda 
fermer 
xo‘jaliklari 
faoliyatining 
asosiy 
ko‘rsatkichlari  2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə