Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


-2008-yillarda Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

2007-2008-yillarda Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida
asosiy qishloq xo‘jaIik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi
Mahsulotlar
2007-yil
2008-yil
2008-yilda 
2007-yilga 
nisbatan, foiz 
bisobida
Tonna
Ishlab 
chiqarish 
umumiy 
hajmidagi 
ulushi, foiz
Tonna
Ishlab 
chiqarish 
umumiy 
hajmidagi 
ulushi, foiz
Boshoqli don
473738
81,4
469712
80,2
99,2
shu jumladan bug'doy
469863
81,6
465111
80,4
99,0
Kartoshka
2246
2,3
2456
2,3
109,3
Sabzavot
85578
24,5
89114
24,1
104,1
Poliz
17148
20,5
21053
22,6
122,8
Meva va rezavorlar
43232
56,5
42605
55,0
98,5
Uzum
75131
79,6
28108
61,1
37,4
Go‘sht, tirik vaznda
5131
5,3
5564
5,6
108,4
Sut
10073
2,3
10206
2,2
101,3
Tuxum, mln. dona
2,0
1.6
2,3
1,8
115,3
Jun
146,8
8,7
187,9
10,6
128,0
Pilla
1156,3
96,4
1364,2
96,9
118,0
Manba: Viloyat statistika boshqannasi ma'lumotlari.
2009-yil  1-yanvar holatiga viloyatdagi  fermer xo‘jaliklarida 49243  bosh 
yirik  shoxli  qoramol,  shu  jumladan  19297  bosh  sigir,  251036  bosh  qo‘y  va 
echkilar  va  195,9  ming  bosh  parrandalar  mavjud  bo‘lib,  2008-yilning  1-yanvar 
holatiga  nisbatan  yirik  shoxli  qoramollar  bosh  soni  7,0  foizga,  shu jumladan 
sigirlar  6,2  foizga,  qo‘y  va  echkilar  18,9  foizga,  parrandalar  2,6  baravarga 
ko‘paygan.
Surxondaryo viloyatida 2008-yilda jami yetishtirilgan boshoqli  donning 
80,2 foizi, pillaning 96,9 foizi, uzumning 61,1  foizi fermer xo'jaliklari hissasiga 
to‘g‘ri keladi.  Viloyatda ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, tuxum. 
sut,  kartoshka,  go‘sht kabi  mahsulotlami  yetishtirishda  fermer xo‘jaliklarining 
ulushi ancha past darajani tashkil etgan.
Surxondaryo  viloyatida  fermerchilik  harakatiga  qaratilgan  yuksak 
e'tibor  o‘zining  ijobiy  natijalarini  bermoqda.  Jumladan,  yurtboshimiz
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonidan  tadbirkor  va  hunarmandlami  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  tashkil 
etilgan  hamda  har  yili  an'anaviy  tarzda  o‘tkazilib  kelinayotgan  “Tashabbus” 
ko‘rik-tanlovining  “Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili”  deb  nom  berilgan 
2009-yildagi  “Tashabbus-2009” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida “Eng 
yaxshi fermer” nominatsiyasida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 
“Chorvador”  fermer xo'jaligi rahbari  Rahmiddin  Siddiqovich  Sharopov  g‘olib 
chiqdi.  Mazkur  fermer  xo'jaligining  356  gektar  sug‘oriladigan  yer  maydoni 
bo‘lib,  unda  94  nafar  xodimlar  mehnat  qiladi.  Fermer  xo‘jaligida  moddiy- 
tcxnika  bazani  yaxshilashga  alohida  e'tibor  qaratilgan  bo‘lib,  bunda  lizing 
imkoniyatlaridan  ham  keng  foydalanilmoqda.  Hozirgi  vaqtda  xo‘jalikda  16  ta 
haydov  traktorlari  va  19  ta  avtoulovlar  mavjud  bo‘lib,  ular  yuqori  mehnat 
unumdorligini ta'minlashga zamin yaratmoqda. “Chorvador” fermer xo'jaligida 
443  bosh  yirik  shoxli  qoramollar  mavjud  bo'lib,  fermer  xo‘jaligining  o‘z 
mablag'lari  hisobiga  Isroildan  olib  kelingan  minitexnologiya  xo'jalikda 
yetishtirilgan sutni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida xalqimiz dasturxoniga 
yetkazib bermoqda.  Fermer xo'jaligiga kredit evaziga 2006-yilda Polshadan 30 
bosh  naslli  qoramol  keltirilgan  va  hozirgi  kunda  ulaming  soni  127  ga  yetai. 
Mazkur  fermer  xo'jaligida  dehqonchilik  sohasida  ham  yuqori  natijalarga 
crishilmoqda.  Fermer  xo‘jaligi  2009-yilda  146  gektar  yerga  g ‘o‘za  ekib,  har 
gektaridan 45,0 sentnerdan paxta xomashyosi hamda  157 gektar yerga bug‘doy 
ekib,  har  gektaridan  48,0  sentnerdan  don  olishga  erishdi.  Shu  kabi  ilg‘or 
tajribalami barcha fermer xo‘jaliklarida keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz  qishloq xo‘jaligida  agrofirmalarning ham  alohida  o‘rni 
bor.  Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo'yicha 200 dan ortiq agrofirmalar faoliyat 
yuritmoqda. 
2008-yil  1-yanvar  holatiga  Surxondaryo  viloyatida  21  ta 
agrofirma tashkil etilgan boiib, ularning  9  tasida qayta ishlash  sexlari  mavjud. 
Shu  kunga  qadar  agrofirmalar  tomonidan  13661 
tonna  meva-sabzavot 
mahsulotlarini  eksport  qilish  uchun  shartnomalar  imzolandi  va  2008-yil  1- 
yanvar  holatiga  124  tonna  yoki  33,9  mln.  so'mlik  mahsulot  chetga  eksport 
qilindi.  Toshkent  shahrida  an’anaviy  tarzda  o'tkazib  kelinayotgan  «Agro 
Minitex Ekspo» savdo ko'rgazmasida Surxondaryo viloyatidan 2008-yilgacha  8 
ta  agrofirmalar  minitexnologiyalar  va  ixcham  uskunalar  olib  kelish  bo'yicha 
shartnoma  imzolagan.  Bu  esa meva-sabzavotlarni  qayta ishlash,  tayyor,  yuqori 
sifatli  mahsulotlarni  eksport  qilish  imkonini  beradi  va  o‘z  navbatida  yangi  ish 
o'rinlari tashkil etish, fermerlar va agrofirmalar daromadlarining oshishiga olib 
keladi.
Fermer  xo‘jaliklari  bilan  birgalikda  dehqon  xo‘jaliklari  ham  qishloq 
xo‘jaligida  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanmoqdalar.  Dehqon  xo‘jaliklari  shaxsiy 
yordamchi xo'jaliklari zaminida vujudga kelgan xo'jalik yuritish shaklidir.
Dehqon xo‘jaliklari -  shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari  zaminida vujudga 
kelgan  xo‘jalik  yuritish  shaklidir.  Qishloq  xo‘jaligida  xo‘jalik  yuritish
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


shakllaridan  bin  bo‘lgan  aholining  shaxsiy  yordamchi  xo‘jaliklari  XX  asming 
30-yillaridan  boshlab  vujudga  kela  boshlagan.  0 ‘sha  davrda  qishloq 
xo'jaligining  asosini  tashkil  etgan  jamoa  xo'jaliklari  va  davlat  xo‘jaliklari 
qishloq  aholisining  oziq-ovqatga  bo‘lgan  talabini  to‘liq  qondira  olmas  edi. 
Shuni  e'tiborga  olib,  qishloq  aholisi  uchun  cheklangan  miqdordagi  tomorqa 
uchastkasi  va  chorva  hayvonlariga  ega  bo‘lgan  shaxsiy  yordamchi  xo‘jalik 
yuritishga  imkon  berildi.  Garchi  aholining  shaxsiy  yordamchi  xo'jaliklari 
mamlakat  aholisini  oziq-ovqat  mabsulotlari  bilan  ta'minlash  va  ularda  o‘ziga 
xos  bo‘lgan  turmush  tarzini  shakllantirishga  muhim  hissa  qo'shgan  bo‘lishiga 
qaramay,  sobiq  sho‘ro  tizimida  ulaming  ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyatiga  yetarli 
e'tibor berilmay, jamoa va davlat xo‘jaliklarini  rivojlantirish ustuvor yo'nalish 
sifatida qarab kelindi.
0 ‘zbekistonda 
aholining 
shaxsiy 
yordamchi 
xo‘jaliklarini 
rivojlantirish  tomon  dastlabki  tadbirlar  o‘tgan  asming  80-yillari  oxirlaridan 
boshlab  amalga  oshirildi.  0 ‘zbekiston  respublikasi  Ministrlar  Kengashining 
1989-yil  15-avgustdagi  “Ishchilaming  shaxsiy  yordamchi  xo'jaliklarini  va 
yakka  tartibda  uy-joy  qurishni  yanada  rivojlantirish  to‘g‘risida”gi  qarori  va 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1990-yil  17-maydagi  “Jumhuriyat 
aholisining  shaxsiy  yordamchi  xo‘jaliklaridagi  mol  va  parrandalami  yem- 
xashak  bilan  ta’minlash  hamda  ularda  chorvachilik  mahsulotlari  yetishtirishni 
ko'paytirish  to‘g‘risida”gi  farmoni  respublikamizda  shaxsiy  yordamchi 
xo‘jaliklami rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.  Buning natijasida 
aholining  tomorqa  yer  maydonlarini  sezilarli  darajada  kengaytirish,  yakka 
tartibda  uy-joy  qurishga  bo'lgan  ehtiyojni  qondirish  va  ko‘pgina  qishloqda 
yashayotgan oilalar chorva mollarini sotib olish hamda yem-xashak yetishtirish 
imkoniyatlarini  oshirishga  erishildi.  Xususan,  1989-1990-yillar  davomida  1,5 
milliondan  ziyod  oilalaming  tomorqa  uchastkalari  hajmi  kengaytirildi,  ilgari 
tomorqa  uchastkasiga  ega  bo‘lmagan  580  ming  oila  esa  yer  uchastkasi  bilan 
ta’minlandi.  Aholiga  183  ming  gektardan  ko‘proq  sug‘oriladigan  yer 
maydonlari  ajratib  berildi.  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  o‘sha 
paytda  yuritilgan  oqilona  siyosat  natijasida  nafaqat  qishloq  xo‘jalik 
mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  oshirish  va  qishloq  aholisining 
daromadlarini oshirish, balki ulaming uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va 
ish  bilan  bandligini  ta'minlash  kabi  muhim  ijtimoiy  masalalaming  ham  hal 
etilishiga sharoit yaratildi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1991-yil  yanvar oyida  e’lon 
qilingan “Ishchilar va qishloq joylarda yashovchi boshqa fuqarolaming shaxsiy 
yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi  va  “Shaxsiy  tomorqa  xo‘jaliklarining  egalari  bo'lmish 
dehqonlarga  moliyaviy  yordam  berish  va  ular  uyushmasi  moddiy-texnika 
negizini  mustahkamlash  to‘g‘risida”gi  farmonlariga  asosan  o‘sha  yili  shaxsiy
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


yordamchi  xo'jaliklari  uchun  yana  qo‘shimcha  ravishda  108,5  ming  gektar 
sug‘oriladigan yerlar ajratib berildi va  1991-yil oxiriga kelib shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklarida foydalaniladigan maydonlar qariyb 500 ming gektarga yetdi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  mustaqilligini  qoiga  kiritgandan  so'ng 
aholining shaxsiy yordamchi  xo‘jaliklarini  har tomonlama  rivojlantirish  tomon 
qat'iy 
chora-tadbirlar 
amalga 
oshirildi. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining  1997-yil  mart  oyida  qabul  qilingan  “Shaxsiy  yordamchi  va 
dehqon  xo'jaliklarini  davlat  yo‘li  bilan  qo'llab-quvvatlash  hamda  mamlakatni 
oziq-ovqat  bilan  ta'minlashda  ulaming  rolini  kuchaytirish  borasidagi  chora- 
tadbirlar  to‘g‘risida”gi  farmonida  aholining  shaxsiy  yordamchi  xo‘jaliklarini 
rivojlantirishni 
davlat 
tomonidan 
qo'llab-quvvatlash 
hamda 
ularning 
manfaatlarini  himoya  qiluvchi  uyushma  faoliyatini  yanada  takomillashtirish 
masalalari belgilab berildi.
1998-yil  30-aprelda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Dehqon  xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi  qonunning  qabul  qilinishi  bilan  aholi  shaxsiy  yordamchi 
xo'jaliklarining  maqomini  aniqlashtirish,  ulaming  muvaffaqiyatli  faoliyat 
yuritishini 
ta'minlashning 
qonuniy 
mexanizmlari 
takomillashtirildi. 
Birinchidan,  aholining  shaxsiy yordamchi  xo'jaliklari  dehqon xo‘jaligi  sifatida 
qayta nomlandi va uning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslari mustahkamlab 
qo‘yildi.  Ikkinchidan,  dehqon  xo‘jaligining  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati, 
maqomi,  tashkiliy-iqtisodiy  asoslari  va  uning  qishloq  xo'jaligi  bilan 
shug‘ullanuvchi  tadbirkorlik  subyekti  sifatidagi  xususiyatlari  aniq  belgilab 
berildi.  Uchinchidan,  0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  1998- 
yil  15-iyuldagi  300-sonli  qarori  bilan  faoliyat  ko‘rsatayotgan  shaxsiy 
yordamchi  xo'jaliklami  dehqon  xo‘jaliklariga  o‘zgartirish  tartibi  tasdiqlandi. 
To‘rtinchidan,  “Dehqon  xo‘jaligi  to‘g‘risida”gi  qonunda  ulami  davlat  yo‘li 
bilan  va  boshqa  tarzda  qo‘llab-quwatlash  hamda  ulaming  faoliyatini  tartibga 
solish mexanizmi belgilab berildi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Dehqon  xo‘jaligi  to‘g‘risida”gi 
qonunning  1-moddasida dehqon xo‘jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan:  dehqon 
xo‘jaligi  -  oilaviy  mayda  tovar  xo‘jaligi  boTib,  oila  a'zolarining  shaxsiy 
mehnati  asosida  meros  qilib  qoldiriladigan,  umrbod  egalik  qilish  uchun  oila 
boshlig'iga (merosxo‘rga)  foydalanishga biriktirilgan tomorqa yer uchastkasida 
qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  yetishtiradi.  Bu  mahsulotlarni  dastawal  o‘z 
talablarini  qondirish  uchun  ishlatib,  ortiqchasini  realizatsiya  qiladi.  Dehqon 
xo‘jaligidagi  faoliyat  tadbirkorlik  faoliyati  jumlasiga  kiradi  hamda  dehqon 
xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik 
shaxs  tashkil  etmasdan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Dehqon  xo'jaligi  o‘z 
faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dehqon  xo‘jaligi  o‘z  faoliyatini  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni asosida amalga oshiradi. Ushbu qonun 
31  moddadan iborat.
Dehqon  xo‘jaligi  a’zolariga  birgalikda  yashayotgan  va  dehqon 
xo‘jaligini  birgalikda  yuritayotgan  oila  boshlig‘i,  uning  turmush  o‘rtog‘i, 
bolalari,  shu jumladan,  farzandlikka  olingan  bolalari,  tarbiyaga  olgan  bolalari, 
ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradilar.
Dehqon  xo‘jaligini  yuritishdan  ko‘zda  tutilgan  maqsad  ichki  iste'mol 
uchun  va  tovar  mahsuloti  yaratish,  shuningdek  boshqa  faoliyat  turlari  orqali 
o ‘zi  va  oilasining  moddiy  farovonligini  ta’minlashdan  iboratdir.  Dehqon 
xo‘jaligining  asosiy  vazifasi  qishloq  aholisini  foydali  mehnat  va  tadbirkorlik 
faoliyatiga  keng  jalb  etish  orqali  ishlab  chiqarish  resurslaridan  oqilona 
foydalanishga  erishish  hamda  shu  asosda  eng  kam  sarf-xarajat  evaziga 
mahsulot yetishtirishni  har tomonlama ko‘paytirishdan iborat.  Shuningdek, yer 
resurslaridan  unumli  foydalanish,  mamlakat  ahohsining  oziq-ovqatga  bo'lgan 
ehtiyojini  qondirishda  hissa  qo‘shish,  o‘zi  joylashgan  hududning  ijtimoiy 
rivojlanishini  ta'minlashda  ishtirok  etish  kabi  bir  qator  vazifalami  yechishda 
ham dehqon xo'jaliklari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.
Dehqon  xo‘jaligi  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  faoliyat  yurituvchi 
tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega:
-  ishlab  chiqarish hajmining kichikligi bozor konyunkturasiga tez moslashish 
va  ko‘p  mablag'  sarflamay  o‘z  faoliyati  yo‘nalishlarini  qayta  shakllantirish 
imkonini beradi;
-  oila  mehnatiga  tayanish  uy  bekalari  va  bolalar  mehnatidan,  qariyalar 
tajribasidan  unumli  foydalanish  hamda  asrlar  davomida  shakllanib  kelgan 
dehqonchilik  madaniyatini  avloddan-avlodga  o'tkazib  borishga  sharoit 
yaratadi;
-  xususiy  mulk  egaligi  hamda  yerning  meros  qilib  qoldirilish  huquqi  bilan 
umrbod egalikka berilishi moddiy manfaatdorlikni oshiradi va mulkdan oqilona 
foydalanishga yo‘l ochadi.
Dehqon  xo‘jaliklari  tarkibiga  tomorqa  yerlariga  ega  bo'lgan  oila 
xo‘jaliklari  ham  kiradi  va  ulaming  asosiy  maqsadi  -  shaxsiy  mehnatlari,  mol- 
mulklaridan  foydalangan  holda  o‘z  talablarini  hamda  boshqalarning  talablami 
qondirish  uchun  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  yetishtirishdir.  Oila  xo'jaliklari 
chorvachilik,  sabzavot,  poliz  mahsulotlari  bilan  iste'mol  bozorini  to‘ldirishda 
faol  qatnashmoqdalar.  Aholi  iste'mol  qilayotgan  mahsulotlaming  aksariyat 
qismini  dehqon  xo‘jaliklari  yetkazib  bermoqda.  Ular  hozirgi  vaqtda 
respublikada  yetishtirilayotgan  jami  go'sht  va  go‘sht  mahsulotlarining,  sut 
mahsulotlari,  kartoshka,  sabzavot  va  poliz  mahsulotlarining  asosiy  qismini 
yetishtirmoqdalar.
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dehqon xo'jaliklari agrar sohada yangi xo‘jalik yuritish shakli sifatida 
shakllanib  borishi  bir  tomondan  haqiqiy  mulk  egaligining  vujudga  kelishiga 
imkon yaratsa,  ikkinchi tomondan  mulkchilikning  boshqa  turlariga asoslangan 
korxonalar  bilan  ma’lum  darajada  raqobat  kurashi  muhitini  yaratishga  yo‘l 
ochadi.  Dehqon  xo‘jaligi  ichki  iste'mol  va  mayda  tovar  qishloq  xo‘jaligi 
mahsuloti  yetishtirish  bilan  bog‘liq  hamda  xo‘jalik  a'zolarining  shaxsiy 
mehnatiga  asoslangan  faoliyat  tadbirkorlik  faoliyati jumlasiga  kiradi.  Dehqon 
xo'jaligi  o‘z  faoliyati  yo‘nalishlarini,  ishlab  chiqarish  tuzilishi  va  hajmlarini 
inustaqil 
ravishda 
belgilaydi. 
Mamlakatimizda 
dehqon 
xo'jaliklarini 
i ivojlantirish 
borasida  amalga  oshirilayotgan 
tadbirlar  o‘zining  ijobiy 
natijalarini bermoqda.
Dehqon  xo'jaliklari  faoliyatining  asosiy  ko‘rsatkichlari  2.4-jadvalda 
keltirilgan.
2.4-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə