Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

YMQ 
YD 
SF
 
~  QXY  ’ QXY  ’ QXY
Bunda: 
YM-
  foydalanilgan  yerlarning  mahsuldorligi,  ya'ni,  bir  gektar 
qishloq xo'jalik yer maydonidan  necha  so'mlik yalpi  mahsulot, yalpi  daromad 
hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YMQ -
 olingan yalpi mahsulot qiymati, ming so‘mda;
QXY -
 qishloq xo'jalik yerlari, ga;
YD -
 olingan yalpi daromad summasi, ming so‘mda;
SF -
 olingan sof foyda summasi, ming so'mda.
f)  suvdan  foydalanish  samaradorligi.  Bu  ko‘rsatkich yordamida har  1 
m3 suv evaziga olingan  yalpi mahsulot miqdori, qiymati, daromad va sof foyda 
summasi quyidagi tengliklar yordamida  aniqlanadi:
S F S _  YH 
YMQ 
YD 
SF
~ FSM
  ’  
FSM
  ’  
FSM
  ’  
FSM
Bunda: 
SFS -
 suvdan foydalanish samaradorligi;
F SM -
 foydalanilgan suv miqdori, mJ
Bu natural hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi.  Bunda  1  m3 suvdan 
foydalanish  natijasida  qancha  miqdorda  mahsulotlar  yetishtirilganligi  hamda 
necha  so‘mlik  yalpi  mahsulot  va  yalpi  daromad,  sof  foyda  olinganligi 
aniqlanadi.
g)  sug‘orish  tizimidan  foydalanish  koeffitsiyenti.  Uning  darajasini 
aniqlash  uchun  shu  tizimning  oxirida  ekinlami  sug'orish  maqsadida  berilgan 
suv  miqdorini  shu  tizim  boshida  olingan  suv  miqdoriga  taqsimlash  zarur. 
Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bunda: 
STflc -
 sug'orish tizimidan foydalanish  koeffitsiyenti;
TOS
 - sug'orish tizimining oxirida ekinlarga berilgan suv miqdori;
TBS
 - sug'orish tizimining boshida olingan suv miqdori.
Bu  ko'rsatkich  sug‘orish  tizimining  holatini  ham  ifodalaydi  va  uning 
darajasi  yoki  koeffitsiyenti  1  ga  intilishi  kerak.  Chunki  sug‘orish  tizimining 
boshida  olingan  suv  ekin  maydonlariga  to‘liq  yetkazilishi  lozim.  Agar  uning 
darajasi  past  boisa,  demak,  suvning  m aium   miqdori  tizim  davomida  yerga 
singib  ketgan  yoki  samarasiz foydalanilgan  boiishi  mumkin.  Keyingi  yillarda 
qishloq  xo‘jaligida  fiydalanilayotgan  xo'jaliklararo  sug‘orish  kanallarining 
eskirganligi  hamda  ayrim  xo‘jaliklarda  ariqlaming  o‘z  vaqtida  va  sifatli 
tozalanmasligi  sababli  ularda  suv  resursining  bir  qismi  behuda  yerga  singib 
ketmoqda.  Bu  esa  suv  resursidan  samarasiz  foydalanishga  va  yerlaming 
meliorativ  holati  yomonlashishiga  olib  kelmoqda.  Shu  sababli  sug‘orish 
tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish lozim.
Sug‘orish 
tizimlarining 
holati 
suv 
resursidan 
foydalanish 
samaradorligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.  Suvning bir qismi sug‘orish tizimida 
zaminga  singishi  tufayli  suv  manbalaridan  olinayotgan  namlikning  foydali 
koeffitsienti  kamligicha  qolib  ketmoqda.  Gap  shundaki,  sug‘orish  tizimlarida 
va  sug'orish  maydonlarida  suvning  katta  miqdordagi  qismi  grantga  siziladi. 
0 ‘zbekistonda  magistral  va  xo'jaliklararo  sug'orish  tarmoqlarining  foydali 
ta’sir  koeffitsienti  0,81,  xo‘jaliklar  ichidagi  tarmoqlamiki  esa  0,74,  sug‘orish 
tannoqlariniki  0,59,  jami  o'rtacha  0,64  ga  teng.  Binobarin,  36%  suv  amalda 
foydalanilmaydi.  Chunki,  ulaming  asosiy  qismi  yerga  shimilib  ketadi.  Agar 
xo‘jaliklar  ichidagi  sug‘orish  tarmoqlarining  o'zanlarini  suv  o'tkazmaydigan 
material  bilan  iloji  boricha  ko‘proq  qismini  qoplashga  erishilsa,  ulaming 
foydali  ta’sir  koeffitsiyentini  0,85  gacha  yetkazish  mumkin  bo‘ladi.  Bu  ancha 
suvni tejashga imkon beradi.
3.3.  Yer  to‘g‘risidagi  me'yoriy  hujjatlar.  Yer  monitoringi  va  davlat  yer 
kadastri.
Yer va suv umummilliy boylikdir.  0 ‘zbekiston Respublikasi xalqining 
hayoti,  faoliyati  va  farovonligining  asosi  sifatida  ulardan  oqilona  hamda 
samarali  foydalanish  zarurligi  Yer  Kodeksida,  «Suv  va  suvdan  foydalanish 
to‘g‘risida»gi  Qonunda  alohida  ta’kidlangan.  Respublika  hududidagi  barcha 
korxonalar,  fuqarolar  bu qonuniy  talabni  bajarishlari  shart.  Shuning uchun ular 
tuproq  unumdorligini  saqlash  va  oshirishga,  suvni  iflos  qilmaslikka,  shuning 
negizida ulardan talab darajasida samarali foydalanishga katta e'tibor berishlari 
lozim.  Shu mas'uliyatni his  etgan holda qishloq xo'jalik korxonalari  uni  ijobiy
56
www.ziyouz.com kutubxonasi


hal  etishga,  foydalanish  mumkin  bo‘lgan  maydonlardan  to‘liq  va  samarali 
foydalanishga  intilmoqdalar.  Eng  asosiy  maqsad  aholining  oziq-ovqatga, 
sanoatning esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondirishdir.
0 ‘zbekistonda  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilayotgan  agrar 
iqtisodiy  islohotlar natijasida yangi tamoyillarga  asoslangan yer munosabatlari 
shakllanmoqda.  Uning  asosiy  qoidalari  qonunchilik  hujjatlarida  o‘z  ifodasini 
topgan. 
Bosh 
qomusimiz 
hisoblangan 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining  55-moddasida  «Yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  o‘simlik  va 
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona  foydalanish  zarur  va  ular  davlat  muhofazasidadir»  -  deb  belgilab 
qo'yilgan.  Mamlakatimiz  qishloq xo‘jaligida yerdan  foydalanish  ijara usuliga 
asoslangan bo'lib, yer  ijara mexanizmi  orqali  bozor munosabatlariga lciritiladi. 
Shuni  ta'kidlash  zarurki,  agrar  islohotlar jarayonida  qishloqda  turli  toifadagi 
yerdan foydalanuvchilar soni keskin ko'paydi va bu hozir ham davom etmoqda. 
Shu bilan birga, har yili  qishloq xo‘jaligi yerlari noqishloq xo‘jalik maqsadlari 
uchun  ajratilishi  davom  etmoqda.  Ushbu  vaziyatlarda  davlatning  yer 
resurslaridan  foydalanishni  boshqarish  mexanizmlarini  takomillashtirish  katta 
ahamiyatga  ega.  Bunda  rivojlangan  xorij  davlatlarida  to‘plangan  tajribalami 
hisobga olish samarali yo'llardan biridir.
1998-yil  30-aprelda 0 ‘zbekiston  Respublikasining Yer Kodeksi  qabul 
qilingan.  Ushbu  Kodeks  14  bob,  91  moddadan  iborat  boiib,  yer  resursining 
toifalari va undan faydalanish bo‘yicha barcha qoidalar yoritib berilgan.  Ushbu 
Kodeksning 
1-moddasida 
«Yer 
umummilliy 
boylikdir, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi  xalqi  hayoti,  faoliyati  va  farovonligining  asosi  sifatida  undan 
oqilona  foydalanish  zarur  va  u  davlat  tomonidan  muhofaza  qilinadi»  -  deb 
ta'kidlangan.
Respublikamizda  ekin  maydonlarining  aholiga  shaxsiy  tomorqa 
xo‘jaligi  va  turar joylarni  qurish  uchun,  sanoat,  sug‘orish  inshootlarini  barpo 
etish  uchun  ajratilishi  oqibatida  ekin  ekiladigan  maydon  kamaymoqda.  Bu 
obyektiv jarayon kelajakda ham davom etadi.  Shuning uchun  rnavjud yerlardan 
yil  davomida  oqilona,  samarali  foydalanish  zarur.  1993-2003-yillarda 
respublikaning  umumiy  ekin  maydoni  173,5  ming  gektarga  yoki  4,1  foizga 
qisqargan.  Lekin  shu  davrda  g‘alla  maydoni  salkam  400  ming 
gektarga 
ko‘paygan.  Bu  g‘alla hosili ko‘payishiga ijobiy  ta'sir etdi.  G‘alla maydonining 
kengayishi  asosan paxta  hamda  ozuqa  ekinlari  maydonlari  kamayishi  evaziga 
yuz bergan.  Shu  davrda paxta  ekiladigan  maydon  260,6  ming  gektarga,  ozuqa 
ekinlari  ekiladigan  maydon  esa  410  ming  gektarga  qisqargan.  Ozuqa  ekinlari 
maydonlarining  qisqartirilishi  o‘z  navbatida  almashlab  ekish  tizimining 
buzilishiga  olib  keldi  hamda  chorvachilikning  mustahkam  ozuqa  bazasini 
barpo etishga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.  Shu bois kelajakda yerdan foydalanish
57
www.ziyouz.com kutubxonasi


samaradorligini  yuksaltirish  uchun  almashlab  ekishni  joriy  etishga  alohida 
e’tibor qaratish zarur.
Hozirgi  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  sharoitida  mamlakatimiz 
hukumati  tomonidan  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  to'liq  ta’minlash, 
eksport  hajmini  oshirish,  tarmoqda  ishlab  chiqarishni  diversifikatsiyalash 
maqsadida qishloq xo‘jaligidagi ekin maydonlarini optimallashtirishga e'tibomi 
kuchaytirmoqda.
2008-yil 20-oktabrda  0 ‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining «Oziq- 
ovqat  ekinlari  ekiladigan  maydonlami  optimallashtirish  va ulami  yetishtirishni 
ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PF-4041-sonli  Farmoni  e'lon qilindi 
va  unga  ko‘ra  mamlakatimizda  oziq-ovqat  mahsulotlarini  yetishtirishni 
ko'paytirish maqsadida paxta ekib kelinayotgan maydonlarning bir qismi g'alla 
va  boshqa  ekinlar  uchun  ajratib  berildi.  Ushbu  farmon  ijrosini  ta’minlash 
bo'yicha  Surxondaryo  viloyati  Hokimining  2008-yil  23-oktabrda  169-sonli 
qarori  qabul  qilingan  va ushbu  qarorda  2009-yil  hosili  uchun  aw al paxta  ekib 
kelingan  3400 gektar yeming 3000 gektariga g ‘alla,  115  gektariga sabzavot,  30 
gektariga kartoshka va 255  gektariga moyli ekinlar ekish rejalashtirilgan.
Ekinlar  ekiladigan  yerlardan  to'liq  va  samarali  foydalanishga  barcha 
xo‘jaliklar alohida e'tibor bermoqdalar.  Bu harakat ijobiy natijalar bermoqda va 
so'nggi yillarda barcha turdagi ekinlaming hosildorlik darajasi ortib bormoqda.
O'zbekiston  Respublikasi  qishloq  xo‘jaligining  suv  resurslariga 
bo‘lgan  talabi  so‘nggi  yillarda 
49,4  mlrd.  m3  ni  tashkil  etmoqda.  Suv 
resurslaridan  unumli  foydalangan  holda 
xo'jaliklar  g'alla,  paxta  ekilgan 
maydonlardan  yuqori  hosil  olib,  yerdan  samarali  foydalanmoqdalar.  Buning 
uchun ular ekin ekiladigan yerlarni vaqtida sifatli haydab, sara urug'larni yangi 
texnologiyalar asosida ekib, parvarishlashga aloqador boshqa tadbirlami e'tibor 
bilan  o‘tkazmoqdalar.  Ekinlarga  agrotexnik  muddatlarda  suv,  o‘g ‘it  berish, 
yetishtirilgan  hosilni  qisqa  muddatda  sifatli  qilib  yig‘ishtirib  olishga  e'tibor 
bermoqdalar.  Bu  jarayonda  xo‘jalik  rahbarlari,  mutaxassislari  barcha 
imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda fermer va dehqon xo‘jaliklarida yerlardan  foydalanish 
samaradorligi  yil  sayin  yaxshilanmoqda.  Bunga  asosan  mulk  va  unga 
egalikning  o'zgarishi,  ya’ni  manfaatdorlikning  ortishi 
ta'sir  ko‘rsatgan. 
Qishloq  xo'jalik  ekinlari  hosildorligining  oshishi  yerdan  foydalanish 
samaradorligi  yuksalishini  ta'minlaydi.  Lekin  erishilgan  natijalar  o‘sib 
borayotgan  talab  darajasida  emas.  Yer  va  suv  resurslaridan  foydalanishning 
iqtisodiy  samaradorligini  oshirish  uchun  bir  qancha  tashkiliy,  iqtisodiy 
tadbirlami  amalga  oshirish  lozim.  Yerlaming  meliorativ  holatini  tubdan 
yaxshilashni ta'minlovchi  tadbirlami kompleks  amalga oshirishni rivojlantirish 
juda  muhim  hisoblanadi. 
1990-yilda  respublikamiz  bo‘yicha  umumiy 
sug‘oriladigan  maydonlaming  48,2  foizi  turli  darajada  sho'rlangan  bo‘lsa,
58
www.ziyouz.com kutubxonasi


2005-yilga kelib  65,9  foizga yetgan  edi.  Ayrim viloyatlarda ushbu ko‘rsatkich 
juda yuqori.  Masalan,  Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich mos ravishda 79,3  va 
85,7  foizni  tashkil  qilgan.  Yerlaming  sho'rlanish  darajasiga  ayrim  joylarda 
irrigatsiya  tizimining  yaroqsiz  holga  kelganligi,  suvdan  tejab-tergab  samarali 
foydalanish  qoidalarining  buzilishi,  ekinlarni  sug‘orish  texnologiyasining 
takomillashmaganligi,  yerdan  foydalanuvchi  subyektlar  sonining  ko‘payishi, 
ularga  ijaraga  berilayotgan  yer  uchastkalarining  maydalashib  ketganligi  va 
ulaming  meliorativ  tadbirlami  amalga  oshirishga  mablag‘lari  yetishmasligi 
sabab bo'lmoqda.
Prezidentimiz  LKarimov  ta'kidlaganlaridek:  «...  yerlaming  meliorativ 
holatini,  ishdan  chiqqan  vertikal  va  gorizontal  drenajlami,  kollektorlami 
tartibga  solmasdan,  bu  boradagi  og‘ir  muammolami  hal  qilmasdan  turib, 
bugungi vaziyatdan chiqishni umuman tasaw ur qilish qiyin. Toki ushbu masala 
yechilmas  ekan,  dehqonlarimiz  qanday  fidokorona  mehnat  qilmasin,  qanday 
shijoat ko'rsatmasin, bu harakatlar kutilgan natijaga olib kelishi amrimahol»4.
Bu muammoni yechishda davlatning bevosita ko‘magi lozim.  Bu muhim 
tadbimi  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  o‘zlari  bajara  olmasligi  mumkin, 
chunki ulaming texnik-iqtisodiy quwati yetmaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalari 
yerlarining  meliorativ  holatini  yaxshilashda  irrigatsiya  va  melioratsiya  davlat 
hissadorlik  tashkilotlarining  ma’lum  haq  evaziga  xizmat  qilishini  yo‘lga 
qo'yish  maqsadga muvofiqdir.  Mazkur  soha  bo‘yicha amalga oshirilishi  lozim 
bo‘lgan  ishlaming  huquqiy  asoslari  yaratilgan  bo'lib,  ular  jumlasiga 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2007-yil 
29-oktabrdagi 
«Sug‘oriladigan  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshilash  tizimini  tubdan 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  PF-3932  sonli  Farmoni, 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2007-yil  31-oktabrdagi  « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  sug‘oriladigan  yerlaming  meliorativ 
holatini  yaxshilash jamg'armasi  faoliyatini  tashkil  etish to‘g ‘risida»gi  PQ-718 
sonli  Qarori,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  2007-yil  21- 
dekabrdagi  « 0 ‘zmeliomashlizing»  davlat  lizing  kompaniyasini  tashkil  etish 
to‘g‘risida»gi 266-sonli Qarori, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008- 
yil  19-martdagi  «2008-2012-yillarda  sug'oriladigan  yerlaming  meliorativ 
holatini  yaxshilash  Davlat  dasturi  to‘g‘risida»gi  PQ-817-sonli  Qarori  va 
boshqalami kiritish mumkin.
Bundan  tashqari  «Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili»  Davlat 
dasturida belgilab berilgan chora tadbirlaming to‘rtinchi yonalishi - 2008-2012- 
yillarda  sug‘oriladigan  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshilash  davlat 
dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar tizimining izshil amalga  oshirilishiga,
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  xalq  deputatlari  Sirdaryo  viloyati 
Kengasbining  navbatdan  tashqari  sessiyasidagi  nutqi.  « 0 ‘zbekiston  ovozi»  gazetasi,  27-noyabr 
2004-yil
59
www.ziyouz.com kutubxonasi


ya’ni 
ekin 
maydonlarining 
meliorativ 
ahvolini 
yaxshilash, 
faoliyat 
ko'rsatayotgan  irrigatsiya-melioratsiya  obyektlarining  tegishli  texnik  holatini 
ta’minlash, 
ixtisoslashgan 
suv 
xo'jaligi, 
qurilish 
va 
ekspluatatsiya 
tashkilotlarimng  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash,  ulami  zamonaviy 
texnika bilan jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratishdir. Bundan tashqari 
mazkur  dasturda  sug'orishning  tejamli  usullarini,  jumladan,  tomchilatib 
sug'orishni joriy  qilishga  ham  alohida  e'tibor  qaratilgan.  Unda  tegishli  asbob- 
uskunalar  va  tizimlarni  mamlakatimizning  o'zida  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etgan  holda  2009-2020  yillarda  tomchilatib  sug‘orish  tizimlarini  joriy  etish 
dasturini  ishlab  chiqish  nazarda  tutilgan.  Bundan  tashqari  respublika 
viloyatlarida  2009-yilda jami  3710  gektar  maydonda  tomchilatib  sug'orishni 
joriy etish mo'Ijallangan edi.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  LKarimovning  2007-yilda 
mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2008-yilda  iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning 
eng 
muhim 
ustuvor 
yo‘nalishIariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi «Inson manfaatlari ustuvorligini 
ta’minlash—  barcha  islohot  va  o'zgarishlanmizning  bosh  maqsadidir» 
mavzusidagi  ma’ruzasida  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshilashga  alohida 
e'tibor qaratdi.
Bugungi  kunda  mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligi  samaradorligini 
oshirish  masalasi  sug‘oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  va 
unumdorligini  oshirish  bo‘yicha  o‘ta  muhim  vazifani  hal  etish  bilan  bevosita 
bog'liqdir.  Mazkur  muammoni  hal  etish  ko‘p  jihatdan  2008-2012-yilIarga 
mo‘ljaIlangan  sug‘oriladigan  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshilashga 
qaratilgan  davlat  dasturini  amalga  oshirish  bilan  bog‘liqdir.  Ushbu  dasturda 
melioratsiya  inshootlarini  barpo  etish,  rekonstmksiya  qilish  va  ta'mirlash, 
melioratsiya  texnikasi  parkini  yangilash  bo‘yicha  keng  ko'lamli  ishlarni 
bajarish  belgilangan. 
2008-2012-yillarda  umumiy  uzunligi  3,5 
ming 
kilometrdan  ziyod 
bo‘lgan 
magistral, 
tumanlararo 
va  xo'jaliklararo 
kollektorlami,  mingdan  ortiq  melioratsiya  qudug‘ini  barpo  etish  va 
rekonstruksiya  qilish,  7,6  ming  kilometrlik  drenaj  tarmog‘ini  qayta  tiklash 
vazifasi qo'yilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2008-yil  19-martdagi  PQ-817- 
sonli  «2008-2012-yillarda  sug‘oriladigan  yerlaming  meliorativ  holatini 
yaxshilash  Davlat  dasturi  to‘g‘risida»gi  qaroriga  muvofiq  2008-yilda  mazkur 
Davlat dasturi  doirasida jami  92,9  mlrd.  so‘m mablag*  maqsadli  o‘zlashtirildi. 
Jumladan,  rekonstruksiya  qilish  va  qurish  bo'yicha  47  ta  loyiha  (22,4  mlrd. 
so‘m)  hamda  243  ta  obyekt  bo‘yicha  (38,6  mlrd.  so‘m)  ta’mirlash-tiklash 
ishlari  amalga  oshirildi  va  31,9  mlrd.  so'mlik  meliorativ  texnikalar  xarid 
qilindi.  Sug'oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  maqsadida 
266,5  kilometr  masofadagi  kollektor-drenaj  tarmoqlari  rekonstmksiya  qilindi
60
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  qurildi,  uzunligi  11052,7  kilometr magistral,  tumanlararo  va  xo'jaliklararo 
kollektorlar  tozalandi,  jami  896,2  kilometr  masofada  yopiq-yotiq  zovur 
tarmoqlari  ta'mirlandi  hamda  lizing  asosida  144  dona  gidravlik  zanjirli 
ekskavatorlar  keltirilib,  shundan  112  tasi  yangi  tashkil  etilgan  Davlat  unitar 
korxonalariga yetkazib berildi.
Sug‘oriladigan  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshilash,  tuproqning 
unumdorligini  tubdan  oshirish  borasida  2009-yilda  3710  ga  yer  maydonida 
tomchilab sug‘orishni tashkil qilish ko‘zda tutilgan edi.
Hozirgi vaqtda yurtimizda jami sug‘oriladigan yerlaming qariyb 49 foizi 
turli  darajada  sho‘rlangan  bo‘lib,  buning  qariyb  18  foizi  kuchli  va  o‘rta 
darajada  sho‘rlangan  yerlardir,  23  foizdan  ortig‘i  esa  boniteti  past  yerlar 
toifasiga  kiradi.  Meliorativ  holati  qoniqarsiz  yerlarning  katta  qismi 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Xorazm,  Buxoro,  Jizzax  va  Farg‘ona 
viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimizda 
yerlaming 
meliorativ 
holatini 
yaxshilash 
va 
unumdorligini  oshirishga  yo‘naltirilayotgan  investitsiyalar  hajmi  yil  sayin 
oshirib  borilmoqda.  Ayni  paytda  ushbu  maqsadlar  uchun  yo‘naltirilayotgan 
katta miqdordagi mablag‘lardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish va ulami 
maqsadli  ishlatish,  zamonaviy texnologiyalar va texnikani joriy etishga  e'tibor 
berish lozim.
Maxsus  ishlab  chiqilgan  keng  ko‘lamli  dastumi  izchil  amalga  oshirish 
hisobidan  yerlaming  meliorativ  holati  muttasil  yaxshilanmoqda.  Faqat 
2010-yilning  o‘zida  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshiiashga  qaratilgan 
loyihalami  amalga  oshirish  uchun  150  milliard  so'mdan  ortiq  mablag1 
yo‘naltirildi  va  bu  724  kilometrlik  kollektor-drenaj  tarmoqlari,  208  ta 
meliorativ  quduqlami  barpo  etish  va  rekonstmksiya  qilish,  qariyb  14  ming 
kilometrlik  kollektor-drenaj  tizimini  ta'mirlash,  qayta  tiklash  va  335  ta 
zamonaviy melioratsiya texnikasini xarid qilish imkonini berdi.
Qashqadaryo, 
Buxoro,  Navoiy, 
Surxondaryo, 
Sirdaryo, 
Jizzax 
viloyatlari,  shuningdek,  Markaziy  Farg‘ona  hududi  va  QoraqaIpog‘iston 
Respublikasida irrigatsiya hamda melioratsiya inshootlarini qayta tiklash uchun 
2010-yilda  xalqaro  moliya  institutlarining  62  million  dollardan  ziyod 
mablag'lari jalb qilindi va o'zlashtirildi.
Amalga  oshirilgan  ana  shunday  keng  miqyosdagi  ishlar  natijasida  260 
ming gektar sug'oriladigan yeming meliorativ holati yaxshilandi va bu qishloq 
xo‘jaligi  ekinlari  hosildorligini,  fermer  hamda  dehqon  xo'jaliklarining 
daromadini oshirish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
2007-yil  25-dekabrda  « 0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksini 
tasdiqlash  to‘g‘risida»  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  qabul  qilindi  va 
mazkur  Kodeks  2008-yil  1-yanvardan  amaliyotga  joriy  etildi.  Mazkur 
Kodeksning  57-bobi  yagona  yer  solig'iga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  imda  qishloq
61
www.ziyouz.com kutubxonasi


xo'jaligi  tovarlari  ishlab  chiqaruvchilar  va  qishloq  xo‘jaligi  yo'nalishidagi 
ilmiy-tadqiqot  tashkilotlarining  tajriba-eksperimental  xo‘jaliklari  va  ta’lim 
muassasalarining  o‘quv-tajriba  xo‘jaliklari  yagona  yer  solig'i  to‘lovchilari 
ekanligi,  o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, yuridik shaxs  tashkil etgan va tashkil 
etmagan  holda  tuzilgan  dehqon  xo'jaliklari  yagona  yer  solig‘ini  to‘lovchilar 
sifatida qaralmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu  Kodeksning  364-moddasida 
yer  uchastkalari  ijaraga  (shu 
jumladan  ichki  xo'jalik  pudratiga)  berilganida  yagona  yer  solig'ini  to‘lash 
majburiyati  ijaraga beruvchining zimmasida saqlanib qolishi  ko‘rsatilgan.  365- 
moddada  esa  qonun  hujjatlariga  muvofiq  qishloq  xo‘jaligini  yuritish  uchun 
egalik qilishga,  foydalanishga yoki  ijaraga berilgan  yer uchastkasi  soliq  solish 
obyekti 
ekanligi 
ko'rsatilgan. 
366-moddada 
soliq 
solinadigan 
yer 
uchastkalarining  qonun  hujjatlariga  muvofiq  belgilangan  normativ  qiymati 
soliq 
solinadigan 
bazadir. 
Yer 
uchastkalarining 
normativ 
qiymati 
belgilanmagan  qishloq  xo'jaligi  tovari  ishlab  chiqaruvchilari  uchun  soliq 
solinadigan yer uchastkalari maydoni soliq solinadigan bazadir.
Mazkur  Kodeksning  367-moddasida  yagona  yer  solig'i  bo‘yicha 
imtiyozlar  belgilab  berilgan.  Yagona yer  solig‘ini  to'lashdan  quyidagilar  ozod 
qilinadi:
- yangi tashkil  etilgan  qishloq xo'jaligi  tovarlari  ishlab chiqaruvchilar 
davlat  ro'yxatidan  o‘tkazilgan  oydan  boshlab  ikki  yil  muddatga.  Mazkur 
imtiyoz  tugatilgan  fermer  xo‘jaliklari  bazasida  tashkil  etilgan  fermer 
xo'jaliklariga tatbiq etilmaydi;
-  ixtiyoriy  tugatilayotgan  tadbirkorlik  subyektlari  -   yuridik  shaxslar 
davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazuvchi  organ  ixtiyoriy  tugatish  to‘g‘risida  qabul 
qilingan  qaror  haqida  xabardor  qilingan  kundan  e'tiboran.  Ixtiyoriy  tugatish 
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki  faoliyati  qayta 
tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qoilanilmaydi hamda  soliq summasi  imtiyoz 
qoilanilgan butun davr uchun to iiq  miqdorda undiriladi.
Yagona yer  soligining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi 
davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining  1-mayigacha taqdim etiladi.
Yil  davomida  berilgan  yer  uchastkalari  uchun  yagona  yer  soligi  yer 
uchastkasi  berilganidan  keyingi  oydan  boshlab  toianadi.  Yer  uchastkasi  olib 
qo'yilgan  (kamaytirilgan)  taqdirda,  yagona  yer  soligini  toiash  yer uchastkasi 
olib qo'yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to'xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer  uchastkasining  tarkibi  va  maydoni  yil  davomida  o'zgargan, 
shuningdek  yagona  yer  soligi  bo'yicha  imtiyozlarga  boigan  huquq  vujudga 
kelgan (tugatilgan)  taqdirda,  soliq toiovchilar  davlat  soliq xizmati  organlariga 
hisobot yilining  1-dekabrigacha yagona yer soligining  aniqlik kiritilgan hisob- 
kitobini  taqdim  etishlari  shart. 
Yagona  yer  soligini  toiash  quyidagi 
muddatlarda  amalga  oshiriladi:  hisobot  yilining  1-iyuligacha  -   yillik  soliq
62
www.ziyouz.com kutubxonasi


summasining  20  foizi,  hisobot  yilining  1-sentabrigacha  -   yillik  soliq 
summasining  30  foizi,  hisobot  yilining  1-dekabrigacha  -   soliqning  qolgan 
summasi.
Yer  va  suv  resurslaridan  foydalanishning  iqtisodiy  samaradorligini 
yuksaltirish  uchun  yer-suv  munosabatlarini  takomillashtirish,  chuqurlashtirish, 
ya’ni  liberallashtirish  masalalarini  hal  etishni  tezlashtirish  maqsadga 
muvofiqdir.  Buning uchun yer va  suvning  baholarini  va ulardan foydalaganlik 
uchun to‘lanadigan  haqlami,  soliqlar  miqdorini  realroq  aniqlash  lozim.  Bunda 
bozor  iqtisodiyoti  qonunlari  talablariga  asoslanish,  shuningdek,  yer  va  suv 
resurslarining  cheklanganligi, 
takror  ishlab  chiqarilmasligi,  holati,  sifati, 
iste'molchilarga 
uzoq-yaqinligi, 
ishlab 
chiqarish 
vositalari 
hamda 
infratuzilmalar  bilan  tahninlanganligi,  olinayotgan  mahsulot,  foyda  summasi 
kabi indikatorlami ham e'tiborga olish zarur.
Yer  -  xalqimiz  hayoti,  faoliyati  va  farovonligining  asosidir.  Undan 
faqat  bugunni  emas,  kelajak  avlodlaming  ham  manfaatlarini  ko‘zlab,  ilmiy 
asoslangan  holda,  oqilona,  samarali  foydalanish,  uni  muhofaza  etish 
umummilliy  dolzarb  masala  hisoblanadi.  Mamlakatimiz  hududidagi  barcha 
boyliklardan,  shu  jumladan,  yer  va  suv  resurslaridan  ham  oqilona,  samarali 
foydalanish  lozim.  0 ‘ta  muhim  bu  vazifa  hal  etilishini  ta'minlash  maqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi 2000-yilning 23-dekabrida «Yer 
monitoringi  to‘g‘risidagi  Nizom»ni  tasdiqladi  va  shu  kuni  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  « 0 ‘zbekiston  Respublikasida  yer 
monitoringi  to‘g‘risida»gi  496-sonli  Qarori  qabul  qilindi.  Yer  monitoringi 
respublika  yer  fondidagi  barcha  o‘zgarishlami  o‘z  vaqtida  ilmiy  asoslangan 
holda  aniqlash,  yerlarga  to‘liq  baho  berish  (sifat  hamda  iqtisodiy  jihatdan), 
ularga  ta'sir  etuvchi  salbiy  jarayonlaming  oldini  olish  va  oqibatlarini  izchil 
tugatish  maqsadida  yeming  holatini  kuzatib  borish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
axborotlar  tizimidan  iboratdir.  Respublikamizning  barcha  yerlari  monitoring 
obyekti hisoblanadi.
Nizomda  vazirliklar  va  idoralar  faoliyatini  va  yer  monitoringi 
ma’lumotlarini umumlashtirishdek muhim vazifa 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer 
resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  qo'mitasi  zimmasiga 
yuklatilgan.  Demak,  yuksak  davlat  ahamiyatiga  molik  boigan  vazifani 
muvaffaqiyatli  hal  etishda  qo'mita tarkibidagi barcha idoralar,  tashkilotlar faol 
qatnashishlari  zarur.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan holda  « 0 ‘zdavyerloyiha» 
instituti  yer  monitoringi  amalga  oshirilishini  ta’minlashga  quyidagi  yirik 
masalalami  hal  etish  bilan  hissa  qo‘shishi  rejalashtirilgan:  qishloq  xo‘jalik 
yerlari  tuproq  monitoringini  amalga  oshirish  uchun  tuproqshunoslik 
tadqiqotlariga  oid to‘plangan  barcha  ma'lumotlami umumlashtirib,  monitoring 
tadqiqotlarini  olib  borish  maqsadida  respublika,  viloyatlar  hamda  tumanlar 
hududida  asosiy  maydonlami  tanlash  va  ulami  asoslash;  vaqt  o‘tishi  bilan

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə