Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


-yiI holatiga Surxondaryo viloyatining yer resurslari tarkibi



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

2010-yiI holatiga Surxondaryo viloyatining yer resurslari tarkibi
Ko'rsatkichlar
0 ‘lchov birligi
Maydoni
Viloyat hududi
ming kv.km.
20,1
Ekin yerlar jami
ming gektar
282,2
shundan suvli yerlar jami
ming gektar
242,8
Lalmi yerlar jami
ming gektar
39,4
Ko‘p yillik daraxtzorlar
ming gektar
27,7
shu jumladan: -bogTar
ming gektar
11,2
Uzumzorlar
ming gektar
12,0
Tutzorlar
ming gektar
3,6
Bo‘z yerlar
ming gektar
1,6
Yaylovlar
ming gektar
865,3
Boshqalar
ming gektar
0,9
Manba:  Viloyat iqtisodiyot boshqarmasi ma'lumotlari.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu jadval  ma’lumotlariga ko‘ra,  viloyatning umumiy yer  maydoni 
20,1  ming  kvadrat  kilometr  bo‘lib,  uning  282,2  ming  gektari  ekin  ekiladigan 
yerlardir.  Ekinlar  bilan  band  boigan  yerlarning  242,8  ming  gektari 
sug‘oriladigan  yerlami  tashkil  etadi.  Viloyatda  yaylovlar  ham  ancha  ko‘p 
boiib,  865,3  ming 
gektarni  tashkil  etadi.  Mazkur  yaylovlardan  unumli 
foydalanish  orqali  viloyatda  chorvachilikning  tegishli  sohalarini  yanada 
rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.  Viloyatdagi  bogiar umumiy maydoni  11,2 
ming gektar, uzumzorlar esa  12,0 ming gektami tashkil  etadi.
Mamlakatimizning  iqlim  sharoitiga  ko‘ra  tabiiy  namlik  darajasi 
dehqonchilik  bilan  shug‘ullanish  va  chorvachilikni  ozuqa  bazasi  bilan  to‘liq 
ta'minlash  uchun yetarli  emas.  Shu  sababli  qishloq xo‘jaligida  suv  resursining 
ham ahamiyati juda katta.
Yer sharining 72 foizi dunyo okeani bilan band bo'lsada, chuchuk suvlar 
miqdori  juda  cheklangan.  Yer  usti  chuchuk  suvlari  miqdori  360  ming  km3 
bo‘lib,  bu  gidrosferaning  atigi  0,25  foizini  tashkil  etadi.  Dunyo  bo'yicha  1 
milliarddan  ortiq  aholi  suv  tanqis  hududlarda  istiqomat  qiladi.  Suv  tiriklik 
manbaidir, uni e'zozlash, undan tejab-tergab foydalanish kerak.
0 ‘zbekiston  hududini  ikki  yirik  daiyo:  Amudaryo  va  Sirdaryo  kesib 
o‘tgan, ularning suv olish havzalari Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizimi togTarida 
joylashgan.  0 ‘zbekistonda  eng yirik  daryo  Amudaryo  hisoblanadi.  Uning  tog‘ 
qismida  suv  oluvchi havzasi 227  ming km“, uning havzasidan har yili o'rtacha 
79  km3  suv  oqib  o‘tadi.  Shundan  respublikamiz  hududida  taxminan  6  km3 
(7,5  %)  suv  oqimi  vujudga  keladi.  Sirdaryoning  tog‘li  qismidagi  suv  oluvchi 
havzasi  maydoni  150  ming  km2,  ushbu  havzada  har yili  o‘rtacha  38  km3  suv 
oqib  o‘tadi.  Shundan  taxminan  4  km3  (qariyb  10  %)  suv  O'zbekistonda 
vujudga keladi.
Ushbu  daryolar  transchegaraviy  daryolar  boTib,  ulaming  suvidan 
qo'shni  respublikalar  ham  foydalanadi.  Shu  sababli  mazkur  daryolar  suvidan 
foydalanuvchi  barcha  davlatlar  hamkorlikda,  o‘zaro  kelishuv  asosida  harakat 
qilishi maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizning  suv  resurslari  haqida  fikr bildirilganda  Orol  dengizi 
to‘g‘risida  ham  to‘xtalib  o‘tish  lozim.  Orol  havzasida  aholi  ko'pligi  va  ular 
sonining  barqaror  oshib  borishi  sug'oriladigan  dehqonchilikni  muttasil 
rivojlantirishni  talab  etadi.  Bu  hol  daryolardan  ko‘p  miqdorda  suv  olinishiga 
olib  keladi.  1960-yilga  kelib  Markaziy  Osiyoda  salkam  5  mln.  gektar 
maydonni sug‘orish uchun 40,4 km3 suv olingan holda,  1986-yil oxirida qariyib 
7  mln.  gektar  maydonni  sug‘orish  uchun  86  km3  suv  olingan,  bu  sug‘orish 
maydoni  2  mln.  gektarga ortgan holda  sug‘orish uchun sarf qilingan hajm  ikki 
baravardan  ham ortiq boTgan.  Binobarin,  ekinlami suv bilan ta'minlash uchun 
juda  ham  ko‘p  suv  olinganligi  ayon  boTadi.  Ko‘p  miqdordagi  suvning 
sug'orish va boshqa maqsadlarga sarflanishi o‘lkada suv tanqisligini kuchaytira
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshladi.  Shu vaqtga kelib Markaziy Osiyoda yirik suv  omborlari:  To‘xtog‘ul, 
Andijon,  Chorvoq,  Chordara,  Qayroqqum, Nurek,  Janubiy  Surxon,  Hovuzxon, 
Tuyamo'yin va boshqalar qurildi. Ularda ko‘plab  suv g‘amlab olina boshlandi. 
Bu hol, ayniqsa, Orol dengizi suv rejimida yanada kuchliroq sezila boshlanishi 
tufayli 
uning 
gidrologik 
xususiyatlarida 
o‘zgarishlar 
kuchaydi. 
Mutaxassislaming  ma'lumotiga  ko‘ra,  1911-1960  yillar  davomida  Orol 
dengiziga har yili o'rtacha 52 kmJ suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam 
ravishda 53  m mutlaq balandlikda bo‘lgan, dengiz maydoni  66 ming km2 ,  suv 
hajmi  1061  km3 ga teng edi. Ushbu yillar mobaynida dengizga kelgan suv bilan 
uning  suv  sarfi  deyarli  teng  bo‘lgan.  Orol  sathining  1961  yildan  boshlab 
pasayishi  turli  yillarda  turlicha  sodir  bo‘lgan.  1961-1970  yillar  mobaynida 
pasayish o‘rtacha 21  sm,  1971-1980 yillarda 58  sm,  1981-1985 yillarda 80 sm, 
1986-1995 yillarda 46 smni tashkil qildi. Ayrim yillarda suv sathining pasayishi 
hatto  bir  metrdan  ham  ziyod  edi.  Orolning  qurigan  qismining  (maydoni  3,8 
mln.  ga  dan  ortiq)  tabiiy  sharoiti  o‘ziga  xos,  1961  yildagi  qirg‘oqdan  ichkari 
tomon  10-20  km  masofada  qumli  mintaqa  vujudga  kelgan.  Bu  yerlar  asosan 
barxan  qumlari  bilan  band.  Ushbu  global  ekologik  muammoni  hal  etish 
borasida  Preidentimiz  Islom  Karimov  rahnamoligida  mamlakatimiz  hukumati 
zarur  choralarni  amalga  oshirmoqda  va  xalqaro  hamjamiyatning  e'tiborini 
ushbu  masalaga  qaratmoqda.  Mazkur  muammoni  yechishda  mintaqadagi 
mamlakatlar  va xalqaro  tashkilotlar hamkorlikda harakat qilishi yuqori  samara 
beradi.
O‘zbekiston  hududida  vujudga  keladigan  yer  usti  suvlarining  o‘rtacha 
yillik  oqim  hajmi  10  km3,  atrofdan  qo‘shimcha  89  km3  suv  keladi.  Daryolar 
oqimini  tartibga  solish,  irrigatsiya  va  energiya  ishlab  chiqarish  maqsadida 
mamlakatda  53  ta  katta-kichik  suv  ombori  va  28  ta  selxona  qurilgan,  suv 
omborlarining jami suv sig‘imi 16 km3dan ziyod.
Respublikamizda  suv  resurslarining  85,6  foizi  qishloq  xo‘jaligi 
ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
1993-yil  2-sentabrda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Suv  va  suvdan 
foydalanish  to‘g‘risida»gi  Qonuni  qabul  qilingan  bo‘lib,  suv  resurslaridan 
foydalanishni  tartibga  solib  boruvchi  asosiy  me'yoriy  hujjatlardan  biri 
hisoblanadi.
Suvdan  foydalanish  tartibi  suv  xo‘jaligi  organlari  tomonidan  ishlab 
chiqilgan  bo‘lib,  suv  maxsus  foydalanish  ruxsatnomasi  boiganlarga  limit 
bo‘yicha beriladi.  Suv  olish  va uning hisob-kitobini  qilish  suv xo‘jaligi  organi 
bilan  tuzilgan  shartnomaga  binoan  amalga  oshiriladi.  Sug‘orish  va  suv  bilan 
ta'minlashni  magistral  kanallar,  suv  omborlari  va  boshqa  suv  xo‘jaligi 
obyektlari  bajaradi.  Suvdan  foydalanish  ishlari  ichki  xo‘jalik  va  suv  tizimi 
rejalariga asosan amalga oshiriladi.
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq  xo'jaligidagi  foydalaniladigan  suvni  monitoring  qilish  orqali 
salbiy jarayonlaming  sabablari va oqibatlari  o'rganilib,  ulami  bartaraf etish  va 
suvdan  foydalanish  samaradorligini  oshirishga  erishiladi.  Suvdan  samarali 
foydalanishda  suvning  aniq  hisob-kitobini  y o ig a  qo‘yish,  suv  oichash 
qurilmasi,  ya’ni  gidropostlar  qurishni  tashkil  etish,  xo'jalik  ichki  ariqlarini 
tozalash, suv sarfi isrofgarchiligini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.
Qishloq  xo'jaligida  foydalaniladigan  suvlarning  sifati  ham  barcha 
viloyatlarda  bir  xilda  bo‘lmay,  bir-birlaridan  farq  qiladi.  Masalan,  Andijon, 
Namangan  va  Farg‘ona  viloyatlarining  aksariyat  hududlarida  ekinlami 
sug'orishda  foydalaniladigan  suvlarning  sifati  yaxshi,  ya’ni  ulaming  tarkibida 
hosildorlikka  salbiy  ta’sir  etuvchi  turli  xildagi  minerallar  kam,  lekin 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati hududlarida foydalanilayotgan 
suvlaming  tarkibida  xlor  va  boshqa  moddalar  ko‘p.  Shuning  uchun  ham 
ularning  sifati  nihoyatda  yomon.  Bunday  hol  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari 
yetishtirish  hajmiga,  sifatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kelajakda  yerlarning 
unumdorligini  oshirish,  suvlaming  sifatini  yaxshilashga  qaratilgan  barcha 
tadbirlar  majmuasini  samarali  amalga  oshirish  orqali  zarur  qishloq  xo'jalik 
mahsulotlari  miqdorini  ko'paytirishga  va  sifatini  yaxshilashga  erishish 
mumkin.
Kollektor-zovur  suvlarining  bir  yillik  oqimi  butun  Orol  havzasida 
hozirgi  vaqtda  o‘rtacha  33  km3ni  tashkil  etadi,  shundan  17  kmJ Amudaryo,  13 
km3  Sirdaryo,  3  km3  kichik  daryo  havzalarida  vujudga  keladi,  20  km3  zovur 
suvi  Amudaryo  va  Sirdaryoga  qaytadan  tashlanadi,  qolgan  qismi  Qoraqum  va 
Qizilqumdagi  bekiq  botiqlaridagi  koilarga  yuboriladi.  Kollektor-zovur 
suvlarini  daryolarga  qaytadan  tashlanishi  ulaming  suv  hajmini  oshiradi, 
boshqacha  aytganda  suvni  tejashga  erishiladi,  koilarga  tashlangan  suv  esa 
bugianishga  sarf  boiadi.  Bu  bir  jihatdan  foydali.  Lekin  kollektor-zovur 
suvlarining  60-yillardan  boshlab  daryolarga  tashlanishi  ulaming  suvini  asta- 
sekin ifloslanishiga olib keldi. Yaqin vaqtlargacha daryo suvlari asosiy ichimlik 
manbai  bo‘lib  kelgan.  Endilikda,  ulardan  ichimlik  suvi  sifatida  foydalanish 
darajasi pasayib bormoqda.
Kollektor-zovur  suvlarining  8-10  km3  qismi  respublika  hududida  turli 
kattalikdagi  botiqliklarga  markaziy  kollektorlar  orqali  yuboriladi.  Buning 
oqibatida ko‘plab  sun'iy ko'llar paydo bo‘ldi (Amasoy, Aydarko‘l, Dengizko‘1, 
Katta Sho‘rko‘l, Oyoqog‘itma, Ayozko‘1, Axchako‘l,  Sariqamish va boshqalar). 
Ularda  hozirgi  kunda  katta  hajmda  suv  to'plangan.  Aydarko'lda jamg'arilgan 
suv  miqdori  30  km3  dan  ziyod.  Sariqamishda  esa  bundan  ham  ko‘p.  Gap 
shundaki,  suvning  asosiy  qismi  bekorga  bug‘lanishga  sarf bo'Imoqda.  To‘g‘ri 
ularning  ba'zilarida  baliqchilikda  foydalaniladi,  lekin  bu  hol  suvdan  oqilona 
foydalanish  tamoyiliga  to iiq   javob  bermaydi.  Iqtisodiy  jihatdan  zarari 
shundaki,  botiqlar  bundan  aw al  mahsuldor  yaylov  sifatida  foydalanilgan,
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


endilikda  yaylovlar  maydoni  qisqardi.  Bundan  tashqari  tevarak  atrofida  grunt 
suv  sathining  ko‘tarilishi  yaylov  mahsuldorligining  kamayishiga  ta'sir  etdi. 
Chunonchi,  Aydarko‘l  1969-yilgacha  Forish  tumanining  asosiy  yaylov 
maydoni hisoblangan, hozir esa yaylov maydoni 600 ming gektarga qisqardi.
Mustaqil  rivojlanish yillarida  hukumatimiz tomonidan  suv  xo‘jaligini 
boshqarishni  takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda.  Jumladan,  suvdan 
samarali  foydalanishni  ta'minlash  maqsadida  sobiq  Qishloq  xo‘jaligi  va  Suv 
xo‘jaligi  vazirliklari  negizida  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  tashkil  etildi. 
Suvdan  foydalanish  tartibi  ham  bozor  iqtisodiyoti  talablaridan  kelib  chiqqan 
holda takomillashtirib borilmoqda.
O'zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligining  Suv 
xo‘jaligi  bosh  boshqarmasi  suv  resurslaridan  foydalanishni  tartibga  solish 
hamda  respublika  iqtisodiyoti  va  aholisini  suv  bilan  ta'minlashga  doir  zarur 
tadbirlami amalga oshiradi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-  suvdan  foydalanishda  bozor  islohotlarini  joriy  etish,  suvdan  maqsadli  va 
samarali foydalanishni tashkil etish;
- suv xo‘jaligiga suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalami joriy etish;
- iste'molchilami suv bilan uzluksiz o‘z vaqtida ta'minlash;
- suvdan foydalanish hisobi va hisobotini yuritishni ta'minlash;
-  suv  xo'jaligida  iqtisodiy  islohotlami  chuqurlashtirish,  mulkchilikning  turli 
shakllarini 
rivojlantirish 
ishlarini 
muvofiqlashtirish 
va  ular 
amalga 
oshirilishining monitoringini yuritish;
-  mavjud  me'yoriy  hujjatlarga  rioya  etilishi  ustidan  nazorat  qilish,  qonun 
buzilishi hollarida belgilangan tartibda chora ko'rilishini ta'minlash;
-  suv  xo‘jaligi  uchun  yangi  inshootlar  qurilishini  va  mavjudlarining 
rekonstruksiya qilinishini ta’minlash;
-  suvdan  foydalanish  uchun  maxsus  mxsatnomalar  berishni  va  suv 
inshootlarini  ro'yxatga  olish,  suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ulaming 
boshqa  birlashmalarini  tashkil  etish  va  rivojlantirishda,  ichki  xo'jalik  suv 
hisobini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko'rsatish;
-  suv  resurslarini  tartibga  solish  va  ulardan  foydalanish,  suv  xo‘jaligini  va 
yerlami melioratsiyalash bo‘yicha davlatlararo masalalami muhokama qilish va 
hal qilishda respublika nomidan ishtirok etish.
Mamlakatimizdagi mavjud suv xo‘jalik tashkilotlari va xizmat ko'rsatuvchi 
tuzilmalar  hamda  ularning  hududiy  boiinmalari  negizida  Irrigatsiya  tizimlari 
havza  boshqarmasi  tuzilgan.  Uning  vazifasi  xalq  xo‘jalik  tarmoqlari  hamda 
qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta'minlash 
va  suv  xo‘jaliklariga  servis xizmat ko'rsatishdan  iboratdir.  Irrigatsiya tizimlari 
havza  boshqarmasi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo'jaligi 
vazirligining  suv  xo‘jaligi  sohasidagi  hududiy  brgani  hisoblanib,  suv 
resurslarini tartibga solish va foydalanishni amalga osHiradi.
52
www.ziyouz.com kutubxonasi


Irrigatsiya tizimlari  havza boshqarmasining asosiy vazifalari — suvdan 
foydalanishning  bozor  mexanizmlarini  joriy  etish  asosida  suv  resurslaridan 
maqsadli  va  samarali  foydalanilishini  tashkil  etish;  suvni  tejash,  ilg‘or 
texnologiyalami joriy  etish  asosida  suv  xo'jaligida  yagona  texnika  siyosatini 
yuritish;  iste'molchilarni  suv bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta'minlashni tashkil 
etish;  suv  inshootlarining  texnik  ishonchliligini  ta’minlash;  suv  resurslarini 
oqilona boshqarish va tezkorligini  oshirish;  suv  iste'molchilari  o‘rtasida  yillik 
hisobotini ta’minlashdan iborat.
Irrigatsiya  tizimlari  havza  boshqarmasining  asosiy  funksiyalari  -  
suvdan  foydalanish  bashoratini  umumlashtirib,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Qishloq va suv xo'jaligi vazirligiga suv olish limitlari  bo'yicha taklitlar kiritib, 
tasdiqlangan  limitlar  asosida  magistral  kanallar,  suv  xo'jaligi  obyektlari, 
irrigatsiya  tizimlari,  viloyat  va  tumanlar  bo‘yicha  suv  olish  limitlarini 
belgilaydi, nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi.
Magistral 
kanallar 
boshqarmasi 
Irrigatsiya 
tizimlari 
havza 
boshqarmasining tashkiliy bo‘linm£isi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish 
bo‘yicha  faoliyat 
yuritadi.  Magistral  kanallar  boshqarmasining  asosiy 
vazifalari quyidagilar:
-  magistral kanallar,  inshootlar  va  suv  resurslarini  oqilona  boshqarish,  uning 
tezkorligini oshirish;
-  suv  inshootlarining  texnik  ishonchliligini  ta'minlash,  ishonchli  foydalanish 
uchun ish holatida saqlash;
- suv bo'yicha hisob-kitob yuritish;
-  suvni  tejaydigan texnologiyalami joriy  etish,  ajratilgan mablag‘lar, moddiy- 
texnika resurslari, asbob-uskunalardan samarali foydalanish.
Ayrim  yillarda  yog'ingarchilik  miqdori  kam  bo‘lishi  natijasida  suv 
resurslari  taqchilligi  kuzatilmoqda.  Shu  sababli  mamlakatimizdagi  sug‘orish 
tizimlarining  holatini  yaxshilash,  mavjud  suvdan  oqilona  foydalanish  va 
sug'orishning  zamonaviy  usullarini  amaliyotga  joriy  etish  maqsadga 
muvofiqdir.
3.2.  Yer  va  suvdan  foydalanish  holati  va  samaradorligini  tavsiflovchi 
ko‘rsatkich!ar, ularni aniqlash tartibi.
Yer  va  suvning  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishidagi  ahamiyatini 
inobatga  olib,  ulardan  foydalanishning  holati  va  samaradorligi  ustidan  nazorat 
qilib borish zamr. Bunda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a)  umumiy  yer  fondidan  foydalanish  koeffitsiyenti  (foizi).  Uning 
darajasini  aniqlash  uchun  qishloq  xo‘jaligida  haqiqatda  foydalanilgan  yer
53
www.ziyouz.com kutubxonasi


maydonini foydalanish mumkin bo‘lgan yer maydoniga taqsimlash lozim.  Buni 
quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin:

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə