Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 3-BOB



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

43
www.ziyouz.com kutubxonasi


3-BOB
QISHLOQ XO'JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARI, 
ULARDAN  SAMARALIFOYDALANISH YO‘LLARI
•  Yer  va  suv  resurslarining  qishloq  xo‘jaligidagi  ahamiyati  va  o‘ziga  xos 
xususiyatlari.
•  Yer  va  suvdan  foydalanish  holati  va  samaradorligini  tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar, ulami aniqlash tartibi.
• Yer  to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.
• Yer  va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
3.1.  Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos
 
xususiyatlari.
Yer  tabiat mahsuli bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida muhim 
ahamiyatga  ega.  Chunki  u  mazkur  tarmoqning  eng  asosiy  ishlab  chiqarish 
vositasi  hisoblanadi.  Yerga  urug‘.  ko‘chat  ekib,  ishlov  berish  natijasida  turli 
xildagi  mahsulotlar  yetishtiriladi.  Demak,  tarmoqda  yetishtiriladigan  barcha 
turdagi  mahsulotlar  yerdan,  suvdan  foydalangan  holda  olinadi.  Ingliz 
iqtisodchisi  Uilyam  Petti  yer  resursiga  «yer  barcha  boyliklaming  onasidir»  - 
deb ta’rif bergan.
Mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligi  asosan  sug'oriladigan  yerlarda  olib 
boriladi.  Sug‘oriladigan  yerlar  umumiy  yer  maydonining  9,6  foizini  tashkil 
qilib,  qishloq  xo‘jaligi  yalpi  mahsulotining  95  foizdan  ortig‘i  shu  yerlarda 
yetishtiriladi.  Respublikamiz  dehqonchiligi  sug‘orishga  asoslanganligi  sababli 
suv ham yer resursi kabi  qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida muhimdir.  Qayta 
ishlovchi  sanoat  tarmoqlarining 
xomashyoga,  aholining  esa  oziq-ovqat 
mahsulotlariga  bo‘lgan  talahi  qondirilishida  yer  va  suvning  ahamiyati  juda 
katta.  Yer  va  suvdan  qanchalik  oqilona,  samarali  foydalanilsa,  ishlab 
chiqariladigan  mahsulotlar  hajmi  shunchalik  ko'payadi.  Natijada  yuqorida 
ta’kidlangan talablaming qondirilish darajasi ortadi.
Yerdan  foydalanishda  uning  quyidagi  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 
e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir:
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


a)  yeming  tabiat  mahsuli  ekanligi.  Boshqa  asosiy  vositalar,  ya’ni 
binolar,  inshootlar,  kombaynlar,  traktorlar  va  boshqalar  inson  mehnatining 
mahsulidir.  Zaruriyat  bo‘lganda  ular  inson  tomonidan  ishlab  chiqarilishi 
mumkin, lekin yemi inson yarata olmaydi;
b)  yer  maydonining  cheklanganligi  va  takror  ishlab  chiqarilmasligi. 
Ona  zamin  tabiatan  cheklangan,  uning  maydonini  inson  kengaytira  olmaydi. 
Chunki  u  tabiat  mahsuli  hisoblanadi.  Boshqa  asosiy  vositalami,  masalan 
traktorlami,  mashinalami  talabni  qondirish  maqsadida ko‘plab  ishlab  chiqarish 
mumkin;
d)  yer  -  qishloq  xo'jaligining  abadiy  ishlab  chiqarish  vositasidir. 
Respublika  hududida  mavjud  bo‘lgan yerlardan  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari 
yetishtirishda  bizdan  oldingi  avlodlar  foydalangan,  hozirgi  davrda  biz 
foydalanmoqdamiz, 
kelajakda 
esa 
avlodlarimiz 
foydalanadi. 
Jamiyat 
rivojlanishi  natijasida  ayrim  ishlab  chiqarish  vositalari  takomillashtirilishi 
natijasida  o‘z  o‘mini  boshqasiga  bo‘shatib  beradi.  Masalan,  bir  paytlar  yerni 
shudgorlashda  qoramollar va  omochdan  foydalanilgan bo‘lsa,  keyinchalik  fan- 
texnika  taraqqiyoti  natijasida  qudratli  traktorlar  va  pluglar  ulaming  o‘mini 
egalladi.  Lekin yer  qishloq xo'jaligida  ishlab  chiqarish vositasi  sifatida  abadiy 
qolaveradi, chunki uni boshqa vosita bilan almashtirib bo‘lmaydi;
e)  yemi  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  yetishtirish  maqsadida  bir 
joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi. Yerdan joylashgan o‘mida oqilona 
foydalanish  mumkin.  Lekin  mashina  va  traktorlarni  talab  etilgan  joyga  olib 
borib, turli xildagi ishlami amalga oshirish, bino-inshootlami ham talab etilgan 
joyga qurish mumkin;
f)  yeming  yuqori  qatlami  hisoblangan  tuproq  unumdorligining 
mavjudligi.  Tuproq  unumdorligi  tabiiy,  sun’iy  va  iqtisodiy  unumdorliklarga 
boTinadi.  Asrlar  davomida tashqi  ta'sirlar,  ya'ni  quyosh nuri,  yog‘ingarchilik, 
chirindilar  tushishi  va  boshqalar  ta'sirida  shakllangan  unumdorlik  yeming 
tabiiy unumdorligi deyiladi.  Tuproqning tabiiy unumdorligi - tabiat mahsulidir. 
U  tabiatning  ta'siri  natijasida  uzoq  yillar mobaynida  shakllanadi.  Uning  holati 
quyosh  nuri  hamda  yog'ingarchilik miqdoriga,  shamol  va  suvlaming  ta'siriga 
bogTiqdir.  Ulaming  ijobiy  ta'sirida  tuproq  tabiiy  unumdorligi  yaxshi  boTadi. 
Sayyoramizdagi yerlaming tabiiy unumdorlik darajasi turlicha boTadi.  Insonlar 
ta'sir etishi,  ya'ni tekislash,  shudgorlash, mahalliy va m a’danli o‘g‘itlar berish, 
mehnat,  mablag'  sarflash,  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshilash  va 
boshqalar  ta'sirida  shakllanadigan  unumdorlik  sun’iy  unumdorlik  deyiladi. 
Agar  yerga  to‘g‘ri  munosabatda  boTinsa,  uning  unumdorlik  darajasi  ortib 
borish  xususiyatiga  ega.  Darhaqiqat,  tuproqqa  vaqtida  ishlov  berilsa, 
o‘g‘itlansa,  uning  unumdorligi  oshib  borishi  mumkin.  Lekin  boshqa  asosiy 
vositalar  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashishi  oqibatida  jismoniy  jihatdan 
eskiradi.  Ular  vaqt  o‘tishi  bilan  fan-texnika  taraqqiyoti  natijasida  ma'naviy
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


jihatdan  ham  eskiradi.  Lekin  yerga  e'tibor  berilsa,  undan  fan-texnika 
yutuqlarini  joriy  etgan  holda  oqilona,  samarali  foydlanilsa,  u  yaroqsiz  holga 
kelmaydi,  unumdorligi  oshib  borishi  mumkin.  Ammo  bu,  uning  unumdorligi 
cheklanmagan,  degani  emas.  Shunday  ekan,  yerning  unumdorligidan 
tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1998-yil  30-aprelda qabul  qilingan Yer Kodeksining  8-moddasiga ko‘ra 
0 ‘zbekiston  Respublikasida  yer  fondi  yerlardan  foydalanishning  belgilangan 
asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1)  qishloq xo'jaligiga moMjallangan yerlar - qishloq xo‘jaligi  ehtiyojlari 
uchun  berilgan  yoki  ana  shu  maqsadga  mo‘ljallangan  yerlar.  Qishloq 
xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlar sug‘oriladigan va  sug‘orilmaydigan  (lalmikor) 
yerlar,  haydaladigan  yerlar,  pichanzorlar,  yaylovlar,  ko‘p  yillik  mevali  dov- 
daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boiinadi;
2)  aholi  punktlarining  (shaharlar,  posyolkalar  va  qishloq  aholi 
punktlarining)  yerlari  -  shaharlar  va  posyolkalar,  shuningdek  qishloq  aholi 
punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3)  sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga 
moijallangan  yerlar  -  ko'rsatilgan  maqsadlarda  foydalanish  uchun  yuridik 
shaxslarga berilgan yerlar;
4)  tabiatni  muhofaza qilish,  sogiomlashtirish,  rekreatsiya  maqsadlariga 
moijallangan  yerlar  -  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  egallagan, 
tabiiy  davolash  omillariga ega boigan yerlar,  shuningdek ommaviy  dam  olish 
va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;
5)  tarixiy-madaniy  ahamiyatga  molik  yerlar  -  tarixiy-madaniy 
yodgorliklar joylashgan yerlar;
6)  o‘rmon  fondi  yerlari  -  o‘rmon  bilan  qoplangan,  shuningdek  o'rmon 
bilan  qoplanmagan  b o isa   ham,  o‘rmon  xo‘jaligi  ehtiyojlari  uchun  berilgan 
yerlar;
7)  suv fondi yerlari -  suv  obyektlari,  suv xo‘jaligi  inshootlari  egallagan 
yerlar va suv obyektlarining qirg'oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zahira yerlar.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  yer  fondi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Yer 
resurslari,  geodeziya,  kartografiya va  davlat  kadastri  qo‘mitasi  tomonidan  har 
yili  1-yanvar holati  bo‘yicha korxona,  muassasa va tashkilotlaming yerlaridagi 
barcha o'zgarishlar  to‘g‘risidagi  ma'lumotlar,  xo‘jalikl£ir tomonidan yer hisobi 
hujjatlari  asosida  tuzilgan  hamda  tuman,  shahar  va  viloyat  hokimlarining 
qarorlari  bilan  tasdiqlangan  yillik  yer  hisobotlarini  respublika  bo‘yicha 
umumlashtirish natijasida tuziladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  chegarasidagi  yer  maydoni 
44896,9  ming  gektami  tashkil  qiladi.  2009-yil  1-yanvar  holatiga  0 ‘zbekiston 
Respublikasi korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolari foydalanishidagi yerlar
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


jami  44410,3  ming  gektarni,  sug'oriladigan  yerlar  esa  4303,0  ming  gektami 
yoki  umumiy  maydonning  9,6  foizini  tashkil  qiladi. 
Mamlalcatimiz  yer 
fondining toifalari bo'yicha tarkibi 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
O'zbekiston Respublikasi yer fondining 2009-yil 1-yanvar holatiga toifalar 
bo‘yicha taqsimlanishi
JN s
Yer fondining toifalari
Jami maydon
Shundan
sug'oriladigani
ming ga
foiz
ming ga
foiz
1
.
Qishloq xo‘ialigiga m o‘liallangan verlar
22338,3
50,3
4206,8
94,7
2.
Aholi punktlari yerlari
236,3
0,53
48,8
0,11 
.
3.
Sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va 
boshqa  maqsadlarda  foydalanila-digan 
yerlar
1955,5
4,4
11,7
0,03
4.
Tabiatni 
muhofaza 
qilish, 
sogTomlashtirish, 
rekreatsiya 
maqsadlarida foydalaniladigan yerlar
72,5
0,2
0,6
0,002
5.
Tarixiy-madaniy 
ahamiyatga 
molik 
yerlar
0,3
0,00
1
-
-
6.
0 ‘rmon fondi yerlari
8562,3
19,2
26,3
0,6
7.
Suv fondi yerlari
827.2
1,86
4,3
0,01
8.
Zahira yerlar
10417,9
23,4
4.5
0.01
Jami yerlar
44410,3
100
4303,0
100
Manba:  O'zbekiston  Respublikasi  yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri 
qo'mitasi ma'lumotlari.
2009-yil  1-yanvar  holatiga  ko‘ra,  qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  va 
tashkilotlari  yerlaming  umumiy  maydoni  22338,3  ming  gektami  yoki  yer 
fondining 50,3 foizini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda  ekin  maydonlarining  boshqa  maqsadlarga  ajratilishi 
natijasida ulaming umumiy maydonida kamayish kuzatilgan. 2000-yilda barcha 
turdagi xo‘jaliklarda umumiy ekin maydoni 3778,3  ming gektami tashkil etgan 
bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2008-yilda 3609,3  ming gektami va 2009-yilga kelib 
3608,5 ming gektami tashkil etgan.
3.2-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə