Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Dehqon xo‘jaliklari faoliyarining asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Dehqon xo‘jaliklari faoliyarining asosiy ko‘rsatkichlari
Ko'rsatkichlar
0 ‘lchov
birligi
2005
2006
2007
2008
2009
Qishloq xo'jalik yalpi 
inahsulotida dehqon 
xo'ialiklarimng ulushi
%
61,7
62,3
64,1
65,3
63,3
Sh.i. o‘simlikchilikda
%
20.6
21,5
22,9
22,0
23,4
chorvachilikda
%
41,1
40,8
41,2
43,3
39,9
Dehqon xocjaliklari 
boni
dona
4544420
4631675
4673210
4703433
4759174
Dehqon xo‘jaliklariga 
biriktirilgan ekin 
maydoni
ming ga
441,9
454,8
458,0
466,7
472,8
Jami ekin maydonida 
tlehqon xo‘jaliklarining 
ulushi
%
12,1
12,5
12,9
12,9
13,1
Manba:  0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.
Ushbu  jadval  ma’lumotlaridan  ko'rinib  turibdiki,  mamlakatimizda 
yalpi  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  tarkibida  dehqon  xo‘jaliklarining  ulushi 
ancha yuqoridir.
Mamlakatimizda 2009-yilda  qishloq xo'jalik yalpi mahsulotining  63,3 
foizi 
dehqon 
xo'jaliklari 
tomonidan 
yaratilgan. 
2009-yil 
holatiga 
mamlakatimizda  4759174  ta  dehqon  xo‘jaliklari  mavjud  bo‘lib,  ularga  472,8 
ming  gektar  ekin  maydoni  ajratib  berilgan,  bu  jami  ekin  maydoninig  13,1 
foizini tashkil etadi.  2009-yil  1-yanvar holatiga jami qoramollarning 92,8  foizi, 
shu  jumladan  sigirlaming  94,3  foizi,  qo‘y  va  echkilaming  76,9  foizi, 
yilqilarning  82,2  foizi,  parrandalarning  65,8  foizi  dehqon xo'jaliklari  hissasiga 
to‘g‘ri keladi.  2008-yilda jami yetishtirilgan go‘shtning 95,0 foizi, sutning 96,8 
foizi, tuxumning 61,8 foizi dehqon xo'jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi


Surxondaryo 
viloyatida 
2008-yil 
1-yanvar 
holatiga 
dehqon 
xo'jaliklarining  umumiy  soni  386307  ta  bo‘lib,  yuridik  shaxs  maqomiga  ega 
bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari soni 512 tani tashkil etadi.  Ularga  64738  gektar yer 
maydoni  biriktirilgan.  2007-yilda  Surxondaryo  viloyati  bo‘yicha  ishlab 
chiqarilgan  96,5  ming tonna kartoshkaning  94,2  ming tonnasi  (97,6  %),  349,7 
ming  tonna  sabzavotning  261,9  ming  tonnasi  (74,9  %)  dehqon  xo‘jaliklari 
tomonidan yetishtirildi.
Fermer  va  dehqon  xo‘jaliklarida  ekinlaming  hosildorligi,  chorva 
hayvonlarining  mahsuldorligi  boshqa  turdagi  xo‘jaliklardagiga  nisbatan  ancha 
yuqoii.  Chunki  ularda  mulkka  egalik  hissi  va  moddiy  manfaatdorlik  ancha 
yuqori,  ular  o‘z  mehnatlari  natijalariga  o‘zlari  egalik  qiladi.  Shuning  uchun 
ham  mamlakatimizda  fermer  va  dehqon  xo‘jaliklarining  faoliyatini  yanada 
rivojlantirishga alohida  e'tibor  berilmoqda.
Qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda  boshqa  tarmoq 
korxonalariga  tegishli  yordamchi  xo‘jaliklar  ham  ishtirok  etadi.  Masalan, 
transport  korxonasi  o‘z xodimlarining  qishloq  xo‘jalik mahsulotlariga  boigan 
talabini  qondirish  maqsadida  m aium   yer  uchastlcasini  ijaraga  olib,  yordamchi 
xo‘jalikni  tashkil  etishi  va  unda  turli  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  ishlab 
chiqarishi mumkin.
Respublikamizda  mustaqillikkacha  boigan  davrda  qishloq  xo‘jalik 
tarmogida 
qo'shma 
korxonalar 
mavjud 
boimagan. 
Mustaqillikka 
erishilgandan  so‘ng  erkin  bozor  munosabatlari  barpo  etilishi  mulkchilikning 
shu turini va unga  asoslangan tadbirkorlik shaklini tashkil etish hamda faoliyat 
yuritishi  uchun  huquqiy,  iqtisodiy  asoslar  yaratib  berildi.  Ularda  qo‘shma 
tadbirkorlik  mulkdorlaming  moddiy  va  pul  mablag‘larini  birlashtirish  yo‘li 
bilan  tashkil  etilishi  ta'kidlangan.  Hozirgi  vaqtda  mamlakatimiz  qishloq 
xo'jaligida qo'shma korxonalaming tashkil etilishi va ulaming faoliyat yuritishi 
talab  darajasida  emas.  Vaholanki  hukumatimiz  tomonidan  xorijiy  investorlar 
uchun barcha huquqiy  va  iqtisodiy  shart-sharoitlar  yaratib  berilgan.  Jumladan, 
chet  ellik  tadbirkorlaming  qonun  doirasida  erkin  faoliyat  yuritish  va  mulkiga 
egalik  qilish kafolati  ta’minlangan.  Respublikamizda  ishlab  chiqarish  faoliyati 
bilan  shug‘ullanuvchi  chet  ellik  tadbirkorlarga  soliq  hamda  bojxona 
to‘lovlariga  oid  ko‘plab  imtiyozlar  ham  joriy  etilgan.  Xorijiy  investorlami 
mazkur  imkoniyat  va  shart-sharoitlar  bilan  tanishtirish  orqali  ulami 
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga kengroq jalb etishga erishish lozim.
Kelajakda  mamlakatimizda  chet  ellik  tadbirkorlarga  yanada  qulay 
investitsion  muhitni  yaratib,  ulami  qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘iga  kengroq  jalb 
etish  va  ulaming  sarmoyalari  evaziga  mazkur  tarmoqqa  zamonaviy 
texnologiyalarni jalb etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 
keskin  oshiiish  muhim  vazifalardan  biridir.  Qishloq  xo‘jaligik  mahsulotlarini 
ishlab  chiqarish  va  yetishtirilayotgan  mahsulotlami  qayta  ishlash,  ulami
40
www.ziyouz.com kutubxonasi


iste’mol  uchun  tayyor  bo‘lgan  mahsulotlarga  aylantirish  uchun  turli  xildagi 
qo‘shma  korxonalami  tashkil  etish  mumkin.  Bu  jarayon  mamlakat  qishloq 
xo'jaligiga  yangi  texnikalar,  ilg‘or,  samarali  texnologiyalar  kirib  kelishini 
ta'minlaydigan  chet  el  valyutalari  oqimini  ko‘paytiradi.  Natijada  tarmoqning 
moddiy-texnika  bazasi  mustahkamlanib, 
ishlab  chiqarish  kuchlarining 
rivojlanishi va maqsadga muvofiq joylashishi ta'minlanadi.  Qishloq xo'jaligida 
qo'shma  korxonalaming  tashkil  etilishi  xalqaro  miqyosda  mehnat  taqsimotmi 
rivojlantirishga ham  ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  Ular tufayli qo‘shimcha ish joylan 
tashkil  etilib,  aholini  ish  bilan  ta’minlash  muammosi  hal  qilinishiga  m a’lum 
darajada  ulush  qo'shiladi.  Bu  korxonalarda  faoliyat  ko‘rsatayotganlammg 
moddiy  sharoiti  yaxshilanishini  ta'minlaydi.  Pirovard  natijada  aholim  sifatli 
mahsulotlar bilan ta'minlanish darajasi yuksalib, turmush darajasi oshadi.
Qisqacha xulosalar
Qishloq  xo'jaligida  amalga  oshirilgan  agrar-iqtisodiy  islohotlar 
natijasida  jamoa,  xususiy  va  aralash  mulkchilik  shakllari  bosqichma-bosqich 
barpo etilib, muttasil rivojlantirilmoqda.  Xususiy mulkchilik asosida  fermer va 
dehqon xo‘jaliklari va tadbirkorlikning boshqa shakllari tashkil qilinib, taraqqiy 
ettirilmoqda.
Qishloq 
xo‘jaligida 
dehqonlarning 
moddiy 
manfaatdorligini 
ta'minlovchi,  ularda  haqiqiy  mulkdorlik  hissini  uyg'otuvchi  xo‘jalik  yuritish 
shakllarini joriy etishga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Qishloq  xo‘jaligida  davlat  ahamiyatiga  molik  bo‘lgan  ayrim 
masalalami hal etish uchun tarmoqda davlat mulki va unga asoslangan xo‘jalik 
yuritish  shakli  ham  saqlab  qolingan.  Kelajakda  xususiy  hamda  qo‘shma 
mulkchilikka  asoslangan  korxonalami  rivojlantirishga  e’tibomi  kuchaytirish 
maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə