Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq
xo‘jalik mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi va salm ogi
Mahsulotlar
2007-yil
2008-yil
2008-
yilda
2007-
yilga
nisbatan
Ming
tonna
SalmogT,
%
Ming
tonna
Salmog‘i,
%
G‘alla
5404,2
79,8
5327,6
79,2
98,6
Paxta
xomashyosi
3655,7
98,4
3371,0
99,1
92,5
Kartoshka
178,2
15,0
226,6
16,2
127,2
Sabzavot
1552,1
33,2
1717,8
32,9
110,7
Poliz
mahsulotlari
415,4
49,5
461,9
47,1
111,2
Mevalar
580,0
45,7
649,6
46,3
112,0
Uzum
480,0
54,5
407,5
51,5
84,9
Go‘sht
30,0
2,5
32,4
2,5
107,8
Sut
125,4
2,5
151,5
2,8
120,8
Tuxum, 
mln. 
dona
88,4
4,0
155,2
6,4
175,4
Jun, tonna
1146,0
4,9
1274,0
5,4
111,2
Qorako‘1  terisi, 
ming dona
36,5
4,7
38,3
4,3
104,9
Pilla, tonna
18100
84,2
22284
95,0
122,9
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu  jadval 
ma'lumotlaridan  ko'rinib  turibdiki, 
2008-yilda 
mamlakatimiz  bo'yicha  tayyorlangan  yalpi  paxta  hosilining  99,1  foizi, 
g'allaning  79,2  foizi, uzumning 51,5  foizi,  poliz mahsulotlarining 47,1  foizi va 
mevalaming  46,3 
foizi 
fermer  xo'jaliklari  tomonidan  yetishtirilgan. 
Chorvachilik  mahsulotlari  yetishtirishda  esa  fermer  xo'jaliklarining  ulushi 
ancha  past  darajada  saqlanib  qolmoqda.  Masalan,  go‘sht  ishlab  chiqarishda 
fermer  xo'jaliklarining  ulushi  2,5  foiz,  sut  ishlab  chiqarishda  esa  2,8  foizni 
tashkil  etgan.  Kelajakda  fermer  xo‘jaliklarida  chorvachilik  mahsulotlari 
yetishtirishni yanada ko‘paytirish lozim.
2008-yilda  qishloq  xo'jaligi  yalpi  mahsulotida  nodavlat  sektoming 
ulushi  99,9  foizni  tashkil  etgan  bo‘lib,  fermer  xo'jaliklarining  qishloq xo'jalik 
yalpi  mahsulotidagi  ulushi  34,5  foizni,  dehqon  xo'jaliklarining  ulushi  63,3 
foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi esa 2,2 foizni tashkil etgan.
Fermer  xo‘jaliklarining  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  yetishtirish, 
qishloq aholisini ish bilan ta'minlashda ham o‘mi beqiyosdir.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi «Oziq- 
ovqat  ekinlari  ekiladigan  maydonlami  optimallashtirish va ulami yetishtirishni 
ko'paytirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  4041-sonli  Farmoni  fermer 
xo‘jaliklarining  faoliyatini  har  tomonlama  kengaytirishda  yangi  bosqichni 
boshlab  berdi.  Mamlakatimiz  aholisi  uchun  kerak  bo‘ladigan  oziq-ovqat 
mahsulotlarini  yetishtirishni  yanada  rivojlantirishda  fermer  xo‘jaliklari  ham 
munosib  hissa  qo‘shib  kelmoqdalar.  Hozirgi  vaqtda mamlakatimizdagi  fermer 
xo'jaliklarining  47  mingdan  ortig‘i  paxta  va  g'allachilikka,  35  mingdan 
ko‘prog‘i bog‘dorchilikkka, 5 mingdan ziyodi sabzavot va polizchilikka, qariyb 
5,5  mingtasi  chorvachilikka,  9  mingdan  ortig‘i  esa  boshqa  sohalarga 
ixtisoslashgan.
Fermer xo‘jaliklarining  rivojlanishida hukumatimiz  tomonidan ularga 
yaratib  berilgan  sharoit  va  turli  imtiyozlaming  ham  ahamiyati  katta. 
Fermerlarga quyidagi imtiyozlar belgilangan:
-  fermer  xo‘jaligi  tashkil  etilgan  kundan  boshlab  ikki  yilgacha  yagona  yer 
solig‘idan ozod qilinadi;
-  tugatilayotgan  shirkatlar  o‘mida  tashkil  etilgan  bog'dorchilik  va 
uzumchilikka  ixtisoslashtirilgan  fermer xo‘jaliklari  5  yil davomida yagona yer 
solig‘ini toiashdan ozod etiladi;
-  fermer  xo‘jaligi  faoliyatini  Respublika  muvofiqlashtirish  Kengashining 
ruxsatisiz tekshirish ta'qiqlanadi;
-  fermer  xo‘jaIiklari  faoliyatini  tekshirish  muvofiqlashtirish  Kengashining 
ruxsati bilan 4 yilda bir marta o‘tkaziladi;
-  yangi  faoliyat  boshlagan fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich  sarmoya uchun 
eng kam ish haqining 300 barobari miqdorida imtiyozli kredit beriladi;
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


- xorijiy texnologiyalami respublikaga olib kirgan fermer xo‘jaliklari bojxona 
to‘lovlaridan ozod qilinadi;
-  fermer  xo‘jaligi  tegishli  loyihada  nazarda  tutilgan  yemi  o‘z  hisobidan 
o'zlashtirayotgan davrda va yer o‘zlashtirib bo‘lingandan keyin 5  yil  davomida 
yeming mazkur o‘zlashtirilgan  qismi uchun yagona yer solig'i to‘lashdan ozod 
qilinadi.
Mamlakatimizda  dehqon  va  fermer  xo‘jaliklarini  qo‘llab-quwatlash 
jamg‘armasi  faoliyat  yuritmoqda.  Mazkur  jamg'arma  Fermer  xo'jaliklari 
uyushmasiga a ’zo bo‘lgan fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki ba’zi yirik 
tijorat  banklari  orqali  3  yilgacha  bo‘lgan  muddatga  imtiyozli  kredit  beradi. 
Fermer xo‘jaligi tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng  6 oy ichida 
tegishli  buyurtmanomalar  bilan  o‘zlariga  xizmat  qiluvchi  banklarga  murojaat 
qilishi  mumkin.  Dastlabki  sarmoya  uchun  beriladigan  kreditlaming  yillik 
ustama  foizi  imtiyozli  bo‘lib,  Markaziy  bank  qayta  moliyalash  stavkasining 
oltidan  bir  qismi  miqdorida  belgilangan.  Dastlabki  sarmoya  uchun  kredit 
fermer xo‘jaliklariga 3  yilgacha bo‘lgan muddatga,  eng kam oylik ish haqining 
300  baravari  miqdorigacha,  foizlar  to‘lashni  12  oyga  kechiktirish  va  asosiy 
qarzni  kredit  olingandan  so'ng  18-24  oy  o‘tgach  qaytarishni  boshlash 
shartlarida beriladi.
Mahsulotlami  sotish  jarayonini  yanada  takomillashtirish,  qishloq 
xo‘jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlashni  tashkil  etish  uchun  fermer  xo‘jaliklari 
birikib,  agrofirmalar  tashkil  etishi  va  marketing  tizimini  yo‘lga  qo'yishlari 
maqsadga  muvofiqdir.  Bozor  talabini  chuqur  o'rgangan  holda  mahsulot 
yetishtirishni  tashkil  etishlari  lozim.  Shunda  hamma  fermer  xo‘jaligi  bir  xil 
mahsulotni  yetishtirmaydi  va  mahsulot taklifi  kopayishi  natijasida  narxlarning 
keskin  tushib  ketishi  oldi  olinadi.  Bundan  tashqari  fermer  xo‘jaliklari 
zamonaviy mini  texnologiyalarni  o‘z faoliyatiga joriy  etishlari  lozim va meva- 
sabzavotlaming  ehtiyojdan  ortiqchasi  murabbo,  konserva  yoki  boshqa 
mahsulotlar  ko‘rinishida  qayta  ishlansa,  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari 
nobudgarchiligining  oldi  olinadi,  fermerlarning  daromadi  yanada  ortadi, 
qishloq joylarda yangi ish o'rinlari barpo etiladi.
Surxondaryo  viloyatida  2008-yil  holatiga  yalpi  qishloq  xo‘jalik 
mahsulotlari  tarkibida  fermer  xo‘jaliklarining  ulushi  34,8  foizni,  dehqon 
xo‘jaliklarining  ulushi  64,0  foizni  va  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi 
esa  1,2 foizni tashkil etgan.
2009-yilning 
1-yanvar  holatiga 
Surxondaryo  viloyatida 
fermer 
xo‘jaliklari  soni  15103  ta  bo‘lib,  ularga  biriktirilgan  umumiy  qishloq xo'jaligi 
yer  maydoni  696908  gektami  tashkil  etgan,  ularda  band  bo‘lganlar  soni 
162863  kishini,  shundan  yollanma  ishchilar  soni  44639  kishini  tashkil  etgan. 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  6-oktabrdagi  «Fermer 
xo‘jaliklari  faoliyatini  yuritishda  yer  uchastkalari  miqdorini  maqbullashtirish
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


choralarini  ko'rish  yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqish  bo‘yicha  maxsus 
komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoyishiga muvofiq viloyatdagi fermer 
xo‘jaliklari  uchun  ajratiladigan  yer maydonlari  hajmi  qayta  ko'rib  chiqildi  va 
ushbu  tadbirdan  so‘ng  viloyatda  faoliyat  yuritayotgan  fermer xo‘jaliklari  soni 
7458 tani tashkil etgan.
Surxondaryo  viloyatidagi  fermer xo‘jaliklari  tomonidan  asosiy  qishloq 
xo‘jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  to‘g‘risidagi  ma'lumotlar  2.3-jadvalda 
keltirilgan.
2.3-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə