Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Respublikamiz bo‘yicha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifat



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Respublikamiz bo‘yicha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifat
bahosi
Viloyatlar
0 ‘rtacha ball boniteti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
41
Andijon
57
Buxoro
50
Jizzax
51
Qashqadaryo
51
Navoiy
52
Namangan
59
Samarqand
57
Surxondaryo
56
Sirdaryo
51
Toshkent
59
Farg‘ona
56
Xorazm
53
Respublika bo‘yicha:
55
Manba:  Ozbekiston Respublikasi yer resurslari va Davlat kadastri qo‘mitasi ma'lumotlari.
Ushbu  jadval  ma'lumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  respublikamizda 
yerlarning  o‘rtacha  ball  boniteti  55  ballni  tashkil  etadi.  Namangan,  Toshkent, 
Andijon  va  Samarqand  viloyatlari  yerlarining  o'rtacha  ball  boniteti  boshqa
64
www.ziyouz.com kutubxonasi


viloyatlar  ko‘rsatkichiga  nisbatan  yuqori  ko‘rsatkichga  ega.  Mamlakatimizda 
eng  past  ball  bonitetga  ega  yerlar  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  Buxoro, 
Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
Qishloq  xo‘jalik  yerlarining  sifati  10  ta  klassga  ajratilib,  100  ballik 
tizimda baholanadi.  Bunda  1-2-klasslarga holati yomon yerlar kiradi va ular 0- 
20  ball  bilan baholanadi,  3-4-klasslarga holati  o'rtachadan past yerlar kiradi va 
ular  21-40  ball  bilan baholanadi,  5-6-klasslarga  holati  o‘rtacha yerlar  kiradi  va 
ular  41-60  ball  bilan  baholanadi,  7-8-klasslarga  holati  yaxshi  yerlar  kiradi  va 
ular  61-80  ball  bilan  baholanadi  va  nihoyat  9-10-klasslarga  holati  eng  yaxshi 
yerlar kiradi  va ular 81-100  ball  bilan  baholanadi.  Mamlakatimizda  10-klassga 
kiruvchi,  ya'ni  91-100  ballga  ega  yerlar  faqat  Andijon  (35  ga),  Namangan 
(1301  ga),  Samarqand  (547  ga),  Toshkent  (29  ga)  va  Farg‘ona  (452  ga) 
viloyatlarida mavjud.
Yer  monitoringi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya, 
kartografiya  va  davlat  kadastri  qo‘mitasi,  ushbu  qo‘mitaga  qarashli 
viloyatlardagi  Yer  resurslari  va  davlat  kadastri  boshqarmalari,  O'zbekiston 
Respublikasi  qishloq  va  suv  xo'jaligi  vazirligi,  respublikadagi  boshqa 
manfaatdor vazirliklar,  idoralar va tashkilotiarning bevosita ishtirokida amalga 
oshiriladi.
Yer  monitoringi  -  yer  tarkibidagi  o'zgarishlami  o‘z  vaqtida  aniqlash, 
yerlarga baho  berish,  salbiy jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini tugatish 
uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri 
yuritishni,  yerdan  foydalanishni,  yer  tuzishni,  yer  fondidan  belgilangan 
maqsadda  va  oqilona  foydalanish  ustidan  davlat  nazoratini  amalga  oshirishni, 
yerlarni  muhofaza  qilishni  axborot  bilan  ta'minlash  yer  monitoringi  asosida 
amalga oshiriladi.
Davlat  yer  kadastri  -   yerlaming  tabiiy,  xo'jalik  va  huquqiy  rejimi, 
ularning  toifalari,  sifat  ko‘rsatkichlari  va  bahosi,  yer  uchastkalarining 
joylashgan 
manzili 
va 
o‘lchamlari, 
ulami 
yer 
egalariga, 
yerdan 
foydalanuvchilarga  taqsimlash  to‘g‘risidagi  zamr,  ishonchli  ma’lumotlar  va 
hujjatlar tizimidan iborat.
1998-yil  28-avgustda  O'zbekiston  Respublikasining  «Davlat  Yer 
kadastri  to‘g‘risida»gi  Qonuni  qabul  qilingan.  Davlat  yer  kadastri  yer 
munosabatlarini  tartibga  solish,  yerdan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza 
qilish,  yer  tuzishni  tashkil  etish,  yer  uchun  to‘lanadigan  haq 
miqdorini 
asoslash,  xo‘jalik  faoliyatiga  baho  berish  maqsadida  barcha  tashkilot, 
korxonalarda  fuqarolarni  yer  to‘g‘risidagi 
ma'lumotlar  bilan  ta’minlashga 
moTjallangan.  Davlat  yer  kadastri  yerning  qiymat  bahosini  aniqlashni  taqozo 
etdi  va  uni  tarkibiga  olgan  boTadi.  Davlat  yer  kadastrining  maTumotlari 
yerlardan  foydalanish  va  ulami  muhofaza  qilishda,  yer uchastkalari  berish  va 
ulami  olib  qo'yishda,  yer  uchun  toTanadigan  haq  miqdorini  belgilashda,  yer
65
www.ziyouz.com kutubxonasi


tuzish ishlarini o'tkazishda,  xo'jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan 
foydalanish  va  uiami  muhofaza  qilish  yuzasidan  boshqa  tadbirlami  amalga 
oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi. Davlat yer kadastri butun respublika 
uchun  yagona  tizim  asosida  davlat  byudjeti  mablag‘lari  hisobidan  davlat  yer 
kadastri va yer tuzish xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Davlat yer kadastri quyidagilardan tashkil topadi:
-  yerdan foydalanuvchilar;
-  yer maydoni, uning tarkibi, sifati;
-  yemi iqtisodiy baholash.
Yerlami  iqtisodiy  baholash  bir  qancha  iqtisodiy  muhim  masalalami 
hal  etishga qaratilgan bo‘lishi  lozim.  Eng  avvalo,  yer umumxalq,  davlat mulki 
sifatida baholanishi maqsadga muvofiqdir.  Shunda mamlakat milliy boyligining 
tarkibi  -  yerning  qiymatini,  ulushini  aniqlash  imkoniyati  yaratiladi.  Shuning 
bilan  birgalikda  yeming  asosiy  vosita  sifatida  baholanishi  ham  hal  etilishi 
lozim.
Respublikamizda  qishloq  xo'jalik  yerlarining  qiymatini  baholash 
tartibini 
belgilash 
maqsadida 
iqtisodchi 
olimlar 
F.Q.Qayumov, 
A.Abdug‘aniyev,  V.T.Frolov,  J.M.Maqsudov,  G.G.Nagayev,  I.A.Akramov  va 
A.A.Tursunovlar  tomonidan  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  qishloq  xo‘jaligiga 
moTjallangan  yerlarini  sifatiy,  iqtisodiy  va  qiymat  bahosini  aniqlashning 
muvaqqat uslubi» ishlab chiqildi va u Yer resurslari davlat qo‘mitasining ilmiy- 
texnik  Kengashi  tomonidan  1998-yil  6-avgustda  tasdiqlangan.  Bu  muvaqqat 
uslubiyatda  qishloq  xo‘jaligiga  moTjallangan  yerlaming  qiymat  bahosini 
(me'yoriy  bahosini)  aniqlasb  tartibi  ko‘rsatilgan.  Bunda  sug‘oriladigan  yerlar, 
bahorikor  yerlar  va  yaylov  yerlaming  me’yoriy  bahosini  aniqlash  tartiblari 
lco‘rsatiIgan.
Sug'oriladigan  yerlaming  me'yoriy  bahosini  aniqlashning  negizida 
qishloq  xo'jalik  ekinlari  rivojlanishi  uchun  yerlaming  ahamiyatliroq  boTgan 
tabiiy  xususiyatlari  (tuproq  bonitirovkasi)  va  me'yoriy  sof foydasi  qiymatini 
ko‘rsatuvchi  sifatlari  bo'yicha  shu  yerlaming  solishtirma  bahosi  yotadi. 
Bonitirovkalashda tuproqning quyidagi asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari 
hisobga  olinadi:  tuproqning  tipi,  mexanik  tarkibi,  sug‘orib  kelinayotganlik 
muddati, termik resurslar bilan ta’minlanganligi, tuproq hosil qiluvchi jins,  yer 
osti  suvining  chiqib  ketishi,  sho'rlanish,  erroziyalanish,  tosh  va  gipslanish 
darajalari.  Eng yuqori baho  100 ball  bilan eng yuqori mahsuldorlikka  ega,  eng 
yaxshi tuproqlar baholanadi.
Tuproqning  tabiiy  unumdorligini,  mahsuldorligini  va  uning  qishloq 
xo‘jaligida  foydalanishga  yaroqliligini  hisobga  ohb  respublikamizdagi 
sug'oriladigan  yerlaming  ball  bonitetlari  bo'yicha  10  ta  klassi  o'matilgan. 
Bunda,  1-klassga  10 ballgacha, 2-klassga  11  balldan 20 ballgacha, 3-klassga 21 
balldan  30 ballgacha, 4-klassga 31  balldan 40 ballgacha,  5-klassga 41  balldan
66
www.ziyouz.com kutubxonasi


50  ballgacha,  6-klassga  51  balldan  60  ballgacha,  7-klassga  61  balldan  70 
ballgacha,  8-klassga  71  balldan  80  ballgacha, 
9-klassga  81  balldan  90 
ballgacha  va  10-klassga  91  balldan  100  ballgacha  b o ig an  ball  bonitetiga  ega 
sug'oriladigan qishloq xo'jalik yerlari kiradi.
Agronomiya  nuqtai  nazaridan  bonitet  ballari  baholashning  100  ballik 
shkalasi  bo'yicha  1  ball  bahoga  qabul  qilingan  har  bir  gektardan  olinadigan 
hosildan  kelib  chiqib,  aniq  bir  qishloq  xo‘jalik  ekini  uchun  kadastrli 
hisoblangan  hosildorlikda  namoyon  bo'ladi.  Ball  bonitetlari  bo'yicha  asosiy 
qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  kadastrli  hisoblangan  hosildorligi  3.5-jadvalda 
keltirilgan.
3.5-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə