Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Sug‘oriladigan yerlarning me'yoriy bahosiga uning aholi yashash va



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Sug‘oriladigan yerlarning me'yoriy bahosiga uning aholi yashash va
 
mahsulotni topshirish joylaridan qanday uzoqlikda joylashganligi bo‘yicha
tuzatish koeffitsiyentlari
Aholi yashash joyidan 
uzoqligi, km
Mahsulotni topshirish 
joyidan uzoqligi, km
Tuzatish
koeffitsiyenti
2 gacha
4 gacha
1,50
2-4
1,47
4-6
1,44
6 dan yuqori
1,41
o'rtacha
1,46
2 gacha
4-8
1,38
2-4
1,35
4-6
1,32
6 dan yuqori
1,29
o'rtacha
1,33
2 gacha
8-12
1,26
2-4
1,23
4-6
1,21
6 dan yuqori
1,19
o‘rtacha
1,22
2 gacha
12-16
1,17
2-4
1,15
4-6
1,13
6 dan yuqori
1,11
o‘rtacha
1,14
2 gacha
16-20
1,09
2-4
1,07
4-6
1,05
6 dan yuqori
1,03
o‘rtacha
1,06
2 gacha
20 dan yuqori
1,01
2-4
1,00
4-6
1,00
6 dan yuqori
1,00
o‘rtacha
1,00
70
www.ziyouz.com kutubxonasi


Viloyat  markaziga  nisbatan  xo'jalik  10-20  km  radiusda  joylashgan 
bo‘lsa ushbu koeffitsiyentlar  10-15  foizga,  Toshkent  shahri  atrofida  esa  20-30 
foizga oshirilishi mumkin.
Bahorikor  yerlarda  faqat  yog'ingarchiliklardan  tuproqda  yig'ilgan 
namlik  hisobigagina  qishloq  xo'jalik  ekinlarini  yetishtirish  mumkin. 
Mamlakatimizda  bahorikor  yerlar  o‘ziga  xos  iqlim  sharoitiga  ega,  ko‘p  yillar 
mobaynida  yillik  o'rtacha  yog‘ingarchilik  200  mm  dan  500  mm  gacha 
yog‘adigan  joylarda  joylashgan.  Amalda  yog‘ingarchilik  bilan  ta'minlangan, 
yarim  ta'minlangan  va  ta'minlanmagan  yerlarga  baho  beriladi.  Bu  boTinish 
tuproqning  vertikal  qismlar  bo‘yicha joylashuviga  mos  keladi.  Yuqori  qismda 
joylashgan  qo‘ng‘ir  va  bo‘z  tuproqli  yerlarga  yog‘ingarchilik  bilan 
ta'minlangan, o‘rta qismdagi tipik bo‘z tuproqli yerlarga yarim ta’minlangan va 
pastki  qismda  joylashgan  och  bo‘z  tuproqli  yerlarga  yog‘ingarchilik  bilan 
ta'minlanmagan bahorikor yerlar to‘g ‘ri keladi.
Bahorikor yerlarda yetakchi  qishloq xo‘jalik ekini  boTib boshoqli  don 
hisoblanishini  e'tiborga  olib,  bahorikor  yerlaming  me'yoriy  bahosi  shu  ekin 
bo'yicha  hisoblab  chiqiladi.  Ko‘p  yillik  maTumotlar  bo‘yicha  o‘rtacha 
hosildorlik  yog'ngarchilik  bilan  taTninlanmagan  bahorikor  yerlarda  3,5  s/ga, 
yarim  ta'minlangan  bahorikor  yerlarda  6,5  s/ga  va  yog'ingarchilik  bilan 
ta'minlangan bahorikor yerlarda esa 9,0 s/ga atrofida boTadi.
Me'yoriy  sof  foyda  va  1  gektar  bahorikor  yerning  me'yoriy  bahosi 
sug‘oriladigan  yerlar  uchim  keltirilgan  formulalar  yordamida  aniqlanadi. 
Zamrat boTgan hollarda bahorikor yerlarning me'yoriy bahosiga 3.8-jadvaldagi 
koeffitsiyentlar orqali tuzatish kiritiladi.
Barcha xorijiy mamlakatlarda  davlat mulkdorlaming yerdan  maqsadli 
foydalanishi  va  huquqiy rejimga  mos  kelishini  qattiq  nazorat qiladi.  Masalan, 
Fransiyaning fuqarolik kodeksi yerga  ishlov bermaydigan,  tuproq unumdorligi 
pasayishiga  yo‘1  qo‘ygan  yoki  jamiyat  manfaatlariga  zarar  yetkazuvchi 
mulkdorlardan  yemi  olib  qo‘yilishi  mumkin  boTgan  holatlami  ko‘zda  tutgan. 
Germaniyada  barcha  qishloq  xo'jalik  yerlari  mulkdorlari  ulardan  yemi  tortib 
olinishi xavfi borligi tufayli yerga ishlov berishga majburdirlar.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda mulkchilik va ijara bir-birining o‘rnini 
bosuvchi yer huquqining asosiy  shakllari hisoblanadi.  Keng tarqalgan fikrlarga 
qaramasdan, xorijda yer mulkdoiiari o‘z yer uchastkalarini boshqarish huquqini 
mutlaqo  erkin tasarmf eta  olmaydilar.  Hamma joyda yer uchastkalarini  sotish 
va ijaraga berish, ulami meros qoldirish, garovga berish,  sovg‘a qilish tartibini 
o'matish  shaklida amalga  oshiriladigan  yer munosabatlariga davlatning kuchli 
aralashuvi  mavjud.  Ba’zi  mamlakatlarda  yer  huquqlariga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
cheklovlardan  tashqari  bilvosita  xarakterga  ega,  lekin  undan  kam  boTmagan 
samaraga ega chora-tadbilar ham muvaffaqiyat bilan qoTlanilmoqda.  Masalan, 
ushbu maqsadlarda Angliyada quyidagi tartibga solish vositalari ishlatiladi:  yer
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


oldi-sotdi  bitimlariga  yuqori  soliq  stavkalari;  yer  sotib  olishda  kredit  uchun 
yuqori  foizlar;  yemi  sotib  olish  uchun  kredit  rasmiylashtirishda  sezilarli 
byurokratik to‘siqlar va hokazo.
Xorij  mamlakatlarining  yer  resurslaridan  foydalanish  jarayonlarini 
boshqarish 
tajribalarini 
umumlashtirish 
quyidagi 
xulosalami 
keltirib 
chiqarishga imlcon beradi:
• dunyoning hech bir mamlakatida yerga cheklanmagan mulkchilik mavjud 
emas,  har  qanday  mulk  shaldining  amal  qilishi  jamiyat  va  davlat 
manfaatlarining ustunligini ta'minlashni inobatga oladi;
•  barcha rivojlangan  mamlakatlarda davlat yer munosabatlarini huquqiy va 
iqtisodiy  tartibga  solish,  yer  resurslaridan  foydalanish  va  ulami  saqlash 
bo'yicha nazoratni amalga oshirish orqali yer munosabatlariga faol aralashadi;
•  yer bozori  (ayniqsa qishloq xo'jalik yerlariga nisbatan)  davlat tomonidan 
qat'iy  chegaralanadi  va  nazorat  qilinadi,  bu  yer  uchastkalari  bozori  aylanmasi 
tezligida namoyon bo‘ladi:
•  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarda  yer  resurslarini  boshqarishda 
davlatning  yetakchilik  rolini  saqlash  uchun  mulkchilikdan  yer  uchastkalari 
ijarasiga o'tish ustuvorligiga erishish tendensiyasi shakllanmoqda;
•  dunyoning  barcha  mamlakatlarida  unumli  qishloq  xo‘jalik  yerlarini 
noqishloq  xo‘jalik  ehtiyojlari  uchun  oborotdan  chiqib  ketishidan  himoyalash 
maqsadida  qishloq  xo'jalik  yer  egaligi  va  yerdan  foydalanishning  ustuvorligi 
tamoyillari rasman e’lon qilingan va qat'iyan amalga oshiriladi.
Qishloq  xo'jalik  yerlarini  noqishloq  xo‘jalik  maqsadlari  uchun 
ajratishni  cheklash,  turli  toifadagi  yerlar  qiymatini  baholash,  yemi  qurilish 
maqsadlari  uchun  ajratishda  bir  martalik  to‘lovlar  miqdori  hamda  soliq 
stavkalarini  belgilashda  yuqorida  izohlangan  xorij  mamlakatlari  tajribalaridan 
0 ‘zbekiston sharoitida ham amalda foydalanish mumkin.
Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  yog'ingarchilik  miqdori  kamayishi 
munosabati  bilan  suv  resurslari  tanqisligi  sezilmoqda.  Masalan,  2008-yilda 
bahor  oylarida  yog'ingarchilikning  kam  boiishi  natijasida  mamlakatimiz 
qishloq xo'jaligi tarm ogi talab etiladigan me'yoming 75 foizi  miqdoridagi suv 
bilan  ta'minlandi  xolos.  Shu  sababli  respublikamiz  hukumati  tomonidan  suv 
resurslaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  va  suv  resurslaridan 
foydalanishning  zamonaviy,  tejamli 
usullaridan  foydalanishga  e'tibor 
kuchaytirilmoqda. 
2008-yil 
28-noyabrdagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining  «Iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalarini  qo‘llab-quvvatlash, 
ulaming  barqaror  ishlashini  ta'minlash va  eksport  salohiyatini  oshirish  chora- 
tadbirlari 
dasturi  to‘g‘risida»gi 
PF-4058-sonli 
Farmonida 
2009-yilda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 2 
ming  gektarli  umumiy  maydonda,  shu  jumladan  xorijiy  sarmoyadorlami  jalb
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


etgan  holda  qishloq  xo'jalik  ekinlarini  tomchilab  sug‘orish  texnologiyalarini 
joriy etish nazarda tutilgan edi.
Mamlakatimizning  ayrim  hududlarida  ilmiy  asoslangan  holda  sel 
suvlarini  saqlab  qoluvchi  inshootlami  barpo  etish  orqali  ham  suv resursi  bilan 
ta'minlanganlikni  yaxshilash  va  sug'oriladigan  yerlar  maydonini  oshirishga 
erishish mumkin.
Snv  resurslaridan  unumli  foydalanish  ustidan  qat'iy  nazorat  o'rnatish 
va sug‘orishning  zamonaviy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Egat  oralab  sug‘orish  mamlakatimizda  aw aldan  foydalanib  kelinadi. 
Bu  sug‘orish  usuhning  bir  qator  afzalliklari  bilan  birga,  kamchiliklari  ham 
mavjud. Awalo, sug‘oriladigan suvning o'rtacha 25-36 foiz (ayrim joylarda 60 
foizgacha)  qismi  yerga  singadi,  yeming  tekisligi  talabga  nihoyatda  javob 
berishi  zarur,  ma'lum  qiyalik  saqlanishi  e'tiborga  olinadi.  Shu  jihatdan 
qaraganda  sug‘orishning tejamkor usullaridan foydalanish  maqsadga  muvofiq. 
Joylaming  tabiiy-meliorativ  sharoitlarini  hisobga  olgan  holda  yomg'irlatib, 
tuproq ostidan,  tomchilatib  sug'orish usullarini  qo‘llash katta  amaliy ahamiyat 
kasb  etadi.  Bu  usullami  qo'llash  natijasida  ekinzorlami  bir  yo‘la  katta 
hududlarda  sug‘orishga  erishiladi.  Shuningdek,  sug‘orish  me’yori  kamida  50- 
60  foizga  qisqaradi,  hosildorlik  oshadi,  begona  o'tlaming  o‘sishi  juda  ham 
kamayadi, grunt suvlarining sathi ko‘tarilmaydi va hokazo.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə