Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish holati va



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

4.2.  Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish holati va
 
samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Qishloq  xo‘jalik  korxonalarini  moddiy-texnika  resurslari  bilan  talab 
darajasida  ta'minlashga  doimo  katta  e'tibor  berilmoqda.  Chunki  bu 
sarflanadigan  mehnat  hamda  mablag1  xarajatlari  kamayishi,  mehnat 
unumdorligi  yuksalib,  foyda  summasi  ko‘payishi  uchun  imkoniyat  yaratadi. 
Shunday ekan, qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika vositalari  bilan 
ta'minlanganlik holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilib borish 
talab etiladi. Buning uchun quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a)  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  moddiy-texnika  resurslari  bilan 
ta'minlanganlik  daxajasi.  Uning  darajasini  quyidagi  formula  yordamida 
aniqlanadi:
Qxy
Bunda: 
MTRtd
  —  moddiy-texnika  resurslari  bilan  ta’minlanganlik 
darajasi, so‘m/gektar;
MTRq
 — xo‘jalikdagi  moddiy-texnika resurslarining qiymati,
ming so‘m.
Bu 
ko'rsatkich 
yordamida 
har 
bir 
xo'jalik 
ixtiyoridagi 
foydalanilayotgan  1  gektar qishloq xo'jalik yeriga yoki  ekin  maydoniga necha 
so'mlik  moddiy-texnika  resurslari  to‘g‘ri  kelishi  aniqlanadi.  Uning  miqdori 
me’yor  darajasida  bo‘lishi  lozim.  Bu  umumiy  ko'rsatkich  maqsad  va 
vazifalardan kelib  chiqqan holda boshqa aniq ko‘rsatkichlar yordamida yanada 
aniqlashtiriladi.
Ma'lumki,  xo‘jaliklar  o‘z  faoliyatida  amalga  oshiradigan  ishlami  tez 
va  sifatli  bajarishga  intiladi,  bu  jarayonda  texnika  vositalari  o'rtasida 
mutanosiblikni  ta'minlashga  alohida e'tibor berilishi  lozim.  Chunki,  traktorlar 
ko‘p, ularga tirkaladigan mexanizmlar kam yoki aksi bo‘lsa, kutilgan samaraga 
erishib  bo‘lmaydi.  Chorva  hayvonlari  ko‘p  bo‘lib,  yem-xashak  kam  bo'lishi 
ham  foydasizdir.  Demak,  korxonalar  samarali  muvozanatdagi  moddiy-texnika 
resurslari bilan talab darajasida ta’minlangan bo‘lishlari kerak.
b)  korxonalaming  energetik  resurslar  bilan  ta’minlanganlik  darajasi. 
Uning  miqdori  xo‘jalikdagi  jami  energetik  resurslar  quwatini  (ot  kuchi
83
www.ziyouz.com kutubxonasi


Eq--
hisobida)  foydalanilayotgan  qishloq  xo'jalik  yerlari  yoki  ekin  maydoniga 
taqsimlab aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
E t   =   ~
^
~
Em(Qxy)
Bunda: 
ERq -
  jami energetik resurslar quvvati (ot kuchida);
Em (Qxy) -
  jami ekin maydoni (qishloq xo'jalik yerlari).
d) mehnatning energetik resurslar bilan qurollanganlik darajasi. U jami 
energetik  resurslar  quvvatini  (ot  kuchida)  xodimlarning  o‘rtacha  yillik  soniga 
taqsimlab aniqlanadi. Bunda ushbu formuladan foydalanish mumkin:
ERg
 
'  Xs
Bunda: 
Xs -
 xodimlarining o'rtacha yillik soni (kishi).
e)  ishlaming  mexanizatsiyalashganlik  darajasi.  Bu  ko‘rsatkichni 
aniqlash  uchun  traktor,  mexanizmlar,  mashinalar  yordamida  bajarilgan  ish 
hajmi  korxona  bo'yicha  bajarilgan jami  ishlar hajmiga  taqsimlanadi  va  natija 
100 ga ko'paytiriladi. U quyidagi fonnula yordamida aniqlanadi:
M d   =   —
x
 100 
Ji
Bunda: 
M d -
  ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi, foizda;
Mi
 -  mashina, traktorlar, mexanizmlar yordamida bajarilgan ish;
Ji
 -   jami bajarilgan ish miqdori.
Bu  ko'rsatkich  umumiy  yoki  ayrim  ish,  ekin  turlari  bo‘yicha 
aniqlanishi  mumkin.  Masalan,  ekinlami  ekish,  ularga  ishlov  berish,  hosilini 
yig‘ishtirib olish, sigirlami sog'ish va hokazo.
f)  yangi  texnikalardan,  texnologiyalardan  foydalanish  natijasida 
xarajatlarning  tejalishi.  Uning  darajasini  aniqlash  uchun  yangi  texnika, 
texnologiya joriy  etilmasdan avval  qilingan xarajatlardan  ular joriy  etilganidan 
so‘ng qilingan xarajatlar miqdori,  summasi ayrilib,  aniqlangan raqam dastlabki 
xarajatlarga taqsimlanadi va natija  100  ga ko‘paytiriladi.  Uni  quyidagi  formula 
yordamida aniqlash mumkin:

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə