Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Qishloq  xo‘jaligining  moddiy-texnika  resurslari  va  ularning



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

4.1.  Qishloq  xo‘jaligining  moddiy-texnika  resurslari  va  ularning
 
turkumlanishi.
Mehnat  predmeti  va  mehnat  vositalari  birgalikda  ishlab  chiqarish 
vositalarini  tashkil  qiladi.  Mahsulot  ishlab  chiqarishda  mehnat  predmetlariga 
ta'sir  ko'rsatuvchi  buyumlar  mehnat  vositalari  deyiladi.  Inson  mehnati  ishlab 
chiqarishning qaysi moddiy elementlariga qaratilgan bo‘lsa, u mehnat predmeti 
deb ataladi.
Boshqa  tarmoqlarda  boigani  singari,  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlarini 
ishlab  chiqarish  uchun  ham  ishlab  chiqarish  vositalarining  me'yoriy  hajmda 
mavjud boiishi taqozo etiladi.
Qishloq  xo‘jaligining  moddiy-texnika  resurslari  tarmoqdagi  barcha 
resurslaming eng muhim qismi hisoblanadi va unga quyidagilar kiradi:
•  ajratib berilgan yer maydoni;
•  bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari;
•  ko‘p yillik mevali daraxtlar va uzumzorlar;
•  mahsuldor va ishchi hayvonlar;
•  aylanma  mablag‘lar (urug‘lik,  o‘g‘itlar,  YMM,  kimyoviy  vositalar,  hisob 
raqamidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog‘ozlar);
•  xo'jaliklarning  ta’sischiligi  asosida  tashkil  qilingan  MTP,  agrofirmalar 
hisobidagi mol-mulki.
Qishloq  xo'jaligining  moddiy-texnika  resurslari  ishlab  chiqarish 
jarayonida qatnashishiga ko‘ra, quyidagicha gumhlarga bo'linadi:
78
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlab  chiqarish  jarayonida  bevosita  qatnashadigan  moddiy-texnika 
resurslari;
-  ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan moddiy-texnika resurslari.
Ishlab  chiqarishda  bevosita  ishlatiladigan  moddiy-texnika  resurslari 
yordamida  turli  xildagi  mahsulotlar  ishlab  chiqariladi,  ishlar  va  xizmatlar 
bajariladi.  Ularga  ekin  ekilgan  yerlar,  yaylov  va  pichanzorlar,  ekinlami 
sug‘orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, yer haydaydigan va  ekinlarga 
ishlov  beradigan  traktorlar,  kombaynlar,  kimyoviy  vositalar,  o‘g‘itlar, 
hayvonlarga  berilayotgan  yem-xashaklar,  chorva  hayvonlari,  mevali  daraxtlar 
va  boshqalar kiradi.  Korxonalaming  ombor,  idora  binolari,  ayrim  inshootlari, 
aloqa  vositalari,  kompyuterlari  ishlab  chiqarish  jarayonida  bilvosita 
qatnashadilar.
Qishloq  xo'jaligida  moddiy-texnika  bazasi  iqtisodiyotning  boshqa 
tarmoqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan,  qishloq  xo'jaligi  moddiy-texnika  bazasida  yer  asosiy  rol 
o‘ynaydi.  Qishloq  xo‘jaligi  asosiy  ishlab  chiqarish  vositalarining  rivojlanishi 
bevosita yerdan qay darajada foydalanishga bog‘liq.
Ikkinchidan,  qishloq  xo‘jaligi  moddiy-texnika  bazasi  har  doim  tabiiy 
sharoitlar  ta’sirida  bo‘ladi.  Qishloq 
xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  hududiy 
xarakterga  ega  bo'lib,  har  bir hududda  tabiiy-iqlim  sharoitlari  har  xil  bo‘lishi 
tufayli  har  xil  turdagi  ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalanishga  to‘g‘ri 
keladi.  Shuning uchun turli hududlarda moddiy-texnika bazasining  tarkibi ham 
har xil bo'ladi.
Uchinchidan,  qishloq 
xo‘jaligida  ishlab  chiqarish  mavsumiy 
xususiyatga  ega bo‘lib,  bu  moddiy-texnika  vositalaridan  unumli foydalanishga 
salbiy  ta'sir  etadi.  Ishlab  chiqarish  mavsumiy  bo'lishi  zahira  urug‘lik,  yem- 
xashak,  yoqilg'i-moylash  materiallari  va  boshqalarga  ega bo‘lish  zaruriyatini 
keltirib  chiqaradi.  bundan tashqari,  moddiy-texnika resurslaridan yil  davomida 
samarali foydalanishga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
To'rtinchidan,  qishloq  xo‘jaligi  moddiy-texnika  bazasining  bir  qismi 
jonli  organizmlardan  (isb  hayvonlari,  mahsuldor  mollar,  ko‘p  yillik  mevali 
daraxtlar  va  hokazo)  iborat  boiib,  ulardan 
samarali  foydalanish 
uchun 
ulaming biologik xususiyatlarini bilish talab etiladi.
Beshinchidan,  qishloq  xo'jaligida  moddiy-texnika  bazasini  yaratish  va 
saqlash ko‘p miqdorda sarf-xarajatlar qilishni taqozo etadi.
Moddiy-texnika  resurslarming  mahsulot  yetishtirishda, 
qishloq 
xo‘ja!igini  rivojlantirishda  ahainiyaii  ulkan.  Ular  mehnatning  xarakterini 
o'zgartirib,  unumdorligi  yuksalishini  ta'minlaydi.  Masalan,  ilmiy  asoslangan 
ma'lumotlarga  ko‘ra,  paxta  yig‘im-terin:uda  1  kishi-soat  mexanizator  mehnati 
26 kishi-soat qo‘l mehnati o‘mini bosadi.
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fan-texnika taraqqiyoti moddiy-texnika resurslarining sifatini, holatini 
yaxshilash, 
yangilarini  yaratishga  xizmat  qiladi. 
Shuning  natijasida
o‘simliklarning  serhosil,  tezpishar  navlari,  chorva  mollarining  mahsuldor 
zotlari,  har  tomonlama  qulay  va  samarali,  yuqori  unumli  va  tejamkor 
texnikalar, ilg'or texnologiyalar yaratiladi.
Qishloq  xo‘jaligining  moddiy-texnika  resurslari  quyidagi  belgilari 
bo'yicha turkumlanadi:
- barpo etilishi bo‘yicha;
- ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra;
- takror ishlab chiqarilishi bo‘yicha.
Qishloq  xo'jaligining  moddiy-texnika  resurslari  mulk  sifatida 
tarmoqning, 
korxonalaming  iqtisodiy  negizini,  asosini  tashkil  etadi. 
Korxonalaming  moddiy-texnika  bazasi  mustahkam  bo'lsa,  ularda  iqtisodiy 
jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi.
Qishloq  xo‘jaligining  moddiy-texnika  resurslarini  ulaming  iqtisodiy 
mazmuni,  barpo  etilishi  va  foydalanilishi  bo‘yicha  4.1-chizmadagi  tartibda 
turkumlash mumkin.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə