Узбекистон республикаси олий ва урта


Don massasini aktiv shamollatish rejimlari va shart sharoitlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
9.6. Don massasini aktiv shamollatish rejimlari va shart sharoitlari 
Aktiv shamollatish don massasining holatiga, saqlash shart-sharoitlariga karab 
turlicha ahariyat kasb qiladi. 
Misol. YAngi yigib olingan donning pishib etilishi uchun kuruk va issik 
haroratga ega bo`lgan xavo ishlatiladi. Namligi oshib ketgan donni shamollatish 
uchun kuruk xavoni ishlatish maqsadga muvofikdir. Uz-uzidan kizgan don massasini 
esa kuruk sovuk xavo bilan shamollatish zarur. Don massasini aktiv shamollatishni 
amalga oshirishda uning fiziologik va fizikaviy holatlarini etiborga olish kerak. 
Don 
massasini 
aktiv 
shamollatish 
zaruriyatini aniklashda Rost NIIZ xodimlari 
tomonidan 
yaratilgan 
nomogrammadan 
foydalanish 
mumkin 
(18-rasm). 
Bu 
nomogramma xavo harorati 0 oS dan katta 
bo`lgan sharoit uchun kuyidagicha tasvirlanadi.
Agar don namligi uning muvozanatdagi 
namligidan katta bulsa, ya`ni Wg > Wm 
bunday don massasini aktiv shamollatish 
mumkin. 
Agar 
don 
namligi 
muvozanatdagi 
namligidan kichik bulsa, ya`ni Wg < Wm 
bunday don massasini aktiv shamollatish 
mumkin emas. 
9.7. Don massasini kimyoviy konservalash 
Don massasini kimyoviy konservalash kuyidagi 3 xil holatda amalga oshiriladi. 
1. Kichik namlikka ega bo`lgan don massasini uzok muddatga saqlashda bu 
usuldan foydalaniladi. Buning uchun preparat 242 moddasining oz miqdordagi dozasi 
ishlatiladi. Ishlatiladigan bu ximikat donning oziq-ovqat, iste`molbop xususiyatlariga 
ta`sir kilmay, uning tarkibidagi kana va zararkunandalarni yukotishga yordam beradi. 
SHu bilan birga bu urinda karbofos moddasining ishlatilishi har maqsadga 
muvofikdir. 
2. Yuqori namlikka ega bo`lgan don massasini saqlashda (natriy pirosulfit) 
NaHSO3 tuzining 1-1,2 % li eritmasi ishlatiladi. SHu bilan birga organik 


64 
kislotalardan chumoli, yog`, propion, sirka kislotalari , ugleammoniy tuzlari, ozon, 
(NH4)2SO3,NH3- ammiakni qo`llash har maqsadga muvofikdir. 
Bu urinda kanada mutaxassislari tomonidan ishlab chikarilgan "Kemstor" 
moddasi ishlab chiqarishda keng kullaniladi.Uning miqdori kuyidagicha: 
chumoli kislotasi - 0,5 %; 
yog` kislotasi - 2 %; 
propion kislotasi- 32,5 %; 
sirka kislotasi - 65 %. 
3. Bu holatda 242 preparatning ko`prok dozasi, hamda TMTD ximikati 
ishlatiladi. Bunday holatdagi donni nafakat urug`chilik soxasida, balki non 
pishirishda har kullab bulmaydi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə