V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


-rasm. Ekotizim (I) va geotizim (II) larning tuzilishi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

3-rasm. Ekotizim (I) va geotizim (II) larning tuzilishi 
A
1, 
A
2, 
A

– 
abiotik komponentlar;
 B, B
1,
 B

– 
biotik komponentlar.
 
Ekotizim g„oyasining asosida ma‟lum bir komponent (asosan, biokomponent) 
yoki ma‟lum organizmlar turi tizimning "markazidir", degan fikr yotadi. Qolgan 
komponentlar esa ana shu "markaziy" komponent nuqtayi nazaridan o„rganiladi va 
tahlil qilinadi.
Geotizim tushunchasining mohiyati esa barcha komponentlarni teng huquqli 
deb qarash va barcha o„zaro aloqadorliklarni teng o„rganish bilan bog„liq. 
Landshaftlar ham o„ziga xos muhit hosil qiluvchi geotizimlardir. Ularda ham inson 
yashaydi. Shuning uchun ham landshaftlarni inson yashashi, salomatligi va faoliyat 
ko„rsatishi nuqtayi nazaridan o„rganish, tahlil qilish va baholash zaruriyati 
tug„iladi. Bunday masalalarni hal qilishda ko„proq ekologiyaga, aniqrog„i, inson 
ekologiyasiga taalluqli ma‟lumotlardan keng foydalanishga to„g„ri keladi. U yoki 
bu landshaftni qishloq xo„jaligi, uning biror tarmog„i nuqtayi nazaridan yoki o„sha 
tarmoqda yetakchi hisoblangan o„simlik (masalan, paxta, don kabi) yoki hayvon 
turi (qo„y, echki, qoramol kabi) ning o„sishi, yashashi va unumdorligini oshirish 
nuqtayi nazaridan tahlil qilinsa yoki baholansa, bu landshaftshunoslikda ekologik
yondashish bo„ladi. O„z obyektini o„rganishda bunday ekologik yondashish 
tajribalari O„zbekistonda yashab, ijod etgan bir qator tabiatshunos olimlar 
(D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zoxidov, V.M.Chetirkin, L.N.Babushkin va 
N.A.Kogay) ning ilmiy asarlarida yaqqol ko„zga tashlanadi. Ularning ilmiy 
yo„nalishlari haqiqatan ham ekologik-geografik yo„nalish ekanligi va tan 
olinganligi 
hamda 
bu yo„nalish asosida regional landshaftshunoslik 
shakllanganligini R.U.Raximbekov (1995) mukammal yoritib bera olgan. 
Obyektni o„rganishdagi ekologik yondashish tabiiy geografiyaga va 
landshaftshunoslikka xuddi tizimli yondashish kabi bilishning bir metodologik 
usuli sifatida kirib keldi. Shu ma‟noda chex landshaftshunosi Y.Demek (1977) 
ning "Ekologik metod bilishning universal metodidir va birgina fan (masalan, 
biologiya fani) ning yoki bir guruh fanlarning "mulki" bo„lib qolmay, undan 
xohlagan tabiiy tizimlarni, shu jumladan, geotizimlarni ham tadqiq qilishda 
foydalanish mumkin", – deb yozishi e‟tiborga loyiqdir. 


Landshaftlarni tadqiq qilishda ekologik yondashish bir qator amaliy 
masalalarni hal etishda katta ahamiyatga egadir. V.B.Sochavaning (1978) tili bilan 
aytganda, ekologiya keng ma‟noda olganda, bir filtrki, to„plangan geografik 
ma‟lumotlarni qishloq xo„jaligi yoki o„rmon xo„jaligi masalalarini yechishda 
foydalanishdan oldin ana shu filtrdan o„tkazib olish kerak bo„ladi. 
Inson hayotida, uning kundalik kayfiyatining shakllanishida, mehnat 
faoliyatining natijalari unumli bo„lishida atrof-muhit va landshaftning estetik 
ko„rinishi katta ahamiyatga egadir. Chiroyli landshaft zavqli mehnatga ilhom 
bag„ishlaydi. Landshaftlarning estetik jabhalarini o„rganish, baholash yangi bir 
yo„nalishni, ya‟ni estetik landshaft yo„nalishini shakllanishiga asos bo„ldi. Bu 
yo„nalishning tarbiyaviy ahamiyati bilan bir qatorda tabiat muhofazasi masalalarini 
tashviqot qilishdagi ahamiyati ham kattadir. Ammo bu yo„nalish endi-endi 
shakllanib kelmoqda. Shunga o„xshash yana bir qator yo„nalishlar mavjudki 
(masalan, rekreatsiya landshaftshunosligi, meliorativ landshaftshunoslik kabi), ular 
landshaftshunos-likdagi ikki yirik yo„nalishning, ya‟ni antropogen hamda amaliy 
landshaftshunoslikning qismlari sifatida qaralishi mumkin. Quyida ana shu 
antropogen va amaliy landshaftshunoslik yo„nalishlari haqida batafsilroq to„xtalib 
o„tamiz. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə