Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

1-dars
1-dars


4
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografi yasi
mamlakatimiz mil-
liy iqtiso diyotini aholi va tabiiy sharoit bilan o‘zaro aloqador holda 
o‘rganib, uni hududiy tashkil etishning umumiy tamoyillarini ilmiy 
jihatdan asoslaydi.
Bu fan xulosalari uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar – daliliy ashyolar zamon 
bilan hamnafas o‘zgarib boradi. Darslikda keltirilgan raqamli ma’lumotlar, rasm, 
xarita-sxemalardagi ma’lumotlar va, hatto, joy nomlari ham ertaga bugungi dan
farqlani shi mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografi yaga xos bu jihat kundalik 
voqea va hodisalardan muntazam xabardor bo‘lib turishni taqozo etadi.
Yurtimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish dek murakkab va keng qamrovli 
jarayon kechmoqda. Bunday paytda mamlakatda, har bir shahar yoki qishloqda 
muayyan muammolar vujudga kelishi tabiiy. Darslik sizni shunday muammolar 
bilan tanish tiradi hamda ularning yechimini topishga o‘rgatadi. 
Xalqimiz taraqqiyot yo‘lida matonat ko‘rsatib mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz 
mustaqil ligini mustahkamlashda, ayniqsa, siz yoshlar faollik ko‘rsatishingiz va 
kelgusidagi faoliyatingiz unumdor bo‘lishi zarur.
 Zero, mehnat unumdorligi 
bozor munosabat lariga o‘tishda eng muhim va eng asosiy omil hisoblanadi

O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish bu vazifaning 
muhimligini tushunishga, demakkim, o‘z fuqarolik burchingizni bajarish
mamlakat ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishingizga yordam 
beradi.
Siz 5–7-sinf tabiiy geografi ya darslarida turli tabiiy geografi k xaritalar bilan 
ishladingiz. Endi 8-sinfda aholi va iqtisodiyotga oid bilimlarni o‘rganishda iqtiso-
diy geografi k xaritalar dan foydalanasiz. Bu xaritalarda shaharlar, foydali qazilma 
konlari, sanoat markazlari, qishloq xo‘jaligi va aloqa yo‘llarining hududiy joyla-
shuvi ko‘rsatiladi. Ularni xaritalarda tasvirlash uchun nuqtalar, kartodiagramma, 
kartogramma kabi o‘ziga xos usullardan ham foyda laniladi. 
Qo‘lingizdagi darslik mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti bilan tanishtiribgina 
qolmasdan, geografi k mazmundagi turli adabiyotlardan, birlamchi manbalardan 
foydalanishga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalar bilan ham qurollan tiradi. 
Siz ushbu darslikdan iqtisodiy geografi k obyekt, hodisa va jarayonlarni tasvirlash, 
bayon etish usullarini ham o‘rganib olasiz.

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə