Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuga oid tayanch iboralar
Mustabid tuzum, ijtimoiy fanlar rivoji, partiya organlari, Sharq 
yulduzi jurnali, “18 lar guruhi”, yer-suv islohoti kompaniyasi, 
qatag‘onlik siyosati.
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. Sovet davlatining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik 
siyosati, uning mohiyati va maqsadlari haqidagi fikringiz?
2. O‘zbekistonda maorif, oliy ta’lim, fan va adabiyot sohasidagi 
yutuq va kamchiliklar?
3. Ikkinchi jahon urushi-yillarida O‘zbekistonda fan va 
madaniyat sohasi namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
4. Sovet davrida O‘zbekiston SSR da madaniy-ma’rifiy 
muassasalar tizimi haqidagi fikringiz?
5. Qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari haqidagi fikringiz?
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: «Sharq», 
1998-y.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: 
“Ma’naviyat”, 2008-y.
3. Mirziyoyev Sh. M. Ilm-fan yetuklari – taraqqiyotning bir 
omili // Xalq so‘zi. – 2016. – 31 dekabr.
159
yetaklaydi, ularni g‘oyaviy va ma’naviy jihatdan birlashtiradi. 
Qadimiy va navqiron Navro‘z esa xalqimizning ko‘p ming-yillik 
ijobiy fazilatlarini mujassamlashtirib, bizni doimo bunyodkorlik, 
ezgulik, yangilanishga chorlaydi.
lstiqlol davrida vujudga kelgan “Mustaqillik kuni”, “O‘qituvchi 
va murabbiylar kuni”, “Xotira va qadrlash kuni” kabi bayramlar 
ozodlikning qadriga yetish, Vatanni e’zozlash, ota-ona va ustozlarni 
hurmat qilish, ajdodlar an’analariga sodiq bo‘lish, o‘tganlar xotirasini 
abadiylashtirish, yorqin kelajak sari intilish, el-yurt, millat uchun 
xizmat qilishga undashda samarali vositaga aylanmoqda.
Azaliy va yangi zamonaviy xalq an’analarini o‘rganish, targ‘ib 
qilish bilan bir qatorda bu boradagi muammolarni bartaraf etish yo‘l-
lariga ham alohida e’tibor berish zarur. Jumladan, turarjoylarda xalq 
marosim va bayramlarini o‘tkazish kengashlarini tuzish, ularning 
mavsumiy emas, doimiy faoliyatini olib borish, to‘y-ma’rakalarni 
ixchamlashtirish, kam daromad oilalarga to‘y va aza marosimlarini 
o‘tkazishda ko‘mak berish, diniy odatlar orasida payshanbalik, 
yakshanbalik, uchlik, yettilik, yigirmalik, qirqlik kabi islom shariatida 
bo‘lmagan udumlarni ixchamlashtirish; to‘y marosimlarining moddiy 
tomonlariga emas, balki ma’naviy tomoniga alohida e’tibor berish 
kabi ko‘plab muammolarni doimo hal qilib borish lozim.
Oz navbatida, millat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi unsurlarni 
an’analarimiz qatoridan chiqarishimiz lozim. Masalan, bir tog‘li 
qishloqda shunday odat bor ekanki, ikki kishi urishsa, ikkala tarafdagi 
aka-ukalar o‘rtasida ham bordi-keldi to‘xtar ekan. Natijada, qishjoq 
ikki araz tomonga bo‘linib qolar ekan. Bunday arazchilikni taraqqiy 
ettiradigan odatlar bizga kerak emas, albatta.
Biroq xalqimizda shunday odatlar ham borki, ular elni birlash-
tiradi. Masalan, bayram (Navro‘z, Mehrjon, Ro‘za va Qurbon 
hayiti) kunlari tinchlik kunlari hisoblanib, bu vaqtda nafaqat urush-
lar to‘xtatilgan, balki xafagarchiliklar unutilgan, arazlashganlar 
yarashtirilgan, begonalar tanishgan, tanishlar do‘stlashgan. Xullas, 
milliy bayramlarimizdagi odamlarni g‘oyaviy, ma’naviy, ijtimoiy 
birlashtiradigan ruhiy-ma’naviy holatni rivojlantirishimiz kerak.
Bu bayram an’analaridan hozirgi vaqtda samarali foydalanish 
millat vakillarini hamjihat qilib, birlashtiradi. Milliy g‘oyaning ham 
asosiy maqsadi -millatni ezgu maqsad sari birlashtirish! Din ham 


158
yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob 
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob 
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot 
qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
Shu-yildan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kitobsevarlar 
o‘rtasida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etildi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 
3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator 
madaniy muassasalarga homiy tashkilotlar belgilab berildi. Shu 
yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar uyushmasining “Do‘stlar 
klubi” tashkil etildi. “Do‘stlar klubi”ning tashkil etilishi yozuvchi va 
shoirlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning 
ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish 
uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Musiqa, kino, teatr san’atlarining rivojlanishi ham ko‘p jihatdan 
adiblarga bog‘liq. Adiblar bu ijod turlarining asosi – qo‘shiq, she’r, 
pyesa, ssenariy, librettolarni yaratadi. Ushbu adabiy janrlar yaxshi 
rivojlanmasa, san’at turlari negizan bo‘sh bo‘lib qolaveradi. Hozir 
aynan tele va kino, teatr san’atiga milliy g‘oyalar bilan sug‘orilgan 
yaxshi asarlar yetishmayapti.
Xalq odatlari milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini, ayniqsa, yosh 
avlod ongi va qalbiga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Asrlar 
osha shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros bo‘lib o‘tib 
kelgan, biroq sho‘rolar davrida ta’qibga uchragan xalq an’analari 
ajdodla rimizning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari, yutuq-
lari, qadriyatlarini bizga yetkazib, jamiyatimizni axloqiy sog‘lom-
lashtiruvchi, insonparvarlikni barqarorlashtiruvchi, ayniqsa, yosh 
avlodning g‘oyaviy-ma’naviy kamol topishida muhim omil sifatida 
xizmat qiladi. Xalq an’analari odamlar orasida odob-axloq, imon-
e’tiqod, insof, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat, adolat, 
halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo‘stlik kabi xislatlarni 
ravnaq topishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, millat, jamiyatni 
birlashtiruvchi an’analardan foydalanishimiz zarur. Jumladan, 
Navro‘z, Gul sayili, Mehrjon, Hosil bayramlarida xafagarchilikni 
unutish, arazlashganlarni yarashtirish, tanishish, qarindosh tutinish, 
do‘stlashish, mehmondorchilik fuqarolarni ezgu maqsadlar sari 
147
4. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston 
davlatini birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 59 b.
5. Abdullayev X.U. San’at tarixi. – T.: San’at. 2001-yil.
6. Azizxo‘jayev A. Davlatchilik va madaniyat. – T.: Sharq, 
1997-y.
7. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixiy: (Eng qadimiy 
davrdan Rossiya bosqiniga qarshi). – T.: 2000-yil.
8. Zoxidov P. Memor olami. – T.: Qomus, 1996-y.
9. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixiy: davlat va 
jamiyat taraqqiyoti. – T.: 2000-yil.
10. Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. 
– T.: O‘qituvchi, 1997-yil.
11. Musayev N.U. O‘rta Osiyoda dehqonchilik madaniyati 
va agrar munosabatlari tarixidan (Tosh davri so‘nggi – XX asr 
boshlariga qadar). – T.: Fan, 2005-yil.
12. Eshov B.J. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy. (o‘quv 
qo‘llanma). – T.: Ma’rifat, 2009-y.
13. O‘zbekistondagi yangi tarixiy. 1, 2, 3-kitoblar. – T.: “Sharq”, 
2000-y.
14. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy ocherklari. Mas’ul 
muharrirlari D.A.Alimova., E.V.Rtvelodze. – T.: 2001 yil.
15. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). Ikkinchi kitob. 
– T.: O‘zbekiston. 2019. – 576 b.


148

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə