9-mavzu. Texnologiyaning globallashuvi va uning jahon bozoriga ta’siri



Yüklə 169,67 Kb.
səhifə1/8
tarix26.10.2023
ölçüsü169,67 Kb.
#131249
  1   2   3   4   5   6   7   8
Глобал иктисод

Texnologiyaning globallashuvi va uning jahon bozoriga ta’siri

REJA:

  • Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta’siri nazariyalari.
  • Texnologiyalarning xalqaro uzatish shakllari va mexanizmlari.
  • Xalqaro texnologiyalar bozorining rivojlanish tamoyillari.
  • Texnologik rivojlangan mamlakatlar va ularning daromadlari.

Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta’siri nazariyalari

  • Texnologiyaga ishlab chiqarishning alohida omili sifatida ta’rif berishda iqtisodiy adabiyotda yagona yondashuv yo‘q.
  • Agar texnologiyaga ishlab chiqarishning mustaqil omili sifatida qaraladigan bo‘lsa, u bir tomondan, o ‘zi ishtirokida ishlab chiqarilgan tovarlar savdosi shartlarining o‘zgarishiga ta’sir ko'rsatadi, ikkinchi tomondan esa, xalqaro savdo predmeti hisoblanadi. Texnologiyaning xalqaro harakati ikki xil shaklda amalga oshadi: sof (litsenziya, patent, «nau-xau» savdosi) va texnologik sig‘imkorligi yuqori tovarlar savdosi ko‘rinishida. Yuqorida qayd etilgan nuqtayi nazardan texnologiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: texnologiya — bu amaliy maqsadlarga erishish uchun qo'llaniladigan ilmiy metoddir. Texnologiya tushunchasi texnologiyaning mahsulotlar, jarayonlar va boshqaruv texnologiyasi guruhlarini o ‘zida mujassamlashtiradi.
  • Texnologiyani xalqaro uzatish - tijorat yoki beg‘arazlik asosida ilmiy-texnika yutuqlarining davlatlararo harakati hisoblanadi.

Jahon iqtisodiyotida quyidagilar texnologiyani eltuvchilar sifatida namoyon bo‘ladi:

  • - tovarlar — yuqori texnologiyali tovarlar savdosi;
  • - kapital — kapital sig‘imkorligi yuqori texnologik tovarlar savdosi;
  • - mehnat — yuqori malakali ilmiy-texnika kadrlarining xalqaro migratsiyasi;
  • - yer qazib chiqarish uchun yangi ilmiy — texnika yutuqlaridan foydalanilgan tabiiy boyliklar savdosi.

Texnologiya rivojlanishining asosida texnik taraqqiyot yotadi. Texnik taraqqiyotning ko‘plab ta’riflari va tahliliy uslublari mavjud. Texnik taraqqiyotning ma’lum darajada ommabop bo'lgan modelini ingliz iqtisodchisi Jon Xiks ishlab chiqqan. J.Xiksning fikricha texnik taraqqiyot uch guruhga bo‘linadi: neytral, mehnat omilini tejovchi va kapitalni tejovchi.
Neytral texnik taraqqiyot — bir vaqtning o ‘zida mehnat va kapital omillari unumdorligining ortishini ta ’minlovchi texnologiyaga
asoslangan taraqqiyot. Mazkur texnik taraqqiyot natijasida tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan mehnat va kapital xarajatlari qisqartiriladi
Mehnat omilini tejovchi texnik taraqqiyot — kapital unum dorligining mehnat unumdorligiga nisbatan yuqori samara berishga asoslangan taraqqiyot.
Kapital omilini tejovchi texnik taraqqiyot — mehnat unumdorligining kapital unumdorligiga nisbatan yuqoriroq samara berishiga
asoslangan taraqqiyot turi hisoblanadi.
Xalqaro savdoda tovarlarning hayotiylik sikli talay mamlakatlarning texnologik yangi tovarlami ishlab chiqarishga va eksport qilishga moslashayotganida, boshqa mamlakatlaming taniqli tovarlarini ishlab chiqarayotganidan kelib chiqadi. Qator yuqori kapitalga va malakali ishchilarga ega rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyani o‘zida mujassamlashtirgan zamonaviy texnik vositalarga ko‘proq kapital jalb qilish orqali yangi mahsulotlami ishlab chiqarish hamda qiyosiy dinamik (o‘zgaruvchanlik) mulkni boshqa mamlakatlardan olish arafasida turibdilar

Yüklə 169,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə