9-mavzu. Texnologiyaning globallashuvi va uning jahon bozoriga ta’siri


Xalqaro texnologiyani uzatishning muhim shakllaridan biri xalqaro texnik hamkorlik yoki texnik yordamdir



Yüklə 169,67 Kb.
səhifə7/8
tarix26.10.2023
ölçüsü169,67 Kb.
#131249
1   2   3   4   5   6   7   8
Глобал иктисод

Xalqaro texnologiyani uzatishning muhim shakllaridan biri xalqaro texnik hamkorlik yoki texnik yordamdir

  • Xalqaro texnik hamkorlik — mamlakatlarga qaytarib olish sharti bilan yoki beg‘araz asosda texnologik jarayonlar, mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish to ‘g‘risida yordam ko‘rsatish. Bu turdagi hamkorlik ishlab chiqarishning turli sohalarida amalga o
  • Texnologik grantlar — rivojlangan mamlakatlar tomonidan texnologiyalar, texnologik sig‘imkorligi yuqori tovarlar yoki moliyaviy mablag'lami ilg'or texnologiyalami sotib olish, personallarni o'qitish va qayta tayyorlash uchun beg‘araz uzatishdir. Grantlar donorlar tomonidan texnik yordam loyihalari doirasida texnologiyalar va asbobuskunalarni yetkazib berish, mutaxassislarni jo ‘natish va kadrlami qayta o‘qitishni ko‘zda tutadi.
  • Texnik yordamni moliyalashtirish — texnik yordam olayotgan tomonning shartnomaga muvofiq tashkiliy vazifalami bajarishi bilan birgalikda mazkur loyihani moliyalashtirishda ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Odatda, texnik yordam olayotgan tomonning loyihani moliyalashtirishdagi ulushi kam bo‘lsa-da, texnik hamkorlikning bu turidan foydalanish hukumatning texnik yordamdan mamlakatda samarali foydalanishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.
  • Texnik yordam mexanizmlari. Loyihada qatnashayotgan mamlakatlar soniga qarab ikki va ko‘p tomonlama texnik yordam turlari bir-biridan farqlanadi.
  • Ikki tomonlama texnik hamkorlik — donor mamlakat bilan texnik yordam olayotgan mamlakat hukumatlari o'rtasidagi kelishuv bo'yicha amalga oshiriladi.
  • Ko‘p tomonlama texnik hamkorlik — texnik yordam oluvchi mamlakatga bir necha mamlakatlar tomonidan qo'shma loyihalar shaklida texnik yordam ko'rsatish.shirilishi mumkin.

Xalqaro texnologiyalar bozorining rivojlanish tamoyillari

  • Jahon texnologiyalar bozorida quyidagi rivojlanish tendensiyalarini ajratib ko'rsatish mumkin:
  • - jahon texnologiyalar bozorining jadal rivojlanayotgan bozorlardan biri sifatida tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan yuqori sur’atlarda rivojlanishi;
  • - jahon texnologiyalar bozorining milliy bozorlarga nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi bilan ajralib turishi. Mazkur jarayonda xalqaro transmilliy korporatsiyalar yetakchi rol o ‘ynaydi;
  • - jahon texnologiyalar bozorining ikki pog'onali tarkibga egaligi:
  • a) yuqori texnologiyalar asosan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar o ‘rtasida aylanadi;
  • b) o ‘rta va quyi texnologiyalar rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bozorlari uchun yangi texnologiya hisoblanishi mumkin. Shu sababli mazkur texnologiyalar ushbu mamlakatlar o ‘rtasida ayirboshlash predmeti bo‘lib hisoblanadi;
  • - jahon texnologiyalar bozori texnologik resurslaming kam sonli rivojlangan mamlakatlarda konsentratsiyalashganligi bilan tavsiflanadi (AQSh - 40 %, Yaponiya - 30 %, Germaniya - 13 %);
  • - jahon texnologiyalar bozoridagi asosiy raqobatchi mamlakatlar AQSh va Yaponiya hisoblanadi;
  • - jahon texnologiyalar bozorida monopollashuv darajasining jahon tovarlar bozoridan ham yuqoriligi. 90-yillarda transmilliy korporatsiyalar ulushi jahon sanoat ishlab chiqarishining 1/3 qismini, tashqi savdoning 1/2 qismini tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich texnologiyalar bozorining 80 %ini tashkil etadi;
  • - XX asming 80-yillaridan boshlab jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalaming yetakchilik mavqeyi firmalararo hamkorlik aloqalarida namoyon bo’la boshladi

Yüklə 169,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə