Wordning asosiy tushunchalari


KURSOR VA MATN OXIRINI KO’RSATUVCHI BELGI



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə5/19
tarix19.02.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#83913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI ME’YORIY XUJJATLARINI TAYYORLASHDA WORD DASTURIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH

KURSOR VA MATN OXIRINI KO’RSATUVCHI BELGI

Matnda kursorni vertikal chiziqcha belgilaydi. Kursor keyingi daqiqada matnning yozilish, rasm yoki jadvalning qo’yilish joyini ko’rsatadi. Kursorning joyini o’zgartirish uchun yo’nalish tugmachalaridan yoki sichqonchadan foydalanish mumkin. Sichqonchaning tugmachasini kerakli joyda bir marta bosilishi kursor joyini o’zgartiradi. Matn oxirini gorizontal chiziqcha ko’rsatadi. U doimo matnning oxirida joylashadi.
XUJJATNING TIZIMLI MENYUSI

Tizimli menyu belgisi xujjat darchasining yuqori chap burchagida joylashgan. Unda sichqonchaning chap tugmasi bosilsa, yoki Alt + - tugmachalarini bosilsa, tizimli menyu buyruqlari ekranda hosil bo’ladi.

Xujjat darchasini yopish uchun tizimli menyu belgisida sichqoncha tugmasi 2 marta bosiladi. Tizimli menyu yordamida bir necha xujjat bilan ishlash mumkin.

Bu dasturning asosiy afzalliklaridan biri–matnlar, fakslar, xatlar, tezislar yaratish davrida Wizard asistentlari ishlatiladi. Bu foydalanuvchi vaqtini tejaydi. Bir so’z bilan aytganda, Microsoft Word 2000–bu «stol ustidagi» nashriyot tizimidir. Dastur o’zining oldingi versiyalaridan bir necha imkoniyatlari bilan farq qiladi. Ular jumlasiga:


  1. Masalalar bajarilishining avtomatlashtirilganligi va yordamchi ma’lumot olish;

  2. Matnning orfografiyasi va gramatikasini tekshirish;

  3. Jadvallar, chegaralarni va ichki rangini tanlash;

  4. Rasm chizish;

  5. Web va Internet;

  6. Elektron hujjatlarni ko’rib chiqish;

  7. Elektron qutidan olingan xabarlarni tahrirlash;

  8. Bir nechta foydalanuvchining birgalikda ishlashi;

  9. Dasturda ko’p tillarni qo’llash va boshqa imkoniyatlar kiradi.

Shunga qaramasdan, WORD ham ayrim “kamchiliklar”dan holi emas. Masalan, matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab tarkibli poligrafik mahsulotlarni tayyorlashda o’ng’ay emas.

Bu dasturda tayyorlangan fayllar " .doc " kengaytmali bo’ladi.


WORD dasturi odatda dasturlar dispetcherining Microsoft Office bo’limida joylashgan bo’ladi. WORD dasturini ishga tushirish uchun “sichqoncha” ko’rsatkichini WORD yorlig’ining ustiga keltirilib, uning chap tugmasini ikki marta bosib, odatdagi usulda ishga tushirish mumkin.

Windows 98 da WORD ni ishga tushirish uchun Пуск tugmasi yordamida Программы bandiga kiriladi, so’ngra Microsoft WORD “sichqoncha”ning ko’rsatkichi yordamida tanlanadi va uning chap tugmasi bosiladi. Natijada ekranda dastlab Microsoft WORD eskizi tushirilgan oyna, so’ngra Microsoft WORDning ish stoli hosil bo’ladi.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə